Yengil beton




Download 411.28 Kb.
Sana06.03.2023
Hajmi411.28 Kb.
#44385
Bog'liq
Yengil beton
МИКРОИҚТИСОДИЁТ ДАРСЛИК 2019, Eshitishda nuqsoni bo\'Igan bolalar, betlik soliyeva

Yengil beton — quruq holatdagi hajmiy massasi 500—1800 kg/m3 boʻlgan beton. Tayyorlanishiga koʻra, gʻovak toʻldirgichlar asosidagi tabiiy (mas, pemzobeton, tufobeton) va sunʼiy (agloporit-beton, keramzit-beton va b.); yirik gʻovakli va yacheykali xillarga; vazifasiga koʻra, issiqlik izolyasiya, konstruksion va konstruksion-issiqlik izolyasiyali xillarga boʻlinadi. Ye. b. asosan bino va inshootlarning toʻsuvchi qurilmalarida qoʻllaniladi

Bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan energiyaning turli tuman toifalari orasidan faqatgina issiqlik energiyasining eng qimmat energiya sinfiga kiritilishi bejizga emas, chunki issiqlik energiyasi boshqa energiyalardan farqli o’laroq bir turdan ikkinchi turga o’tmaydi, umuman qayta tiklanmaydi, u faqat yonadi va tugaydi. Aynan shuning uchun ham biz rivojlangan deb tan olgan yevropa qit’asi mamlakatlari bugungi kunda issiqlik izolyasion qurilish materiallaridan foydalanmay turib bino yoki inshoat qurishni qonun normativlari bilan taqiqlab qo’yishgan. Keyingi yillarda respublikamizda ham qurilish materiallari sanoatida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va tarmoqni jadal rivojlantirish, yangi zamonaviy qurilish materiallari, konstruktsiyalari va buyumlari ishlab chiqarishni koʼpaytirish hamda uning turlarini kengaytirish boʼyicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Xususan prezidentimiz tomonlaridan 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasida, jumladan milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini oshirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishda energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish jumladan, qurilish tarmogʼini binolarning energiya samaradorligini oshiruvchi sifatli qurilish materiallari va konstruktsiyalari bilan taʼminlash maqsadida energiya tejamkor, ekologik sof bo’lgan materiallardni qo’llagan holda, yuqorida belgilangan vazifalarni bajarish ayni shu soha olimlarining muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Yengil betonlarni qurilish sanoatida ko’p miqdorda ishlab chiqarish va uni keng miqyosida qo’llash 2020-yilning 11 yanvar kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida tabiiy gaz bo‘yicha debitor qarzdorlikni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda ham alohida ta’kidlab o’tildi. Jumladan ushbu video selektorda: tuproqni qayta tiklab bo‘lmasligi, yerning unumdorligi pasayib ketishini, ekologiya va atrof-muhitga salbiy ta'siri yuqoriligi bilan g’isht ishlab chiqarishni kamaytirish kerakligi sobiq ittifoq mamlakatlaridan tashqari, ko‘plab davlatlar, xususan, Yevropa davlatlarida g‘isht ishlab chiqarishdan allaqachon voz kechishgan. Buning o‘rniga issiqlik izolyasion, yengil materiallardan ishlab chiqarishni kengaytirish kerakligi va buning natijasida uyning haroratini me'yorda saqlanishi va boshqa bir qator qulay jihatlari bosh vazir tomonidan ham keltirib o’tilgan. Bino yoki inshootlar qurilishida qurilish uchun ketadigan muddatni kamaytirish, qurilayotgan bino yoki inshoot tashqi va ichki devorlarini issiqlikdan himoyalash, buning uchun samarador sinfga kiruvchi qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish zarurdir. Samarador sinfga kiruvchi qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishning resursbop yo‘llaridan biri bu g‘ovak to‘ldiruvchili yengil betonlardan samarali foydalanish eng ma'qul yo‘nalishlardan biridir. Bir necha yillar muqaddam keramzit bino qurilishining asosi hisoblanib, qurilish hajmining ortishi, mehnat sarfining kamayishi hamda qurilish muddatlarining qisqarishiga olib kelganligi ilmiy izlanuvchilar tomonidan ko’p bora e'tirof etilib kelingan. So‘nggi yillarda keramzitni bino yoki inshootlar qurilishida qo’llash doirasi kamayib ketdi. Bunga asosiy sabab, keramzit ishlab chiqarish uchun xom ashyo bazasining kamligi asosiy faktor sifatida e’tirof etiladi. Shunga qaramay so‘nggi yillardagi ilmiy izlanishlar keramzit uchun xom ashyo bazasi O‘zbekiston hududida yetarli ekanligini va bu borada ayniqsa Navoiy viloyatida keramzit ishlab chiqarish uchun asosiy hom ashyo sanalgan bentanit qumining yetarlicha uchrashini ko‘rsatibgina qolmay balki shu bilan birga uning ekologik sof material ekanini ham yana bir bor isbot qila oldi. Ayniqsa, ushbu materialning issiqlik izolyasion xarakteristikasi respublikamiz iqlim sharoiti uchun muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Issiqlik va sovuqdan izolatsiyalash keskin iqlimli O‘zbekiston hududida katta ahamiyatga egadir. Chunki, yozning jazirama kunlarida havo harorati 42–48°C, qishda esa 20–30°C haroratgacha sovuq bo‘lishi bino, konstruksiyalar hamda agregatlarni samarali va ishonchli materiallar bilan izolatsiyalashni taqozo etadi. Bugungi kunga kelib qurilish ishlab chiqarish hajmlarining ortishi, bino va inshootlar qurilishida samarali sinfdagi issiqlikdan himoyalashni yaratish bilan bir qatorda, binolarining havfsizligiga ham alohida e'tibor berish lozim. Chunki keramzit betondan barpo qilingan bino yoki inshoot odatdagi og’ir betondan qilingan binodan vazn jihatdan ancha yengil bo’ladi, birgina shu sababning o’zi ham bino yoki inshootlarning zilzilabardoshlik koeffisientini bir necha barobarga oshirishi isbotlangan faktdir.

