, Sug'urta iqtisodiy kategoriya sifatida



bet4/124
Sana20.06.2024
Hajmi
#264653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
Bog'liq
Sugurta ishi 2014 X.M. Shennayev o`quv q

1.2, Sug'urta iqtisodiy kategoriya sifatida
Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning 
qaror topishi bilan birgalikda kechadigan jarayondir. Sug‘urta 
faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajraknas qismi sifatida, bir 
tomondan, ijtimoiy kafolatni ta ’minlasa, ikkinchi tomondan, 
shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug'ur­
ta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot subyektlari manfaat- 
larining himoyasini ham o‘z zimmasiga oladi.
Sug'urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini 
himoya qihsh, ulaming risklar yuz berishi oqibatida ko'rishi mum­
kin bo'lgan zararlarini qoplashning zamriy vositasi sifatida paydo 
bo'ldi ham da rivojlandi. Shunday anglanilgan zararat — aniq 
sug'urta manfaatlari negizida sug'urta munosabatlari yuzaga keldi.
Sug'urta munosabatlari, ularning tashküiy shakUari qanday- 
ligidan qat’i nazar, sug'urta fondini yaratish va undan foydalanish 
jarayonidir. Ta’kidlash lozimki, sug'urta munosabatlari murakkab 
va keng qamrovli moliyaviy-puUUc iqtisodiy munosabatlar bo'hb, 
ular yuzaga kehshi uchun o'zaro bog'hq shart-sharoit majmuasi 
mavjudligi ham muhimdir.
O'zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida turli 
risklaming yuz berishi ehtimoli mavjudhgi, shuningdek, ijtimoiy 
hayotning o'zida namoyon bo'lishi mumkin bo'lgan qarama- 
qarshiliklar subyektlaming sug'urta faohyatiga, xususan, risklar 
transferiga bo'lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o'zgartirdi.
Sug'urta faohyati bozor munosabatlarining eng muhim un- 
suriga aylandi. «Sug'urta faoliyati deganda sug'urta bozori 
professional ishtirokchilarining sug'urtani amalga oshirish büan 
bog'hq faohyati tushuniladi»*. «Shu narsa aniqki, bugungi kunda 
xo'jaUk yurituvchi subyektlar... sug'urta tizimisiz samarah ishlash, 
investitsiya faoliyati bilan shug'uUarush, kredit ohsh imkoiüyatiga 
ega emas»^.
‘ 0 ‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda. 
^ Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirish — eng muhim 
vazifamiz. Prezident I.Karimovning 1999-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari va 2000-yilda iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlami 
chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkama­
sining majlisidagi ma’ruzasi. / / «Xalq so‘zi» gazetasi, 2000 yil, 16 fevral.
11


Shu o ‘rinda, ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘r- 
satish)da uzluksizlikni ta’minlash imkoniyatini yaratish maqsadiga 
yo'naltirilgan, mulkchilik shakUariga ko‘ra, maxsus qayta taqsim­
lash m unosabatlari tizim i mavjudligi iqtisodiyot subyektlari 
ravnaqiga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda ulaming mulkka egalik 
qilish, undan foydalanish hamda daromad ohsh kabi manfaatlari 
yuzaga chiqadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sug'urta faoliyatida talab 
darajasi dagi risk transferi shakllanishi va rivojlanishi hamda uni 
ilmiy asosda o'rganish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb 
etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot subyektlarining erkinliklari ken- 
gayib borayotgani, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ish 
bajarish, xizmat ko‘rsatish)ning yangi turlari o'zlashtirihshi 
sug'urta faoliyatida risk transferining ilmiy-nazariy asoslarini 
tadqiq etish ya takomillashtirishga bo'lgan ehtiyojni orttirmoqda.
Sug'urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to'liqroq ochib 
berish uchun ilmiy adabiyotlarda bu masalaga bo'lgan yonda- 
shuvlarni o'rganish maqsadga muvofiqdir. Ularda «sug'urta — 
xizmat ko'rsatish industriyasi»^ ekanligi qayd etilgan, shunga 
asoslanib, keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy atamashunoslikda 
«xizmatlar iqtisodiyoti nazariyasi» atamasi qaror topayotganhgini 
ta’kidlash mumkin.
Sug'urta faoliyatida o'z mohiyati nuqtayi nazaridan, aynan 
«xizmat» tushunchasi fundam ental hisoblanadi. Sug'urtachi 
tomonidan taklif etilayotgan «xizmat» o'zida dastlab moddiylikni 
aks ettirmaydi, ya’ni u o'z mijoziga faqat «va’dani sotadi». Shu 
nuqtayi nazardan, xalqaro savdoda unga «ko'rinmaydigan fao- 
liyat»^ deb ham tasnif beriladi. Sug'urtalanuvchiga shartnoma 
tuzilganligini tasdiqiovchi dalil-hujjat sifatida «polis»^ beriladi, 
xolos. Sug'urta shartnom asida sug'urtalanuvchiga sug'urta 
voqeasiga ko'ra ko'rishi ehtimol bo'lgan zararining ekvivalent
* Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered 
Insurance Institute, Great Britain, 1993. P. 1—3.
^ O'sha joyda, 1-4-b.
^ Ефимов С.Л. Энциклопедический словарь. Экономика и страхование. — М.: 
«Церих-ПЭЛ», 1996. С. 347.
12


