Rastrli tasvirlar quyidagi tiplarga bolinadi: binar, kulrang,
palitrali, to ‘liq kulrang. Bunda tasviming elementlari faqat ikki qiymatni
(0 yoki 1) qabul qilishi mumkin. Bu tasvirlar turlicha paydo bo‘lishi
mumkin. Ammo ko‘p hollarda kulrang, palitrali va turli rangli tasvirlami
o ‘zgarmas yoki adektiv chegaraviy son bilan binar tasvirga almashtirish
natijasida paydo bo‘ladi. Binar tasvirlami saqlash uchun juda ham katta
joy talab qilinadi. Ulaming har bir elementi uchun 1 bit joy kerak
bo‘ladi. Kulrang tasvimi elementlari m a’lum bir rang intensivligining
turli xil qiymatlari qabul qiladi. Odatda
bu tasvirlaming har bir
elementmi saqlash uchun 8 bit ishlatiladi. Kulrang tasvirlar turli xil
amaliy masalalami hal qilishda eng ko‘p qo‘llaniladigan tasvirlardan biri
hisoblanadi.
Palitrali tasvirlaming har bir elementiga ranglar xaritasinmg bir
katakchasidagi rang mos qo‘yiladi. Palitra - bu ikki o'lchovli
massiv
bo‘lib, uning satrlariga turli ranglar, har bir ustunlariga esa m a’lum bir
rangning intensivligi joylashtiriladi.
To‘liq rangli tasvirlar elementlari rangni tashkil etuvchi yor-
qinliklaii haqidagi axborotni o‘zini saqlaydi.
Shu bilan u palitrali
tasvirlardan farq qiladi. Amaliy masalalar yechishda qaysi tipdagi
tasvimi tanlash masalasining o £ziga xos xususiyatlaridan boshlab, tas-
virdagi zarur axborotni qanchalik to ‘liq ifodalanishi bilan xarakterlanadi.
Vektorli grafika vositasida shakllangan tasvir sodda grafik ob’ektlar
to‘plamidan tuzilgan bo‘lib, uning tipik elementiga mos keladi.
Vektorli
tasviming asosiy elementi chiziq bo‘lib hisoblanadi.
Vektorli grafikada tasvir sifati kengaytmaga bog‘liq bo‘lmaydi.
Vektorli obyektlar matematik tenglamalarda ifodalanadi. Shuning uchun
ham masshtablanganda ular sifatni yo‘qotmaydi10.
Kompyuter xotirasida bu chiziq juda katta joy egallamaydi, chunki
xotirada chiziqni faqat parametrlari ko'rsatiladi.
Unda sodda obyektlar
murakkab obyektlarga birlashtiriladi, shu sababli vektor grafikasini
obyektga y o‘naltirilgan grafika deb ham aytiladi.
Kompyuter xotirasida
vektor grafikasi chiziqlar sifatida saqlanib turishiga qaiamasdan, tasvir
ekranga nuqtalar sifatida chiqariladi. Tasvimi
ekranga chiqarishdan
oldin har bir parametmi hisoblab chiqadi. Shu sababli vektor grafikasini
hisoblanuvchi grafika deb aytiladi. Vektor grafikasi yordamida sodda
turdagi bezash ishlarini olib borish mumkin11.