Zamonaviy ta'lim muhitida an'anaviy va "raqamli" pedagogika. An'anaviy va "raqamli" pedagogika tushunchasi




Download 3.21 Mb.
bet1/2
Sana11.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#115700
  1   2
Bog'liq
lecture 2 alfra
1 мавзу менежментнинг назарий асослари — копия, Bonu 27-variantpdf, iq uz, Matematika, Дисс 1 BOB, Elektrotexnika va elektronika asoslari (M.Turdiyev), ERGASHEV SAIDJON, Фермер хўжаликларини самарали бошқариш Aliqulova MD uz, lecture 3, lecture 24, lecture 24, 1-mavzu Buxgalteriya,Iqtisodiyot ,Bank, 2 (1), Raqamli jamiyatning umumiy asoslari

2-mavzu. Zamonaviy ta'lim muhitida an'anaviy va "raqamli" pedagogika. An'anaviy va "raqamli" pedagogika tushunchasi.
“Ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish”.1 O‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish”.
Ta’lim texnologiyalarining ilmiy xarakterdaligiga e’tibor qaratgan holda, uning amaliy yo‘nalishga xosligini, uni aniq masalalarni hal qilishda qo‘llash mumkinligini e’tirof etish kerak. Demak, nazariyani o‘quv amaliyoti bilan bog‘lash zaruriyatini va ta’lim texnologiyalarining nazariy asoslarini o‘rganish zamonaviy ta’lim texnologiyalarni aniqlab beradigan qator holatlarni belgilashga imkon berdi:
  • Zamonaviylik ta’lim amaliyotiga ilmiy asoslangan va tajribasinovda tekshirilgan, tasdiqlangan didaktikaga oid yangiliklar, tartibqoidalarni joriy etish majburiyligini taqozo etadi.
  • O‘quv jarayonini maqbullashtirish.
  • Ilmiylik ta’limda yangi vositalar, faol usullar, didaktik materiallarni, tashkiliy masalalarning yangi echimlarini qo‘llashni taqozo etadi.
  • Talaba va pedagog-o‘qituvchining dasturli faoliyati o‘quv jarayonidan jamiki ortiq harakatlarni yo‘qotishga, yuqori hamjihatlikni ta’minlashga, kerakli natijalarni qo‘lga kiritishga intilishni talab etadi.
  • Ta’limni faollashtiruvchi axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish zamonaviy pedagogik texnologiyalarning eng asosiy belgilaridan biridir.

  • 6. O‘quv jarayoni uchun moddiy-texnik bazaning maqsadga muvofiqligi pedagogik texnologiyalarning navbatdagi belgisidir.
    7. O‘quv-tarbiyaviy jarayon natijalarini sifatli baholash pedagogik texnologiyaning o‘z oldiga qo‘ygan natijaviy maqsadidir.

Xulosa shuki, ta’lim texnologiyalar o‘zining pedagogika va boshqa fanlar yutuqlari bilan bog‘liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi navbatda, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga yo‘naltirilgan, ikkinchidan, o‘qitishning axborotli vositalaridan va didaktik materiallardan, faol usullaridan keng foydalanishga asoslangan pedagogo‘qituvchi va talabalarning birgalikdagi samarali faoliyatiga zamin yaratadi
Ta’lim texnologiyalari fanining predmeti o‘qitish jarayoning sifat va samaradorligini ta’minlaydigan kasbiy texnologiya va interfaol o‘qitish usullari yuzasidan tayanch bilimlar berishga mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta’lim sohasida muhim o‘rniga ega. Uni o‘rganish kasbiy va umummilmiy salohiyatning mustahkamlanishiga yordam beradi va bo‘lajak pedagoglarni ta’lim texnologiyalarining konseptual asoslari bilan tanishtiradi hamda qishloq xo‘jalik fanlarni o‘qitish jarayonida ta’lim texnologiyalaridan foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi. Fanning asosiy maqsadi - bo‘lajak mutaxassislarni “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar hamda 5111000 - Kasb ta’limi bakalavriat yo‘nalishlarining 10 malaka talablar darajasida zamonaviy ta’lim texnologiyalar va ularni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘rni, ulardan foydalanish, shuningdek, innovatsion ta’lim texnologiyalar va shu kabi boshqa ta’lim texnologiyalar hamda ularni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llashning nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. “Ta’lim texnologiyalari” fani quyidagilarga alohida e’tibor beradi: litsey va kollejlarning bo‘lajak o‘qituvchilarini zamonaviy ta’lim texnologiyalarning nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish; yangi pedagogik darajada pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etishlari uchun zarur mahoratlarga ega bo‘lishlari; zamonaviy pedagogik texnologiyalar, g‘oyalar maktablar, yo‘nalishlar, keng turlarida yo‘l topa bilish mahorati; pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to‘g‘ri bajarishga tayyorlikni shakllantirish; mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o‘zini tarbiyalash va o‘zini mutaxassislik darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish
Fanning vazifasi - uni o‘rganuvchilarga: ta’lim texnologiyalarining shakllanishi va uning zamonaviy tuzilmasi; an’anaviy va noan’anviy ta’lim texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari; ta’limning fanga va shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari; didaktik o‘yinli texnologiyalar; rivojlantiruvchi va tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi ta’lim texnologiyalari; modulli o‘qitish texnologiyasi; masofaviy o‘qitish texnologiyasi; o‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyalari bo‘yicha xalqaro integratsiya; tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish; o‘qituvchining muloqot madaniyati va pedagogik texnikasi; zamonaviy ta’lim tizimi va texnologiyalarining muammolari bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat.

Download 3.21 Mb.
  1   2




Download 3.21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy ta'lim muhitida an'anaviy va "raqamli" pedagogika. An'anaviy va "raqamli" pedagogika tushunchasi

Download 3.21 Mb.