Yuridik shaxs tashkil etgan holda tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatga olish uchun onlayn tarzda ariza yuborish (MChJ)
Xizmat haqida
Yuridik shaxs tashkil etgan holda tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatga olish uchun onlayn tarzda ariza yuborish (MChJ). Arizani elektron raqamli imzo bilan va imzosiz yuborish mumkin.
Xizmatning sohaga tegishliligi
Tadbirkorlik faoliyati.
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi
Jismoniy shaxslar.
Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar
Bank to'lov hujjatini skaner nusxasi (davlat bojini to'laganlik kvitantsiyasi);
O'xshash yoki qisman o'xshash nomlanish yo'qligi haqidagi ma'lumotnomani skaner nusxasi;
Muxr va shtamplarning xomaki nusxalarini skaner nusxasi.
Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida “ 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori;
O’zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida” Qonuni 2001 yil 6 dekabr 310-II-son
Xizmat narxi va to`lash tartibi
1 minimal ish haqi miqdorida.
Xizmatni ko`rsatish muddati
2 ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda.
Natijani olish usullari
Shaxsan tashrif buyurish orqali. Bir vaqtning o'zida taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi kabinetiga va uning elektron pochtasiga yuboriladi.
Xizmat natijasi
Yuridik shaxsni davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvoxnomani, "ro'yxatga olindi" degan yozuv aks ettirilgan ta'sis hujjatlarini, ro'yxatga oluvchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan muxr va shtamplarning xomaki nusxalarini olish.
Rad etish sabablari
Xizmatning reglamenti bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etmaslik;
Haqiqiy bo'lmagan hujjatlarni taqdim etish;
Arizada haqoratomuz, tahqirlovchi so'z va iboralarni ishlatish, reklama matnlarining mavjudligi;
Qonunga zid bo'lgan istalgan boshqa hatti-harakatlar.
Shikoyat arizasi berish tartibi
Rad etish hollarida arizachi yuqori turuvchi tashkilotga qonunda ko'rsatilgan tartibda murojaat etishi mumkin.
|