• Ixtisoslashtirilgan maktablarning boshqa maktablardan farqi
  • Ixtisoslashtirilgan maktablarning boshqa maktablardan farqi




    Download 18.13 Kb.
    Sana06.11.2023
    Hajmi18.13 Kb.
    #94972
    Bog'liq
    Ixtiodlashgan maktablar
    SUT VA SUT MAXSULOTLARI , 2 ta over view, Birlashtirilgan kislorod elektrodi va biologik chiqindi suvni tozalash modeli orqali chiqindi suv tozalash inshootini matematik modellashtirish va optimallashtirish

    Ulugʻ allomalar Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek, Abu Ali ibn Sinolarning buyuk va bebaho merosini qadrlash, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, oʻquvchilarning aniq fanlarning yuksak marralarini zabt etishiga koʻmaklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish hamda fundamental fan asoslarini egallashi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;
    zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya va chet tillarini chuqur oʻqitilishini tashkil etish;
    oʻquvchilarda dasturlash asoslarini, maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va axborot xavfsizligi koʻnikmalari va media madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirish;
    yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan pedagoglarni jalb etgan holda yosh matematiklar, yosh fiziklar, yosh dasturchilar, yosh ixtirochilar, yosh biologlar va kimyogarlar jamoalarini tashkil qilish, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etishlarini taʼminlash;
    oʻquvchilarni chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy va xalqaro eʼtirof etilgan sertifkatlar olishga tayyorlash;
    oʻquv jarayonining ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari bilan uzviyligini taʼminlash, 10-11-sinf oʻquvchilarining axborot kommunikatsiya texnologiyalari, biologiya va kimyo yoʻnalishlaridagi yetakchi tashkilot va muassasalarda ishlab chiqarish amaliyoti oʻtashlarini tashkil etish.
    Ixtisoslashtirilgan maktablarning boshqa maktablardan farqi:

    • STEAM fanlari, shu jumladan tegishliligi boʻyicha matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya va chet tillari chuqur oʻrgatiladi.

    • Sinflarda oʻquvchilar soni 20 nafarni tashkil etadi (boshqa maktablarda 35 nafar). Individual ishlash uchun sharoit yaratilgan.

    • Akademiklar, professor-oʻqituvchilar, mahalliy va xorijiy trenerlar hamda xalqaro olimpiadalarning sobiq sovrindorlari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi.

    • Ixtisoslashtirilgan maktablarida oʻquvchilarni chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy va xalqaro eʼtirof etilgan sertifkatlar olishga tayyorlaydi.

