|
Iqtisodiy o‘sishning nisbiy ko‘rsatkichini aniqlang
|
bet | 8/76 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 162,87 Kb. | | #262010 |
Bog'liq Aholi iste’moli va pul jamg‘armalari darajasini belgilay di14. Iqtisodiy o‘sishning nisbiy ko‘rsatkichini aniqlang:
a) daromad va ish haqining darajasi;
b) aholini ijtimoiy himoyalash darajasi;
c) ishsizlikning nisbiy darajasi;
d) narxlarning nisbiy o‘zgarishi;
e) bir yil davomida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar miqdori.
15. Intensiv iqtisodiy o‘sish qanday amalga oshadi?
a) mavjud iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish orqali;
b) yangi korxonalar qurish yo‘li bilan;
c) ishlovchilar sonini mutloq oshirish hisobiga;
d) qo‘shimcha pul resurslarini jalb qilish bilan;
e) ishlab chiqarishga qo‘shimcha resurslarni jalb qilish orqali.
16. Iqtisodiy o‘sishga to‘sqinlik qiladigan omilni aniqlang:
a) atrof-muhitni himoya qilishga ketadigan xarajatlarning ortishi;
b) mehnat unumdorligining ortishi;
c) investitsiyalarning ko‘payishi;
d) malaka va ta’lim uchun xarajatlarning ortishi;
e) mehnat intensivligining ortishi.
17. Iqtisodiy o‘sishning intensiv omilini toping:
a) mehnat sarflarining ortishi;
b) kapital sarflarining ko‘payishi;
c) joriy xarajatlarning o‘sishi;
d) qo‘shimcha iqtisodiy resurslarning jalb qilinishi;
e) mehnat unumdorligi o‘sishi.
18. Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv omilini toping:
a) mehnat intensivligining ortishi;
b) asosiy kapitalni tejash;
c) mehnat unumdorligining o‘sishi;
d) yangi texnologiyani qo‘llash;
e) resurs sarflari ortishi.
19. Iqtisodiy o‘sish nima?
a) ishlab chiqarishning takomillashishi;
b) ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarishning o‘sishi;
c) yaratilgan tovarlar va xizmatlar mutloq va nisbiy hajmining ko‘payishi;
d) aholi turmush sharoitlarining o‘zgarishi;
e) yuqoridagilarning barchasi.
20. Iqtisodiy o‘sish qanday aniqlanadi?
a) daromad va ish haqi darajasi bilan;
b) aholining ijtimoiy himoyalanganlik darajasi bilan;
c) ishsizlik darajasi bilan;
d) yalpi milliy mahsulotning mutloq va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori bilan;
e) yuqoridagilarning barchasi bilan.
|
| |