YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI www.in-academy.uz
TARBIYA FANINI O'QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH VA UNDA TA'LIM VA TARBIYANING UZVIYLIGI: TARBIYA FANINI O'QITISHDA DIDAKTIK O'YINLAR
Pirnazarova Asal
Nukus davlat Pedagogika instituti Pedagogika ta'lim yo'nalishi talabasi
ARTICLE INFO
|
ABSTRACT
|
Qabul qilindi: 25- Aprel 2023 yil Ma’qullandi: 28-Aprel 2023 yil
Nashr qilindi: 06-May 2023 yil
|
ushbu maqolada tarbiya fani tarbiya konsepsiyasi tarbiya metodologiyasi, tarbiya fanini o'qitishda didaktik
o'yinlardan foydalanish umuman tarbiya haqida
|
KEY WORDS
|
ma'lumot berilgan.
|
Tarbiya, konsepsiya,
|
metodologiya, didaktik o'yinlar,
|
|
ta'lim
|
|
Pedagogika(qo'shimcha tarbiya fani o'qituvchisi) yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlash ta'lim shakli barcha Oliy ta'lim muassasalarida tashkil etilgan.Xususan,maktablarda tarbiyaviy ishlar yangicha tashkil etilib, ,,Milliy g'oya" ,,Odobnoma" ,,Dinlar tarixi" ,,Vatan tuyg'usi" kabi fanlar yagona Tarbiya fani sifatida joriy etildi.
Bugungi kunda,fan-texnika taraqqiyoti innovatsion jamiyatga bo'lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratmoqda.Ular oldiga tezkor qaror qabul qilish,innovatsion tafakkurni shakllantirish,intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo'lish hayotiy talablarni qo'ymoqda. Shu bois,O'zbekiston Respublikasida ,,Tarbiya" fani konsepsiyasi mazkur fanni davlatning ta'lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo'lgan dolzarb muommolarni hal etishga yo'naltiriladi. Konsepsiyada belgilangan vazifalar O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi talablari,uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi,milliy va jahondagi ilg'or tajribalar mamlakatimizdagi ijtimoiy siyosiy o'zgarishlar bilan uyg'un ravishda amalga oshiriladi. Shiddat bilan o'zgarayotgan dunyoda o'quvchi-yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas'uliyat,majburiyat kabi fazilatlarni shakllantirish kun tartibidagi asosiy masalalarga aylanib bormoqda. Tarbiya- shaxsda jismoniy,aqliy, ruhiy,axloqiy va ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir.
Tarbiya fanining metodologik asoslarini ta'lim-tarbiyaga oid me'yoriy hujjatlar,tarbiya asoslari va manbalari,tarbiya qonuniyatlari,metodlari va texnologiyalari tashkil etadi. Ta'limni texnologiyalashtirish-ta'lim jarayonida texnologiyalarni qo'llash asosida o'qitishdan ko'zlangan maqsadga erishishning muhim yo'nalishlari hamda eng maqbul yo'llari mutanosibligida qo'llanuvchi samarali texnik vositalar uzviyligida aniq g'oya va konsepsiyalar majmuiga bog'liq bo'lgan pedagogik jarayondir. Tarbiya fanini o'qitishda ta'limga