• Kompyuterlar texnologiyalari
  • Zamonaviy ta'lim muhitida an'anaviy va "raqamli" pedagogika. An'anaviy va "raqamli" pedagogika tushunchasi




    Download 3,21 Mb.
    bet2/2
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,21 Mb.
    #115700
    1   2
    Bog'liq
    lecture 2 alfra

    Ta’lim texnologiyasi nima? Ta’lim texnologiyasining xususiyatlari Dastlab "texnologiya" tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan - "texnos" (Techne) - san’at, hunar va "logos" (1ogos) - fan so‘zlaridan tashkil topib "hunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. 15 “Texnologiya” atamasi pedagogika fani tomonidan ishlab chiqarish sohasidan o‘zlashtirilganki, bunda “yuqori asosli psixologiya - pedagogik muhandisligi maydoniga o‘zgaradi” (A.M. Kushnir, 2004-y.). Texnologiya mohiyati va vazifasi bo‘yicha insonshunosiylik, ham ishlab chiqarish, ham ijtimoiy bor narsalarni mavjud bo‘lishidek qabul qilish kerak” (A.M. Kushnir, 2004-y.). Ta’lim texnologiyasi1 - keng sohadir. Shuning uchun, ayrimlari munozarali bo‘lgan aniqlashlarni topishlari mumkin. Ta’lim texnologiyasi o‘rganish, o‘qitish va ijtimoiy tashkil qilining asoslarini o‘rganuvchi yoki loyihalash fani yoki turli tadqiqot qiziqishlari majmuasi sifatida olinishi mumkin
    Kompyuterlar texnologiyalari. Hozirgi texnologiyalar kompyuterlarda videoyozuvlarni amalga oshirish, hamda o ‘zingizning raqamli kamerangizdagi rasmlarni onlayn tarzda oilangiz va d o ‘stlaringiz bilan baham k o ‘rishingiz mumkin. Bu va shunga o ‘xshagan texnologiyalar bugungi kunlik hayotimizning ajralmas qismi hisoblanadi. Bular ayniqsa: uyda, maktabda, yoki ishda. Texnologiya sizga axborotlardan samarali foydalanish va qidirish, d o ‘stlaringiz va boshqalar bilan fikrlar, rasmlar va videolarni baham k o ‘rish; boshqa odamlar bilan muloqot qilish va uchrashish, moliyaviy masalalarni boshqarish, xizmatlar va tovarlardan foydalanish, o‘yinlar o ‘ynash yoki dam olish vositalarining boshqa manbalaridan foydalanish, hayotingizni va faoliyatingizni tartiblash va biznes faoliyatlarini oxiriga yetkazishni samarali amalga oshirishga imkon yaratadi. Texnologiya vositasidan ushbu yumushlarni bajarishda foydalana oladigan odamlar bugungi kunda texnik faollar deb yuritiladi. Raqamli sohadagi (Digitally) bilimdonligingizni saqlab qolishingiz uchun o ‘zgarib borayotgan texnologiyalar bilan qadamba-qadam borishingiz kerak.
    Ta’lim texnologiyasi boshqa kichik sohalar majmuasi sifatida. Nihoyat, koplab texnik boshqa kichik sohalar mavjudki, ular mazkur matn bo ‘ylab tanishtirilib boriladi. Bir nechta pedagogik va texnik loyihalash mavjud: o ‘rganish uchun kognitiv qurollar, kompyuter asosida til o ‘rganish, kompyuter asosida baholash tizimlari, kompyuter asosida amaliyot, kompyuterga m o ‘ljallangan kommunikatsiyalar, kompyuter q o ‘llaydigan birgalikdagi o ‘rganish, tarqatma o ‘rganish muhitlari, elektron ishni q o ‘llovchi tizimlar, interfaol o ‘rganish muhitlari, interfaol multimediya tizimlari, interfaol rag‘batlantiruvchi va o ‘yinlar, ongli internet hamkorlari, ongni o ‘qituvchi tizimlar, mikroso‘zlar va o ‘rganish tizimlariga asoslangan virtual voqelik. Biz, shubxasiz shuni aytishimiz mumkinki, ta ’lim texnologiyasi hali yaxshi o ‘rganilgan soha emas, lekin ham tadqiqotchi ham amaliyotchilar undagi kichik sohalar majmuasiga yo‘nalishlari mumkin.
    “Pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilar ilmiy asoslangan hamda O‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar.
    “Ta’lim texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari Ta’lim texnologiyalarini mazmuni o‘zgarishini shartli ravishda davrlarga ajratish. Ta’lim texnologiyalarini rivojlanish tarixining ma’lum bosqichlariga uzviy bog‘liq. 1946-yilda AQShning Indiana shtatidagi universitetga audiovizual ta’lim kiritilgan (muallif L.K.Larson). 1954-yilda dasturli o‘qitish rejasi asoslab berilgan (muallif - professor B.F. Skinner). 1961-yil Janubiy Kaliforniya universitetida o‘qitish texnologiyasi bo‘limi ochilgan (bo‘lim rahbari - D.D.Finn). 1968-yil LOGO dasturlashtirish tili ishlab chiqilgan va ta’lim muassasasida tatbiq etilgan (AQShdagi Massachusets texnologik instituti, rahbar - S.Peypert). 1976-yil birinchi shaxsiy kompyuter “Apple” yaratildi (mualliflarS.Jobs, S.Uoznik). 1991-yil. Displeyli sinflarda o‘quv maqsadlari uchun maxsus dasturiy vositalardan foydalanilgan. 1990-yil. Ta’limda interaktiv texnologiyalar qo‘llanilgan.
    Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g‘oyasi o‘tgan asrning boshlarida G‘arbiy Yevropa va AQShda ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o‘rtaga tashlandi. Mazkur g ‘oya 30-yillarda ta ’lim jarayoniga “pedagogik texnika” (“ta’lim texnikasi”) tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda yaratilgan maxsus adabiyotlarda “pedagogik (ta’lim) texnika(si)” tushunchasi “o‘quv mashg‘ulotlarini aniq 45 va samarali tashkil etishga ko‘maklashuvchi usul va vositalar yig‘indisi” tarzida talqin etildi hamda o‘quv jarayoniga o‘quv va laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli foydalanish, material mazmunini ko‘rsatmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi etakchi omillardir deya baholandi. AX asrning 50-yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llash “ta’lim texnologiyasi” yo‘nalishini belgilab beruvchi omil deya e’tirof etildi, asosiy e’tibor tinglovchilar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning axborot sig‘imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta’lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ob’ekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o‘quv jarayonini “texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini o‘rganishga alohida urg‘u berildi.
    Masofali o‘qitish zamonaviy ta’limning eng muhim va tobora ommaviylashib borayotgan shakli sanaladi. Zamonaviy sharoitda axborotkommunikatsion texnologiyalarning tezkor rivojlanishi ta’lim jarayonida ularning imkoniyatlaridan foydalanish uchun qulay sharoitni vujudga keltirdi. Ayni vaqtda etakchi xorijiy mamlakatlar masofadan o‘qitish borasida boy tajriba to‘plangan. Masofaviy ta ’lim - muayyan nuqtadan axborot-kommunikatsiya vositalari (video, audio, kompyuter, multimedia, radio, televidenie va b.) yordamida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta’limiy mahsulotlarni tarqatish va yetkazib berishdai an’anaviy hamda innovatsion shakl, metod, vositalarga asoslangan holda ta’lim resurslaridan foydalanishga yo‘naltirilgan ta’lim Masofaviy ta’lim texnologiyasi 1969 yilda Angliya premerministri G.Vilson tashabbusiga ko‘ra shakllantirilgan deb hisoblanadi. Ammo masofadan o‘qitish ancha oldinroq, ya’ni, birinchi barqaror, muntazam pochta aloqasining shakllanish davrida yuzaga kelgan. 1858 yildan boshlab London universitetida barcha xohlovchilarga ularning mustaqil bilim olishlari, barcha ixtisosliklar va barcha sohalardagi akademik daraja uchun imtihon topshirishlariga ruxsat etilgan. 1938 yildan buyon Sirtqi ta’lim bo‘yicha Xalqaro kengash, 1982 yildan boshlab, Masofaviy ta’lim bo‘yicha Xalqaro Kengash nomi bilan mashhur xalqaro ta’lim tashkilotlari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
    Mazkur ta’limni tashkil etishda o‘qituvchilarning faoliyati faqat o‘quv axborotlarini uzatish bilan cheklanmaydi. Shu sababli bu turdagi ta’limni tashkil etishga bir necha mutaxassis jalb qilinadi. Ular o‘z vazifalariga ko‘ra turlicha nomlanadi. Xususan:
    • O‘qituvchi - masofaviy ta’limni tashkil etishda foydalaniladigan o‘quv-metodik qo‘llanmalarning muallifi.
    • Moderator - masofaviy ta’lim negizida tashkil etilayotgan seminar, trening, davra suhbati va forumlarga boshchilik qiluvchi (boshqaruvchi) pedagog (muloqot jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi, bildirilayotgan fikrlarni umumlashtiradi, zarur bo‘lganda ularni to‘g‘rilaydi, ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, bilish faoliyatlarini faollashtiradi). 208
    • Tyutor (lot. “tutorem”) - o‘quv kurslari uchun interfaol metodlarni tanlovchi, ma’ruza o‘qituvchisi bilan talaba o‘rtasida ta’limiy aloqani o‘rnatuvchi pedagog (ustoz, murabbiy).
    • Edvayzer (fr. “avisen” - “o‘ylamoq”, “advisor” - “o‘ylovchi”) bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarining ta’lim oluvchilar tomonidan individual, mustaqil bajarilishi vaqtida metodik yordam beradigan maslahatchi.
    • Fasilitator (lot. “facilis”, ingl. “facilitator” - engil, qulay) - masofaviy ta’lim xizmatidan foydalanayotgan guruhlarning faoliyatini muammoning echimini topishga yo‘naltiruvchi, guruhlarda yuzaga keladigan muloqotni rivojlantiruvchi, shuningdek, guruhlar faoliyatini xolis, samarali baholovchi pedagog.
    • Invigilator - masofaviy ta’lim asosida tashkil etiladigan o‘qitish natijalarini nazorat qiluvchi mutaxassis-pedagog. Masofaviy ta’lim tizimida produktiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va ilmiy izlanish (tadqiqot) metodlari qo‘llaniladi. Mazkur tizimda o‘qitish vositalari sifatida quyidagilardan foydalaniladi:

    Blended learning (aralash o‘qitish) zamonaviy ta’limning nisbatan yangi, biroq, tobora ommalashib borayotgan shakli sanaladi. Blended learning (aralash o‘qitish) - onlayn o‘quv materiallari hamda o‘qituvchi rahbarligida guruhda ta’lim olishga asoslangan o‘qitish shakli Ushbu shakldagi o‘qitish jarayonida talaba mustaqil ta’lim oladi, ammo ayni vaqtda unga guruh va o‘qituvchi tomonidan yordam ko‘rsatiladi. Guruhli mashg‘ulotlar davomida “blended learning” (aralash o‘qitish)ning qo‘llanilishi tufayli har bir talaba o‘quv materiallarini o‘zlashtirish borasida o‘zida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni namoyon etgan holda muloqot ko‘nikmalarini o‘zlashtirib boradi, o‘tilgan materiallarni takrorlaydi va yangi mavzuni o‘rganishga tayyorlanadi. Blended learning (aralash o‘qitish) ko‘p holatlarda topshiriqlarga tayanadi va asosiy, muhim ma’lumotlar negizida tashkil etiladi, qo‘shimcha materiallar esa talabaga onlayn platforma orqali uzatib beriladi. Talaba mustaqil ta’lim olar ekan, guruhning boshqa a’zolari bilan onlayn rejimda tashkil etilayotgan muhokamada ishtirok etish orqali 217 hamkorlik qiladi. Auditoriyada va onlayn rejimda tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar vaqt miqdori bo‘yicha o‘zaro mos kelishi turlicha o‘zgarib turishi mumkin. Ta’limning turli bosqichlarida masofaviy va mustaqil ta’lim samarali ravishda qorishtirib yuboriladi. Aralash ta’lima o‘qituvchi rahbarligida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar uchun soatlar hajmi kamaytiriladi degan faraz noto‘g‘ridir. Vlended learning (aralash o‘qitish)ning muvaffaqiyati ta’lim vositalarining to‘g‘ri tanlanishi bilan belgilanadi. Bu ta’lim shaklining afzalligi shundaki, talabaning o‘zi o‘quv materialini o‘zlashtirish tezligi va ta’lim jarayonining intensivligini o‘zi belgilaydi.
    Aralash o‘qitish o‘zida quyidagi Yevropa ta’limi modellarini jamlaydi:
    • Masofaviy ta’lim (distance learning).
    • Auditoriya ta’limi (face-to face learning).
    • Internet ta’limi (online learning).
    • Uzluksiz ta’lim (lifelong learning)