Biz ushbu jadvalda keramzit asosidagi yengil beton va oddiy og’ir betonlarning eng asosiy fizik-mexanik xususiyatlarini keltirib o’tdik, jadvaldan ko’rinib turganidek zichlik jihatdan keramzit betonning oddiy betondan bir muncha farqli ekanini ko’rishimiz mumkin va bu farq tabiiyki materiallarning issiqlikni kam o’tkazish xususiyatiga ham bevosita aloqadordir chunki bizga ma’lumki materialning zichligi qanchalik kichik bo’lsa uning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti ham shuncha past bo’ladi. Bizga ma’lumki issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,175 W/(m·°C) dan yuqori bo‘lmagan (25°C) qurilish materiallari issiqlik izolatsiyasi materiallari sinfiga kiradi. Aynan shuning uchun ham biz keramzit betonni issiqlikni kam o’tkazuvchi matreriallar sinfiga kirita olamiz. Aynan shu jihat sababli bino va konstruksiyalarning issiqlik izolatsiyasi katta miqdordagi issiqlik energiyasini tejaydi. Bundan tashqari, bino devorlari qalinligi, konstruksiyalarning xususiy massasi ham mutanosib ravishda kamayadi. Qurilish tizimida 1 t samarali ishlatish 200 t gacha shartli yoqilg‘ini tejaydi. Keramzit aosidagi betonning yuqorida keltirib o’tgan bir qancha jihatlari bilan boshqa turdagi materiallarga nisbatan samarali bo’lishiga asosiy sabab bu uning g’ovak strukturasidir.

Hozirgi paytda qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida materiallarning o’rtacha zichliklarini kamaytirish ikki xil bosqichda amalga oshiriladi va bu usullar bir biridan tubdan farq qiladi: birinchi bosqich mahsulotni qoliplash jarayonida mahsulot xajmida g’ovakliklar hosil qilish yo’li bo’lsa; ikkinchi usulda materialni bir nechta texnalogik usullar orqali g’ovaklikini oshirish orqali erishiladi. Yana shuni ham aytish joizki ichki havo konveksiyasi tufayli mahsulotning hajmiy strukturasida juda katta bo’shliqlarni hosil qilish mumkin ammo bu jarayon faqat materialning issiqlik o’tkazuvchanlik xususyatlariga yomon ta’sir o’tkazishiga olib kelishi ham mumkin. Amalyotda 40% dan ortiq bo’shliqli materiallarni olish mumkinligi lekin bu jarayon katta texnalogik qiyinchiliklar bilan amalga oshirilishi isbotlangan. Aynan shuning uchun ham yengil beton ishlab chiqarish uchun to’ldiruvchi sifatida aynan keramzitning tanlanishi biz yuqorida keltirib o’tgan o’rtacha zichlikni kamaytirish vazifani yechish uchun xizmat qiladi va bu usul materialni qoliplash jarayonida material tarkibida g’ovakliklar hosil qilish usuliga o’xshashdir faqat birgina farqli jihati biz ko’rib chiqayotgan yengil beton ishlab chiqarishda qoliplash jarayonida g’ovak hosil qiluvchi emas balki tayyor g’ovakli qo’shimcha (keramzit)dan foydalaniladi. Aynan keramzitning bo’shliqli ichki strukturasi orqali biz yengil beton ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’lamiz.