    • Ixtisoslashtirilgan maktablarda zamonaviy taʼlim dasturlari hamda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari keng joriy etiladi.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab to’g’risida batafsil: Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab to’g’risida batafsil: Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab to’g’risida batafsil:
    O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga;
    O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga;
    O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga qabul jarayonlari teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshirilishini ta’minlasin.
    3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
    4. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
    5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
    Agentlik rahbari Hilola Umarovaning ta’kidlashicha, yangi tashkil qilinayotgan 168ta maktab xalqaro standart bo‘yicha aniq va tabiiy fanlarga yo‘naltiriladi. Darsliklar, ta’lim metodikasi agentlik tizimidagi maktablar bilan bir xil bo‘ladi. Ixtisoslashtirilgan maktablar katta sinflarida amaliyot o‘tash, 2-til o‘rganish va qiziqishlariga ko‘ra to‘garaklarga qatnash imkoniyati bo‘ladi. 
    Ta’kidlanishicha, 2022/23 yillarda respublika bo‘ylab ochilayotgan 168ta yangi maktabning 23tasi maktab-internati bo‘ladi. Unda o‘quvchilar 1 hafta davomida yotib qolib, dam olish kunlari uyiga ketadi. Qolgan 145tasi esa uyga qatnab o‘qiydigan ixtisoslashtirilgan maktab bo‘ladi.
    PTMA direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kenjayevga ko‘ra, bu yil 5-11-sinflarga qabul bo‘ladi. Har bir sinfga 24 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Har bir maktab uchun umumiy kvota esa turlicha bo‘lishi mumkin. Maktab sig‘imi, hududdagi aholi sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Imtihonlar bir bosqichli test bo‘ladi. Testdan yuqori ball olgan o‘quvchilar tepadan pastga qarab, berilgan kvotaga ko‘ra maktablarga qabul qilinadi.
    Sinflar kesimida imtihon fanlari quyidagicha:
    – matematika, ingliz tili – 5–6-sinf aniq fanlar;
    – matematika, ingliz tili, fizika – 7–11-sinf aniq fanlar;
    biologiya, ingliz tili – 7-sinflar tabiiy fanlar;
    – biologiya, ingliz tili, kimyo tabiiy fanlar yo‘nalishida – 7-sinfdan yuqori sinf tabiiy fanlar yo‘nalishi.
    Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining vazifalari:
    shaxsning aqliy, hissiy va jismoniy rivojlanishiga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratish;
    barkamol, jismonan va maʼnaviy sogʻlom shaxsni voyaga yetkazish, oʻquvchilarda madaniy-estetik qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
    davlat taʼlim standartlari asosida sifatli taʼlim olish, shu jumladan kasbga yoʻnaltirish, bolalarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli bolalarni taqdirlash va qoʻllab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
    bolalarning psixofiziologik yosh xususiyati, moyilligi, qobiliyati, qiziqishi, hayoti va sogʻligʻi muhofazasi talablariga muvofiq ravishda reabilitatsiya hamda davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazishni taʼminlash.
    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
    Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarini tashkil etish tartibi
    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari muassislari boʻlishi mumkin.
    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan salomatligida nuqsonlari boʻlgan, davolanish, sogʻlomlashtirish va maxsus sharoitlarda taʼlim-tarbiya olishga muhtoj bolalar kontingentini birgalikda oʻrganib chiqish yakunlari boʻyicha tashkil etiladi.
    Davolanish, sogʻlomlashtirish va maxsus sharoitlarda taʼlim-tarbiya olishga muhtoj bolalar kontingenti mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ekologik qulay sharoitlar mavjud joylarda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi tashkil etish toʻgʻrisida asoslangan taklif bilan murojaat qiladi.
    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasini tashkil etish taklif etilayotgan hududda keyingi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar oʻrtasida tegishli kasalliklarning koʻpayganligini koʻrsatadigan sogʻliqni saqlash organlarining rasmiy statistika maʼlumotlari bilan asoslangan boʻlishi kerak.
    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq, quyidagi turlarga boʻlinadi:
    skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar;
    sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari xavfi boʻlgan guruh bolalari uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar.
    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning eng koʻp soni 250 nafardan oshmasligi kerak.
    Oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi
    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga ularning turiga muvofiq holda:
    I—IV daraja skolioz bilan kasallangan;
    sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklariga chalingan, alohida shart-sharoitlarda davolash va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan maktab yoshidagi bolalar qabul qilinadi.
    Bolalarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yuborish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya (keyingi oʻrinlarda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya deb ataladi) xulosasiga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.
    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga bolalar 7 yoshdan boshlab qabul qilinadi.
    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoʻllangan har bir bolaga ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (chin yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun — vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
    Davolanish, sogʻlomlashtirish va taʼlim olishga muhtoj bolalar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining 1—11— sinflariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi yoʻllanmalari asosida, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga koʻra, shuningdek ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan qabul qilinadi.
    Bolalarni qabul qilish oʻquv yili boshlangungacha amalga oshiriladi va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida bolalarning boʻlishi muddati tibbiy koʻrsatmalarga muvofiq va psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan, lekin 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi.
    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp yetishmovchilik boʻlgan bolalar) qabul qilinmaydi.
    Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi:
    a) aqli zaif bolalar;
    b) xulq-atvorida ogʻir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari boʻlgan bolalar;
    v) yurak-qon tomiri kasalliklari bor bolalar;
    g) tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsata olmaydigan bolalar;
    d) koʻr-kar-soqov bolalar;
    ye) tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanogʻi tez-tez takrorlanadigan) bolalar;
    j) markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.
    (Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi direktori oʻquvchilarning qabul qilinishi uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi)
    Download 18.13 Kb.




    Download 18.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ixtisoslashtirilgan maktablarning boshqa maktablardan farqi

    Download 18.13 Kb.