I BOB.  SU G ‘URTANING IQTISO DIY MOHIYATI



bet2/124
Sana20.06.2024
Hajmi
#264653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
Bog'liq
Sugurta ishi 2014 X.M. Shennayev o`quv q

I BOB. 
SU G ‘URTANING IQTISO DIY MOHIYATI,
FUNKSIYALARI VA BOZOR MUNOSABATLARIDAGI
0 ‘RNI
l.I . Sug‘urta munosabatlaiiaing paydo bo^lishi va uning
iqtisodiy mohiyati
Sug‘urta kishihk jamiyatining turU bosqichlarida mavjud b o l­
gan va uzoq tarixga ega. Sug‘urta insoniyat va uning mol-mulkini 
ishonchli himoyalashning muhim vositasi sifatida rivojlanish tari­
xida ikki bosqichni boshidan kechirgan.
1. Tijoratga asoslanmagan sug‘uri;a.
2. Tijoratga asoslangan sug‘urta.
Tijoratga asoslanmagan sug‘urta ibtidoiy jamoa, quldorlik va 
feodal jamiyatlarga xos bolib, unda sug‘urtalovchilar ittifoqi o‘z 
oldiga foyda ohshni maqsad qilib qo‘ymagan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida qabila shaklida turmush kechirgan 
insonlar quig‘oqchihk va boshqa tabiiy ofatlardan saqlanish uchun 
oziq-ovqat, suv zaxiralarini shakllantirganlar. Keyinchalik q o l 
mehnatining takomillashishi va ishlab chiqarish jarayonida asbob- 
uskunalardan foydalanish (texnik, ijtimoiy xavf-xatarlar) va asta- 
sekinhk bilan tabiiy boyhklaming sanoat usulida o‘zlashtirilishi 
qo'shimcha xavf-xatarlar — ishlab chiqarish, texnik omillaming 
paydo bo‘hshiga olib keldi.
Dastlab, insonlar turh tabiiy ofatlar va boshqa oldindan ko'rib 
bo‘lmaydigan hodisalar ro‘y berishining oldini olish maqsadida 
xudolarga siglnishgan. Stixiyah hodisalarning ro‘y berishi tabiiy 
hoi ekanligini anglagan insonlar quldorlik davrlaridayoq yongin, 
qurg‘oqchilikdan saqlanish uchun natura shaklidagi sug‘urta 
fondlarini tashkil etishgan.
Tarixiy hujjatlarga ko‘ra, notijorat sug'urtaning dastlabki 
shakllari miloddan 2000 yü oldin Vavilon podshohi Xammurapi 
qonunlarida, shuningdek, Fors ko'rfazi, Qadimgi Yunoniston, 
Misr, Qadimgi Rimdagi savdogarlarning o‘zaro tuzgan bitimlarida


o‘z
aksini topgan. Bu bitimlar shartlariga muvofiq, umumiy kar- 
von safida savdo qiluvchi savdogarlardan birortasi stixiyali hodi­
salar yoki qaroqchilar hujumi oqibatida zarar ko‘rsa, bu zararlar 
boshqa savdogarlar tomonidan qoplanishi kerakligi belgilangan. Bu 
davriarda maxsus sug'urta tashkilotlari bo'lm agan va sug'urta 
badallari to'lanmagan.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijasida sug'urtaning mazmuni 
takom illashib, uning yangi turlari paydo bo'lgan. Xususan, 
Qadimgi Rimda kasbiy (savdogarlar, hunarmandlar, harbiylar) va 
diniy belgilarga ko'ra, o'z nizomlariga ega bo'lgan kollegiya, 
ittifoqlar mavjud bo'lgan. Kollegiya yoki ittifoq a’zolari sug'urta 
badallarini to'lashgan hamda nizomda qayd etilgan shartlarda 
ko'rilgan zarami qoplash uchun qoplamalar olish huquqiga ega 
bo'lganlar. Qadimgi Rimda birinchi bo'lib, miloddan 133 yü oldin 
Lanuviylar koUegiyasi tashkil topgan va faoliyat yuritgan.
Lanuviylar nizomiga ko'ra, unga a’zo bo'luvchi shaxslar 100 
sistern miqdorida kirish badalini to'lashgan. Oylik badal summasi —
5 assani taslikil etgan. Mabodo, kollegiya a’zosi vafot etsa, uning 
merosxo'riga 300 sistem ajratilgan. Agar kollegiya a’zosi o'zini- 
o'zi o'ldirsa yoki vafot etish arafasida oylik badallar to'lash 
muddati 6—10 oy cho'zügan bo'lsa, bunday holatda uning meros- 
xo'rlariga sug'urta summasi to'lanmagan.
Qadimgi Rimda notijorat sug'urtaning rivojlanganligiga yana 
bir misol keltirish mumkin. Harbiy kollegiyaga a ’zo bo'lgan 
shaxslar kassaga 750 dinariy (1 dinariy - 4 sistem) to'laganlar. Bu 
badalni bir marotaba to'liq to'lamasdan, oyma-oy to'lanishiga 
raxsat berilgan. To'langan badal evaziga, kollegiya a’zosi xizmat 
yuzasidan ko'tarilsa, unga 500 dinariy; boshqa legionga o'tka- 
zilganda 500 dinariy; vafot etsa, uning merosxo'riga 500 dinariy 
to'langan.
X -X H I asrlarda sug'urtalash gildiya va sexlar tom onidan 
amalga oshirila boshlandi. Masalan, X asrda Angliyada gildiya 
a’zolariga o'g'irlangan hayvonlarning o'rnini qoplash uchun 
anglosaksoniya Gildiyasi tashkil etilgan. XI asrda Daniyada 
faoliyat yuritgan gildiyaning qoidalariga ko'ra, uning a’zolaridan 
qaysi biri kemaning falokatga uchrashi oqibatida jabr ko'rsa yoki