Shu bois keramzitning qo‘llanilish sohasi juda keng qamrovli bo‘lib, uning zichligi, mustahkamligi, granulometrik tarkibi kabi xossalarini o‘zaro mujassamlantirib, qurilish sohasida undan turli-tuman buyumlar tayyorlash imkonini beradi. Keramzitni tayyorlash jarayoni sanoat korxonalarida yuqori darajada mexanizasiyalashgan va avtomatizasiyalashgan liniyalarda amalga oshiriladi. Uni tayyorlashda turli konstruktiv yechimlarni tanlash, jumladan kompozisiya tarkibini, bog‘lovchi turini, undan tayyorlanadigan buyumlarning o‘lchamlari va shaklini o‘zgartirish imkoniyatlari ham mavjud. Bunday ko‘p variantlilik turar joy binolarini loyihalashdagi bir hillikdan voz kechish, samarali qurilish materiallari bazasini izlab topish, yangi tabiiy iqlim va tarixiy an'analarga mos keluvchi me'moriy va konstruktiv yechimlar izlab topish imkonini beradi. Jumladan, AQSh, va Yevropa mamlakatlarida keramzitga o‘xshagan materiallardan foydalanish XX asrning II yarmidan boshlangan. Bugungi kunga kelib ham ushbu mamlakatlarda yengil betondan tayyorlangan oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar ko‘p qavatli binolarni barpo etish jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Keyingi yillarda keramzit betonni respublikamiz qurilish ishlab chiqarish sanoati, sanoat va fuqaro qurilish sohalarida ham qo’llash surati sezilarli darajada o’sdi, Shu bois, yengil beton va uning boshqa turlaridan foydalanish keng miqqiyosida ommalashmoqda. Bu jarayonni quydagi rasm orqali ham yetarlicha tushinib olishimiz mumkin.

Ushbu rasmdan ko’rinib turganidek 210 sm qalinlikdagi devorning issiqlik o’tkazuvchanligi 90 sm qalinlikdagi keramzit betonning issiqlik o’tkazuvchanligi bilan bir hildir. Aynan shuning uchun ham bu turdagi qurilish materiallaridan keng miqyosida foydalanish davlat siyosati darajasiga ko’tarilib ulgurdi. Bilamizki bugungi kunda uy-joy qurilishi sohasida har bir metr kvadrat metr yer 3 million so’mdan 6 , 7 million so’mgacha (viloyatlar kesimiga qarab, joylashgan hudud infrastrukturasiga qarab) baholanmoqda, demak yengil betonlardan bin ova inshootlar qurilishida keng miqyosida foydalanish qurilish uchun ajratilgan yer maydonidan unumli foydalanishni ta’minlaydi. Bundan tashqari bino yoki inshoatning poydevori ushbu inshoatga tushadigan yuklanishga qarab hisob kitob qilinishini ham hisobga oladigan bo’lsak qurilishda yengil betonlardan foydalanish konstruktiv xarajatlar jihatdan ham iqtisodiy yutuqqa erisha olishimizni ta’minlaydi.



Foydalanilgan adabiyotlar 1. N.A.Samig’ov “Qurilish materiallari va buyumlari” darslik. Toshkent Cho’lpon 2013-yil. 2. A.I.Adilxodjaev, F.F.Karimova, U.J.Turgunbaev “Qurilish materiallari” darslik, Toshkent:. -2017-yil. 3. H.M.Bekchanov “Mahalliy hom ashyo asosida devorbop g’ishtning tarkibi va xossalarini tadqiq qilish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi. TAQI 2020.
Download 411.28 Kb.




Download 411.28 Kb.