qiymatidagi pul tolovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida) 
ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda 
qayd etilgan ma’lum davr oraUglda amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlari bosqichma-bosqich 
shakllanayotgan va rivojlanayotgan, iqtisodiyot subyektlarining 
yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, erkinligi darajasi ortib 
borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi kuzatiladi. 
Ularning manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo'lgan va doimiy 
takrorlanib turadigan risklami qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos 
bolgan maxsus xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi.
«Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar tolaydigan 
sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan 
muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda, ushbu shaxs­
larga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug'urta 
pulini) to lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish 
tushuniladi»^
Amerika Qo'shma Shtatlarida faoliyat kolsatayotgan sug'urta 
kompaniyalarini uchta yirik guruhga bolish mumkin:
— hayotni sug‘urta qilishga ixtisoslashgan kompaniyalar;
— umumiy sug‘urta operatsiyalarini (hayotni sug‘urta qilish- 
dan tashqari) amalga oshiruvchi kompaniyalar;
— o‘zaro sug'urtalash jamiyatlari.
Hayotni sug‘urtalashga ixtisoslashgan AQSHning eng yirik 
kompaniyalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular bugungi 
kunda ko‘p ming sonli pensiya fondlariga tegishh yuz milliardlab 
mablaglami boshqaradüar. Ayrim kompaniyalar aktivining 30—40 
foizini aynan Pensiya fondlariga tegishli m ablaglar tashkil etadi. 
Bunda sug‘urta monopoliyalarining asosiy vazifasi Pensiya fond­
lari tomonidan ishonchli boshqaruvga topshirilgan mablaglami 
oqilona investitsion siyosat yuritish orqali ko‘paytirish va ishonch­
li saqlashdan iborat. Sug‘urta kompaniyalari bunday xizmatlari 
uchun Pensiya fondlaridan tegishli vositachilik haqini oladilar. Bu 
xizmat haqi sug‘urta kompaniyalariga millionlab daromad kelti- 
radi. Ammo, bu asosiysi emas. Gap shundaki, sug‘urta kompa-
' 0 ‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda.
13


