• Yuqori molekulyar birikmalar
  • Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha




    Download 0.73 Mb.
    bet1/5
    Sana18.04.2024
    Hajmi0.73 Mb.
    #199983
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Dilnoza opa
    Yuqori 2024 2, Tarjimai hol blankasi namuna, POLIELEKTROLITLAR (1), Tabiiy birikmalar kimyosi 2023, Terpenlar

    Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha

    O’zbekiston tabiiy va sintetik yuqori molekulyar moddalar kimyosi hamda texnologiyasini rivojlantirishda beqiyos imkoniyatlarga ega bo’lgan mamlakatdir.


    Tobora yuksalib borayotgan xalq xo’jaligining barcha sohalari, jumladan yengil va to’qimachilik sanoati, mashinasozlik, radio, elektronika, qishloq xo’jaligi, qurilish hamda medisina sohalarining rivojlanishi turli-tuman qimmatli xossalarga ega bo’lgan yangidan-yangi kimyoviy tolalar, plastmassalar, sintetik kauchuk, lak-buyoqlar, shifobaxsh polimerlar ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’liqdir.Avvalo paxta tolasi va uni qayta ishlash natijasida hosil bo’ladigan moddalar, jun, ipak va shu kabi har yili yangilanib turadigan yuqori molekulyar birikmalar hamda gaz, neft va boshqa tabiiy boyliklar polimerlar kimyosini va texnikasini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochmoqda. Shuning uchun O’zbekistonda kimyo sanoati, ayniqsa polimerlar kimyosining rivojlanishi keng istiqbollarga ega.Yuqori molekulyar birikmalar xossalari jihatidan past molekulyar birikmalardan tubdan farq qiladi. Bu hol polimer molekulalarining juda kattaligi va polidispersligi bilan tushuntiriladi.
    Yuqori molekulyar birikmalar - yuqori molekulyar birikma molekulasining massasi katta bo’lganligi uchun molekulalarni makromolekulalar deb ataladi. Ko’pchilik yuqori molekulyar birikmalarning makromolekulalari ko’p marta takrorlanadigan bir xil tarkibli atomlar guruhi - oddiy bo’g’inlardan, ya’ni zvenolardan tuzilgan bo’ladi. Masalan, tabiiy kauchukning makromolekulalari juda ko’p sondagi -C5H8- tarkibli oddiy bo’g’in(zveno)lardan tashkil topgan. Oddiy zveno deganda makromolekulani tashkil etgan dastlabki quyi molekulyar moddaning ko’p marta takrorlanadigan qoldig’ini tushunmoq kerak. Ular o’zaro kimyoviy bog’lar bilan birikib polimerlarni hosil qiladi. Elementar bo’g’inlar bir xil yoki boshqa-boshqa tarkibga ega bulishi mumkin. Polimer sintezi uchun olingan dastlabki moddalar monomerlar deb ataladi. Masalan, kraxmal makromolekulasining oddiy bo’g’ini glyukoza qoldig’i C6H1005 - bo’lgani uchun kraxmal makromolekulasining kimyoviy formulasi (C6H10O5)n ko’rinishga ega. Bu formuladagi n takrorlanadigan oddiy zvenolar sonini ko’rsatadi va polimerlanish darajasi deb ataladi.
    Ko’pincha molekulyar massasi 5000 dan yuqori bo’lgan moddalar yuqori molekulyar birikmalar hisoblanadi
    Yuqori molekulyar birikmalar texnika taraqqiyotida alohida o’rin egallaydi. Shu sababli turli xususiyatga ega bo’lgan polimerlar sintez yo’li bilan olinadi. Kimyo faninig nazariy va amaliy yutuqlarini chuqur o’rganish yuqori molekulyar birikmalarning muhim xususiyatlarini bilib olishga imkon berdi.

    Download 0.73 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha

    Download 0.73 Mb.