3
Kirish
Validatsiya sifatni nazorat qilish va ta‘minlash tizimining asosiy qismi
bo‗lib, u aniq izox berish ma‘nosini beradi yoki rasmiylashtirilgan tekshirish
ma‘lumotlari to‗la keltirilgan xulosa (tadbir) dir. "Validatsiya" atamasi,
turli xil
tasdiqlovchi hujjatlar, spetsifikatsiyalar, qoidalar va boshqa me‘yorlar to‗g‗riligini
tekshirish jarayonining keng ma‘noda tushuntiradi. Validatsiya bu uzluksiz
tadbirdir.
Korxona o‗zi o‗zining ishlab chiqarish tizimini va analitik-nazorat
laboratoriyalardagi ishlarini validatsiya qilishni ma‘qul ko‗radi. Bunga sabab ko‗p
xollardagi tekshiruvlar natijasida
topilgan nosozliklar, noto‗g‗ri natijalar, sifatsiz
mahsulotlar, ba‘zi xollarda qonun buzishlar uchun
korxona tomonidan katta
miqdorda jarimalarning to‗lanishi va jinoiy ishlarning ochilishidir. Validatsiya
tadqiqotlari chiqarilayotgan mahsulotning sifatini va uning raqobatdoshligini
oshiradi.
Bunday
tadqiqotlar
farmatsevtik
kompaniyalar,
farm-korxona
laboratoriyalari, oziq-ovqat korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda olib
boriladi.
Eng muximi, ushbu fanni o‗rgatish, xozirgi zamon
talablari asosida ishlab
chiqaruvchi korxonalarga etuk mutaxassis tayerlash imkonini beradi.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o‗rganishdan maqsad, nazariy va amaliy jihatdan talabalarni xalqaro
me‘yoriy xujjatlar talabi asosida ishlash, xona, apparat, reaktivlar validatsiyasi va
kvalifikatsiyasini o‗rgatish.
Undan tashqari, texnologik jarayon va analitik
usullarning validatsiyasi, qadoqlash validatsiyasi, validatsion parametrlarni tanlash
kabi ko‗rsatkichlarni aniqlash fanning maqsadli vazifalari qatoriga kiradi.
Dasturni tayyorlashda fanni o‗rganish jarayonining talaba dunyoqarashining
o‗sishga, dialektik qonuniyatlarning mujassamlanishiga, barkamol shaxs bo‗lib
shakillanishiga yordam berishiga ham e‘tibor berildi.
Dori vositalari sifatiga
qo‗yilgan talablarning va o‗qitish jarayoniga qo‗yilgan talabalarning
mukammallashuvini xisobga olgan holda mazkur dasturning nazariy qismi
15
20%, laboratoriya mashg‗ulotlari qismi esa 30
35% o‗zgartirilishi mumkin.