niyalari ixtiyoridagi katta miqdordagi investitsion resurslar ularga 
sanoat korxonalari ustidan nazorat o'matishlari uchun imkoniyat 
yaratadi. Statistik m a’lumotlarga ko'ra, AQSHning eng yirik 
100 ta sanoat korporatsiyasidan 27 tasida sug'urta kompaniyalari­
ning vakillari Direktoriar kengashini boshqargan. Bu ko'rsatkich 
bo'yicha sug'urta kompaniyalari faqat tijorat banklari va in ­
vestitsiya kompaniyalaridan keyingi o'rinda turadi.
Umumiy sug'urta operatsiyalarini amalga oshiruvchi kom- 
paniyalar, aytarii barcha ko'rsatkichlar bo'yicha, hayotni sug'ur­
talashga ixtisoslashgan kompaniyalardan keyingi o'rinda turadi. 
Ammo hozirda, yig'ib olinadigan sug'urta mukofotlari miqdori va 
aktivitiing o'sishi bo'yicha umumiy sug'urta operatsiyalarini amal­
ga oshiruvchi kompaniyalar biroz oldinda bormoqdalar. Buning 
asosiy sababi shundald, keyingi yillarda bu sug'urta turlariga 
bo'lgan talab sezilarh ravishda kuchaydi.
Mazkur toifaga mansub sug'urtalovchilar mijozlar sonini 
oshirish maqsadida muntazam yangi sug'urta xizmatlarini takhf 
etmoqdalar. Jumladan, advokatlaming, shifokorlarning va me’- 
morlaming uchinchi shaxslarga zarar keltirishi bo'yicha kasbiy 
javobgarligini sug'urta qilish yuqoridagi fikrimizning yaqqol 
isbotidir. Hozirgi paytda birgina «San Paul kompani» sug'urta 
kompaniyasida 65 mingdan ortiq shifokorlar o'z javobgariiklarini 
sug'urta qilganlar. Ushbu sug'urta turi bo'yicha to'plangan 
sug'urta mukofotlari miqdori yalpi tushumlarning 15 foiziga 
yaqinini tashkil etmoqda.
AQSHning sug'urta tizim ida «myuchuels» deb ataluvchi 
o'zaro sug'urtalash jam iyatlari o'ziga xos o 'rin n i egallaydi. 
Aksiyadorlik sug'urta kompaniyalarining egalari aksiya^dorlar 
bo'lsa, «myuchuels» tipidagi o'zaro sug'urtalash jamiyatining 
egalari bu shu jam iyatda o'z hayoti yoki mol-mulkini yoxud 
javobgarligini sug'urta qilgan jismoniy va yuridik shaxslardir. 
Bunday sug'urta jamiyatlarining butun pul mablag'lari sug'urta 
mukofotlari va foydadan ajratm alar hisobidan shakllanadi. 
Shuning uchun sug'urta mukofoti bir vaqtning o'zida sug'urta­
lanuvchining jamiyatga kirishi uchun ulush bo'hb ham xizmat 
qiladi. Sug'urtalanuvchi o'zaro sug'urtalash jamiyatidan sug'urta
14


polisi ni sotib olar ekan, u nafaqat sug'urta qoplamasini olishga 
thi’vogarlik qiladi, balki sug'urtalovchi faoliyatining natijalari 
h()‘yicha ohngan foydaning bir qismini ohshga ham haqlidir.
Dastlabki, «myuchuels» tipidagi sug'urta jamiyatlari aksiya- 
dorlik sug'urta kompaniyalariga qarama-qarshi ravishda tashkil 
etildiki, bunda sug'urtalovchi sug'urtaga nafaqat daromad olish- 
ning bir manbayi sifatida qarashi, balki o'zining hissadorlarini eng 
qulay sharoitlarda sug'urtalashi zarur edi.
Mavjud m a’lumotlarga ko'ra, AQSHda 2000 dan ortiq o'zaro 
sug'urta qihsh jamiyatlari faoliyat ko'rsatmoqda. Bu ko'rsatkich 
Buyuk Britaniya, Fransiya va Daniyada faqatgina 100 tadan 
ortiqni tashkil etadi. AQSHda bu shakldagi sug'urta jamiyatlari­
ning umumiy daromadi 482,1 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu 
boshqa davlatlaming ko'rsatkichlaridan ancha ko'pdir. Shuni 
ta’kidlash zarurki, Yaponiyada bor-yo'g‘i 20 ta o'zaro sug'ur­
talash jamiyatining mavjud bolishiga qaramasdan, ular tom o­
nidan to'plangan sug'urta mukofotlari 278,3 mlrd doUaini tashkil 
etgan.
Amerika sug'urta tizirriida sug'urta brokerlari o'z mavqelariga 
ko'ra muhim ahamiyatga ega. Ko'p sug'urta shartnomalari amalda 
sug'urtalovchi bilan sug'urtalanuvchi o'rtasida bevosita tuzil- 
masdan, balld brokerlar vositasida tuziladi. Jumladan, AQSHning 
eng yirik sug'urta kom paniyalaridan biri - «Prudenshial» 
22 mingga yaqin agentlar xizmatidan foydalanadi.
Yuqorida qayd etganimizdek, AQSHda sug'urta biznesi rivoj- 
lanishining asosiy yo'nalishlaridan biri bu uning yanada inter- 
natsionallashuvi hisoblanadi. Sug'urta kompaniyalarining xorijda 
joylashgan bo'hm va vakolatxonalari soni bo'yicha AQSH bugungi 
kunda dunyoda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. AQSH sug'urta 
kompaniyalarining xalqaro miqyosda faol ishtirok etishlarining 
asosiy sababi shundaki, AQSH transnatsional korporatsiyalari 
jahon bozorida tobora kuchh pozitsiyalami egallamoqdalar. Bu 
korporatsiyalarga qarashh mol-mulklar va boshqa manfaatlami 
sug'^urtaviy himoya etish, shubhasiz, uning tarkibiga kimvchi 
sug'urta kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi. AQSHning
15