    • Bu shakldagi ta’lim quyidagi shaxslar uchun nihoyatda ahamiyatlidir: ish vaqti qat’iy tartibga solinmagan sohalarning xodimlari; ishlab chiqarish ajralmagan holda ta’lim olishlari lozim bo‘lgan korxona, tashkilot va firmalarning xodimlari; “jonli muloqotga asoslangan ta’lim” muhitida o‘qishni xohlovchi shaxslar uchun. Aralash ta’limning tarkibiy tuzilmasi ham o‘zgaruvchan hisoblanadi. Ayni vaqtda xorijiy mamlakatlarda aralash ta’limning o‘ndan ortiq shakllari mavjud. O‘qitish amaliyotida aralash ta’lim o‘z “o‘lcham” (ko‘rsatkich)lariga ega. Ular quyidagilardir: - malakali kadrlar guruhining shakllantirilganligi; - mahorat darslariga asoslangan ta’lim; - yuqori darajadagi yutuqlari kafolatlovchi muhit; - talabalarning o‘z shaxsiy ta’limiy yutuqlari uchun javobgarligi

    Zamonaviy sharoitda ta’lim tizimida vebinar texnologiyalar tobora keng qo‘llanilmoqda. Vebinar texnologiyalar (ingl. “webinar” - web-based seminar) –
    • web-texnologiyalari va an’anaviy ta’limning o‘zaro birligi asosida tashkil etiladigan seminar;
    • Internet texnologiyalari va maxsus dasturlar qo‘llanilgan holda talaba (tinglovchi)lar bilan interfaol o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakli.

    • Garchi “vebinar” tushunchasi shu ma’noni anglatsada, biroq, ta’lim amaliyotida keng ma’noda qo‘llanilib, turli onlayn tadbirlar (seminar, konferensiya, bahs-munozara, uchrashuv, taqdimot, ayrim holatlarda trening, turli hodisalar bo‘yicha tarmoq translyatsiyalari (kompyuter yoki Internet tarmog‘ida namoyish etiladigan lavhalar) va ta’lim vositalarini anglatishga xizmat qiladi. Ushbu texnologiyalarni o‘zlashtirish orqali pedagoglar interfaol o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Talabalar uchun esa bu texnologiyalar vaqtni va boshqa resurslarni tejash imkoniyatini yaratadi. Chunki ushbu interfaol ta’lim jarayoni bilan qulay vaqt va qulay joyda tanishish imkoniyati mavjud. Bu esa pedagoglardan vebinar texnologiyalar asosidagi mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun muayyan ko‘nikmalarga ega bo‘lish, bir qator shart va qoidalarga rioya etish talab qilinadi.

    So‘nggi vaqtlarda “Keys-stadi” metodi xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda va bugungi kunda respublika ta’limida ham tobora ommalashib bormoqda. Shu sababli ayni o‘rinda ushbu metod (texnologiya)1 mohiyati haqida so‘z yuritiladi.“Keys-stadi” texnologiyasi (ingl. “case” - chemodan, metod, “study” - muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) talabalarda aniq, real muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya; 2) real vaziyatlarni bayon etishda qo‘llaniladigan o‘qitish texnikasi Texnologiyaning asosiy vazifalari1 quyidagilardan iborat.
    1 . Tahlil ko‘nikmalari va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish.
    2. Nazariya va amaliyot birligini ta’minlash.
    3. Muammo yuzasidan turli qarashlar va yondashuvlarni namoyish qilish.
    4. Qarorlar qabul qilish va uning oqibatlariga doir mulohazalarni taqdim etish.
    5. Noaniqliklar mavjud bo‘lgan sharoitda muqobil variantlarni baholash o‘nikmalarini shakllantirish.
    Darhaqiqat, keys-stadi talabalarni har qanday mazmunga ega vaziyatni o‘rganish va tahlil qilishga o‘rgatadi. Uning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi. Bular quyidagilardir: ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, ta’lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to‘plash, ularni o‘rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o‘qituvchi va talaba (talaba) o‘rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va vositalari, o‘quv natijalari.

    THANKS FOR ATTENTION!!!


    Download 3,21 Mb.
    1   2




    Download 3,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zamonaviy ta'lim muhitida an'anaviy va "raqamli" pedagogika. An'anaviy va "raqamli" pedagogika tushunchasi

    Download 3,21 Mb.