|
Qaysi iqtisodiy mutanosiblik xalqaro mehnat taqsimoti orqali bog‘lanish darajasini ifodalaydi?
|
bet | 17/76 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 162,87 Kb. | | #262010 |
Bog'liq Aholi iste’moli va pul jamg‘armalari darajasini belgilay di24. Qaysi iqtisodiy mutanosiblik xalqaro mehnat taqsimoti orqali bog‘lanish darajasini ifodalaydi?
a) tarmoqlararo mutanosiblik;
b) tarmoqlar ichidagi mutanosiblik;
c) hududiy mutanosiblik;
d) davlatlararo mutanosiblik;
e) umumiqtisodiy mutanosiblik.
25. Milliy iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishidan ko‘zlangan maqsadlardan qaysi biri iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilishni ham ko‘zda tutadi?
a) mavjud iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda jamiyat ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish;
b) mehnat resurslarining to‘liq va samarali bandligini ta’minlash;
c) narxlar barqarorligiga erishish va uni inflyatsiyadan holi qilish;
d) iqtisodiy o‘sishni yetarlicha investitsiyalar bilan ta’minlash va uni muomaladagi pul massasiga bog‘lash;
e) tashqi savdo balansining ijobiy qoldig‘iga erishish.
26. Ishlab chiqarish hajmini aniqlashning qaysi usulida barcha sarflar miqdori ishlab chiqarish hajmi (SMM) bilan taqqoslanadi?
a) jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usulida;
b) balans usulida;
c) xarajat va natijani taqqoslash usulida;
d) tannarx va narxni taqqoslash usulida;
e) yalpi talab va yalpi taklifni taqqoslash usulida.
27. O‘zbekistonda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan qaysi maqsadga iqtisodiyotni mutanosib va barqaror rivojlantirish asosida erishib boriladi?
a) iqtisodiyotning tuzilishi va nisbatlarini takomillashtirish;
b) iqtisodiyotning xom ashyo yetishtirishga qaratilgan bir tomonlama yo‘nalishini bartaraf etish;
c) mahsulot turlarini o‘zgartirish, uning sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish;
d) importning o‘rnini bosadigan va eksportga raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish;
e) aholi turmush farovonligini o‘stirib borish.
28. Quyidagilardan qaysi biri tarkibiy o‘zgarishning asosiy yo‘nalishi hisoblanmaydi?
a) iste’molga yo‘naltirilgan;
b) eksportga yo‘naltirilgan;
c) iqtisodiyotning tarmoq tuzilishini takomillashtirishga qaratilgan;
d) iqtisodiyotning texnologik tuzilishini takomillashtirishga qaratilgan;
e) importga yo‘naltirilgan.
|
| |