asirga tushsa, unga umumiy kassa hisobidan ko‘rgan zarari 
qoplangan yoki asirdan qutqarish uchun u sotib ohngan.
Keyinchalik gildiya sug'urtasi himoya qiluvchi va kasbiy gil- 
diya turlariga bo'lingan. Himoya qiluvchi gildiyalar o‘z a’zola­
rining mol-mulkini turh xavf-xatarlardan himoya qilishgan.
Hunarm andchilik bilan shug'uUanuvchi shaxslar sexlarga 
birlashishgan. Sex o ‘z a’zolariga baxtsiz hodisalar ro'y berganda, 
ular qarilik tufayli mehnat qobiliyaüarini yo'qotilganlarida va vafot 
etganlarida yordam ko'rsatgan. Sex halok bo'lgan a’zosining oila- 
sini boqish majburiyatini o'z zimmasiga oigan.
Notijorat shakldagi sug'urta Qadimgi Rusda ham mavjud 
bo'lgan. Jumladan, agar okmg hududida o'lim hodisasi ro'y berib, 
qotil aniqlanmasa, knyazhk erkagi uchun 80 griven (1 griven 
409,536 gr. og'irlikka ega kumush quymasi), oddiy fuqaro uchun 
esa 40 griven qoplama to'lagan.
Tijorat sug'urtasi shakllanishining birinchi bosqichida, birin­
chidan, sug'urta xizmati oldi-sotdi obyektiga aylandi; ikkin­
chidan, sug'urta faoliyati shakllanayotgan bozor xo'jaligining 
muhim tarm og'iga aylandi; uchinchidan, sug'urta bitim lari 
shartnoma asosida tuzUadigan bo'ldi.
XV 
asrda sug'urta operatsiyalarini amalga oshirish orqali foyda 
ohsh Italiyada dengiz orqah yuktashish amaliyotida joriy etilgan. 
O'sha davrda O'rta yer dengizi orqah yuklarni tashishda Italiya 
ustun mavqega ega bo'lgan. Dengiz sug'urtasi rivojlanganligini 
1393-yilda birgina notarius orqali bir haftada 80 ta sug'urta shart­
nomasi tuzilgaiüigi bilan tushuntirish mumkin.
Bu davrlarda dengiz sug'urtasi Ispaniya va Portugahyada ham 
taraqqiy eta boshlagan. B irinchi sug'urta polisi 1347-yilda 
Barselonada beriigan. 1468-yilda dengiz sug'urtasi bo'yicha 
Venetsiya Kodeksi yaratiladi.
Keyinchahk, XVI asiga kelib dengiz sug'urtasi bo'yicha xiz- 
matlarni ko'rsatish Angliyaga ko'chadi. 1601-yilda bu yerda 
dengiz sug'urtasida yuzaga keladigan nizolami ko'rib chiquvchi 
sudlar tashkil etilgan. XVL asrda sanoat ishlab chiqarishining 
manufaktura shakli o'z o'm ini fabrika shakliga berdi. Bu, o'z 
navbatida, sug'urtaning yanada rivojlanishi uchun katta imko- 
niyatlar yaratdi.


