|
Tarkibiy inqirozlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabab nima?
|
bet | 19/76 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 162,87 Kb. | | #262010 |
Bog'liq Aholi iste’moli va pul jamg‘armalari darajasini belgilay di7. Tarkibiy inqirozlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabab nima?
a) ishlab chiqarishning notekis rivojlanishi;
b) iqtisodiyot ayrim tarmoqlari va sohalarining rivojlanishidagi chuqur nomutanosibliklar;
c) yalpi talabning o‘zgarishi;
d) yalpi taklifning o‘zgarishi;
e) ishlab chiqarish va iste’molning mos kelmasligi.
8. Agrar inqirozlarning asosiy xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
a) mahsulotlarning nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishida;
b) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydaning kamayishida;
c) siklli xarakterga ega bo‘lmaslikda va nisbatan uzoq davr davom etishida;
d) ishsizlikning o‘sishida;
e) ishlab chiqarishning qisqarishida.
9. Sikldan iqtisodiyotning qaysi sohalari ko‘proq yo‘qotishga uchraydi?
a) qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlari;
b) uzoq muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari;
c) investitsion tovar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari;
d) a) va b) to‘g‘ri;
e) b) va c) to‘g‘ri.
10. Bugungi kunning eng dolzarb muammosi nima?
a) AQSH dollarining qimmatini oshirish;
b) jahonda yuz berayotgan inflyatsiya darajasini pasaytirish;
c) ekologik muammolarni hal qilish;
d) 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari tufayli yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlash;
e) iqtisodiyotni diversifikatsiyalash.
11. 2013 yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi qanchani tashkil qilgan?
a) 3 milliard dollardan ko‘proq;
b) 1,5 milliard dollardan ko‘proq;
c) 2,5 milliard dollardan ko‘proq;
d) 1,3 milliard dollardan ko‘proq;
e) 4,3 milliard dollardan ko‘proq.
12. Retsessiya deganda:
a) iqtisodiy o‘sishning yuksalish nuqtasidan keyingi fazadan so‘ng ketma-ket ishlab chiqarish sur’atining keskin pasayishi tushuniladi;
b) ishlab chiqarish sur’atining keskin pasayishi tushuniladi;
c) birja indekslarining ommaviy pasayishi tushuniladi;
d) inflyatsiyaning bir turi hisoblanadi;
e) iqtisodiy o‘sishning pasayishi tushuniladi.
|
| |