• KIRISH
  • Fizik hodisa
  • Fizik o’lchashlar, fizik kattaliklar
  • Fizik qonunlar
  • Yadro reaksiyalari




    Download 136.5 Kb.
    bet1/7
    Sana02.02.2023
    Hajmi136.5 Kb.
    #40662
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Atom va yadro fizikasi
    талаблар ва шартлар (5), талаблар ва шартлар (4), Klass bashi kundeligi, 5VNjEBNVvc81Sjxe7GR0zPERDpCmrt6JIRap7PJh, Axborot texnologiyalari kursi bo’yicha takomillashtirilgan testl (1), 5А330302 -“Axborot xavfsizligi” mutaxassisligi talabalari uchun , Albert Eynshteyn, YOSH PAZANDA TOGARAGI 5-TA TASHABBUS, VAKANT bayoni, 482 5- Headway Pre-Intermediate 5ed Culture and Literature Companion-2019, 20p, 978-3-0364-0245-1 310, 3 mavzu Tovar pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti, 2. Form of the Present tenses, ABOUT MODAL VERBS AND HOW CAN WE USE THEM IN ORAL AND WRITTEN FORM.

    YADRO REAKSIYALARI


    Reja:




    1. Atom tuzilishi nazariyasiga kirish
    2. Yadroning bog’lanish va solishtirma bog’lanish energiyasi. YAdro kuchlari
    3. Radioaktivlik hodisasi. Radioaktiv yemirilish turlari va zaralari
    4. Yadro reaksiyalari
    5. Yadroviy nurlanishlar. YAdroviy nurlanishlarni qayd qilish. Tezlatgichlar

    KIRISH




    Fizika - asosiy tabiiy fanlarning biri bo’lib, u jonsiz tabiatning qonunlarini o’rganadi. Tabiatda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlar ma’lum qonunlar asosida ro’y beradi. Bu hodisalar va ularning qonuniyatlari orasidagi bog’lanishni o’rganish har bir fanning asosiy vazifasidir. Fizika sohasiga asosan, jismlarning o’zaro ta’siri va ularning harakat qonunlari hamda elektromagnit va yorug’lik bilan bog’langan hodisalar, atom va uning yadrosini o’rganish kiradi. Ammo fizika fanining aniq chegarasini hozirgi vaqtda ko’rsatish qiyin. Chunki har bir yangi ochilgan va ochilayotgan kashfiyotlar – fizikaning qo’llanish chegaralarini yanada kengaytirmoqda deb aytish mumkin. Fizikaning asosiy qonunlarini bayon etishdan avval ba’zi fizik tushunchalar bilan tanishamiz.
    Fizik hodisa: Fizik hodisa yoki fizik jarayon deb berilgan jismlarda vaqt o’tishi bilan ma’lum qonuniyatlar asosida sodir bo’ladigan o’zgarishlarga aytiladi. Bu o’zgarishlar o’lchov vositasida miqdoriy baholanadilar.
    Fizik tajriba: Jismlar bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar kuzatish yoki laboratoriyalarda amalga oshiriladigan maxsus tajribalar orqali o’rganiladi. Tajribalarda olingan xulosalar u yoki bu fizik hodisaning, jarayonning qonuniyatlarini ochishga yordam beradi.
    Fizik o’lchashlar, fizik kattaliklar: Fizikada aniq o’lchashlar asosiy rol o’ynaydi. Bu o’lchashlarda fizik kattaliklar aniqlanadi. Fizik kattaliklarga misollar sifatida kuch, tezlik, tezlanish va boshqa kattaliklarni keltirish mumkin. Fizik kattaliklar jismning xossasini yoki fizik jarayonning xarakteristikasini ifoda etadilar va ularni aniq miqdoriy tomondan o’lchash mumkin. Fizik kattaliklarni o’lchaganda ularni birlik deb qabul qilingan kattalikka nisbatan solishtirib, miqdoriy belgilanadi. Fizikadagi barcha ilmiy ishlarda fizik kattaliklarni aniq o’lchash tajribaning asosiy qismi hisoblanadi.
    Fizik qonunlar: Barcha hodisalar va jarayonlar o’zaro bir-biri bilan bog’langan holda sodir bo’ladi. Kuzatish va tajriba yo’li bilan bu bog’lanishlar qonuniyatlari aniqlanadi va ulardan umumiy xarakterga ega bo’lgan qonuniyatlar fizik qonunlarni tashqil etadi. Har bir fizik hodisa tekshirilganda bu fizik qonunlar asos qilib olinadi.

    Hozirgi zamon atom fanining, texnikaning va energetikaning ulkan yutuqlari – atom va yadro fizikasining intensiv rivoshlanishi natijasidir. Hozirgi zamon atom va yadro fizikasi modda tuzilishi haqidagi ta’limotning negizi hisoblanadi. Bundan tashqari, nafaqat modda ( gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlar ), balki materiyaning boshqa turlari ham atomistik tabiatga ega. SHuning bilan bir qatorda materiya harakati ham atomistik qonunlar bilan aniqlanadi. Aytilganlardan, materiya tuzilishi va harakati haqidagi atomistik ta’limot hozirrgi zamon fizikasida hukmron ta’limotdir, degan xulosa kelib chiqadi.


    Atom va yadro fizikasi mikrodunyo ( kvant ) fizikasining boshlanishi desak ham bo’ladi. SHu tufayli atom fizikasi – atom va u bilan bog’liq hodisalar fizikasini o’rganuvchi fan ekan.



    Download 136.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 136.5 Kb.