Tijorat sug‘urtasi shakllanishining ikkinchi bosqichida mulk 
sug‘urtasining bir shakli sifatida dengiz sug‘urtasi asosiy sug‘urta 
turi sifatida o‘z mavqeyini saqlab qoldi.
Dengiz sug‘urtasi b o ‘yicha dastlabki jam iyat 1668-yilda 
Fransiyada tashldl etilgan. XVI asr oxirlarida Londonda xususiy 
sug'urtalovchilar uyushmasi tashkil etilgan. 1871-yilgacha ushbu 
uyushma «London Uoydi» nomi bilan faoüyat ko‘rsatib kelgan. 
Germaniyadagi dastlabki sug‘urta jamiyatlari 1765-yilda Gamburg 
va Berlin shaharlarida tuzilgan.
Dengiz sug'urtasining paydo bo‘üshi va rivojlanishiga tabiiy 
hodisalar, qurg‘oqchilik ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, Yevropa mamla- 
katlaridagi urbanizatsiya mulk sug‘urtasining boshqa turlarining 
vujudga kelishiga olib kelgan. 1666-yilda Londonda katta yong‘in 
bolgan va natijada 70 ming kishi halok bolgan. Bu Yevropada 
y o n glndan sug‘urtalashning paydo bolishiga turtki b o lg an . 
Angliyada ko'plab yonglndan sug‘urta1ash büan shug‘uUanuvchi 
jamiyatlar barpo etügan.
Germ aniyada dastlabki y o n g ln d an sug'urtalash bo‘yicha 
aksiyadoriik sug‘urta jamiyati 1812-yilda tuzilgan.
H ayotni sug‘urtasi b o ‘yicha birinchi sug'urta jam iyati 
«Ekvitebl» nomi büan 1762-yilda tashkil etilgan. 1830-yilga kelib, 
Angliyada 35 ta yirik hayotni sug‘urtalash bo‘yicha jamiyatlar 
faoliyat ko‘rsatgan. Fransiyada hayotni sug‘urtalash bo‘yicha 
dastlabki aksiyadoriik sug‘urta jamiyatlari 1787-yilda tashkil 
etilgan. Germaniyada esa 1806-yilga kelib hayotni sug‘urtalash 
bo'yicha aksiyadorlüc jamiyati tuzilgan.
XVI 
asr oxiri va XX asrrüng boshlariga kelib sanoat ishlab 
chiqarishining rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug‘urtalashning 
taraqqiy etishini ancha tezlashtirdi.
XX asr oxirlarida sanoat sohasidagi tub o‘zgarishlar, xususan, 
ishlab chiqarishda ilmiy-texnika yutuqlaridan, elektr energiya- 
sidan keng foydalanish texnologik xarakterdagi risklami keltirib 
chiqardi.
1776-yüi Rossiyada Davlat banki huzurida sug‘urta ekspe- 
ditsiyasi tashkil etügan. 1800-yilda Imperator farmoni bilan kema 
va mahsulotlarni sug‘urtalash bo‘yicha sug'urta jamiyati tashkil


etildi, biroq u mijozlari bo‘lmaganligi sababli tugatilgan. Bu 
sug‘urta jamiyatini qo‘llab-quwatlash uchun Rossiya hukumati 
unga eng asosiy gubemiyalarda sug'urta ishini mutloq amalga 
oshirish uchun 20 yil muddatga huquq bergan.
Rossiyada 1835-yilda yong‘indan sug'urtalash b o ‘yicha 
ikkinchi jam iyat tuzilgan. 1890—1900-yillarga kelib, o ‘zaro 
sug'urtalash bo'yicha shahar jamiyatlari tuzilgan va rivojlangan. 
1909-yilda markazi Peterbuig shahrida bo'lgan o'zaro sug'ur­
talash jamiyatlarining Rossiya ittifoqi tashkil etilib, 1914-yilda 
uning tarkibida 300 ga yaqin sug'urta tashkiloti bo'lgan. 1894-yüda 
Rossiya ichki ishlar vazirligiga sug'urta jamiyatlari ustidan nazorat 
olib borish vazifasi yuklatüadi. 1917-yüga qadar Rossiyada sug'ur­
ta ishi raqobatga asoslangan holda rivojlanishning yuqori dara­
jasiga erishishgan edi.

Download
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB.  SU G ‘URTANING IQTISO DIY MOHIYATI