mashhur «ITT» konsemi 
o‘z
sug'urta operatsiyalarini jahorming 
80 mamlakatida amalga oshiruvchi 25 sug‘urta kompaniyasini 
nazorat qiladi.
AQSH sug‘urta tarmog‘idagi eng yirik kompaniyalardan biri -
bu «SIGNA» sug‘urta korporatsiyasidir. Bu korporatsiya 1982- 
yilda «Konnektikut djeneral korp.» va «INA korp.» kompaniyalari 
negizida tashkil etilgan bo‘lib, uning shtab-kvartirasi Filadelfiya 
shahrida joylashgan. Bu korporatsiya amalga oshiradigan asosiy 
sug‘urta operatsiyalari mol-mulkni va javobgarlikni sug‘urtalash- 
dan iborat. Hozirda «SIGNA» sug‘urta korporatsiyasining vako- 
latxonalari jahorming 160 dan ortiq mamlakatida faoliyat ko‘r- 
satmoqda. Uning xorijdagi filiallari asosan shaxsiy sug‘urta va mol- 
muUc sug‘urtasi bilan shug'uUanadi. 1995-yilda korporatsiya bo‘- 
yicha kelib tushgan umumiy sug'urta mukofotlarining sal kam 
10,0 foizi xorijdagi filiallar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
AQSHning eng yetakchi kom paniyalari haqida to ‘xtalar 
ekanmiz, «Amerikan International G roup (AIG)» sug‘urta 
guruhining ichki va tashqi bozordagi faoliyati alohida tahsinga 
sazovordir. Guruh asosan savdo va sanoat tarmoqlari tavakkal- 
chiliklarini sug‘urtalashga ixtisoslashgan. «AIG» o‘zining dastlabki 
operatsiyalarini 1919-yilda Shanxayda boshlagan bo‘lib, keyin­
chalik uning shtab-kvartirasi Nyu-Yorkka ko‘chirilgan. Bugungi 
kunda guruhning vakolatxonalari va filiallari jahorming 140 mam­
lakatida mayjuddir. «AIG»ning bir yillik sug‘urta operatsiyalari 
hajmi qariyb 10,0 mlrd dollardan ortiq mablag‘ni tashkil etadi.
Shuni alohida ta ’kidlash zarurki, 1990-yillarning boshida 
sohadagi raqobatning keskinlashuvi 1993-yillarga kelib hayotni 
sug‘urta qilishga ixtisoslashgan 105 ta va umumiy sug‘urta ope­
ratsiyalarini amalga oshiruvchi 74 kompaniyaning bankrot bo‘- 
lishiga olib keldi. Sug‘urta faohyatini nazorat qiluvchi hukumat 
organlari buning oldini ohsh maqsadida sug‘urta kompaniyalari­
ning mavjud kapitallariga bo‘lgan eng kam talabni yanada kuchay- 
tirdi. 1993-yildan boshlab bu talab 2—3 mJn dollar atrofida bel- 
gilandi.
16



Download
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



, Sug'urta iqtisodiy kategoriya sifatida