-modda. Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishning o‘ziga



bet90/124
Sana20.06.2024
Hajmi
#264653
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   124
Bog'liq
Sugurta ishi 2014 X.M. Shennayev o`quv q

18-modda. Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishning o‘ziga
xos xiisuslyatlari
Sug‘urtalovchilami qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, boMish, 
ajratib chiqarish, o ‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish maxsus 
vakolatli davlat organining ruxsatnomasi bUan amalga oshirilishi 
mumkin.
Sug‘urtal6vchi qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun 
maxsus vakolatli davlat oiganiga tegishli ariza bilan birga quyidagi 
hujjatlami taqdim etadi:
muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta ’sis hujjatlarida 
shunday vakolat beriigan sug'urtalovchi boshqaruv organining 
qayta tashkil etish to ‘g‘risidagi qarori;
tuzilayotgan sug‘urtalovchining balansi va faoliyatining tax- 
miniy moliyaviy natijalari;
qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shartnomasining loyihasi 
(qo‘shib yuborish yoki qo'shib olish shaklida qayta tashkil etila- 
yotganda).
Sug‘urtalovchilami qayta tashkil etishni o‘tkazish uchun be­
riigan ariza zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n 
besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ko‘rib 
chiqilishi kerak.
224


Maxsus vakolatli davlat organi qabul qilingan qaror to ‘g‘risida 
sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Maxsus vakolatli davlat organi quyidagi hoUarda sug‘urtalov- 
chilami qayta tashkil etishga rozilik berishni rad qilishga haqli, 
agar:
sug'urtalovchini qayta tashkil etish natijasida yangitdan tashkil 
qilinadigan sug‘urtalovchilaming moliyaviy barqarorligiga doir 
talablar buzilishi mumkin bo‘Isa;
sug‘urtalovchilarning qayta tashkil etilishi sug‘urta bozorida 
raqobatning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga olib kelishi 
mumkin bo‘lsa;
sug‘urtalovchilami qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilishi 
so‘rab taqdim qilingan hujjatlarda ishonchsiz m a’lumotlar bo‘lsa 
yoxud bu hujjatlar qonun hujjatlariga nomuvofiq boMsa;
sug‘urtalovchilami qayta tashkil etish qonun hujjatlariga zid 
bo‘lsa.
Qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish va o ‘zgartirish 
shaklida qayta tashkil etilganda sug‘urtalovchi (sug‘urtalovchilar) 
litsenziyasining amal qilishi tugatiladi. Qayta tashkil etish nati­
jasida yangitdan tuzilgan sug‘urtalovchilarga litsenziyalami berish 
soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shib yuborish, 
bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etila- 
yotgan davri uchun hamda yangitdan tuzilgan sug‘urtalovchilar 
litsenziya olgunga qadar bo'lgan davrda ular yangi sug‘urta shart- 
nomalarini tuzishga, amaldagi sug‘urta shartnomalarini uzayti- 
rishga haqli emaslar, ilgari tuzilgan sug'urta shartnomalari bo‘- 
yicha o‘z zimmalariga olingan, huquqiy vorislik tartibida o‘zlariga 
o‘tgan majburiyatlarni bajarish hollari bundan mustasnodir.
Qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda o‘ziga boshqa 
sug‘urtalovchi qo‘shilayotgan sug‘urtalovchi, agar qo‘shib olish 
natijasida litsenziyaning shartlari o‘zgarmasa, amaldagi litsenziyani 
saqlab qoladi.
225



Download
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   124




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishning o‘ziga