Hozirgi zamon kompyuterlari va ulaming dasturlar ta’minoti,
grafik axborotlami bemalol uch o‘lchamda ham loyihalash imkoniyatini
beradi.
Buning uchun qator grafik dasturlar mavjud bo‘lib, ular orasida
AutoCAD dasturi muhandislik va qurilish arxitektura chizmachiligi
uchun berilgan o‘lchamlar asosida ikki va uch o‘lchamli loyihalash
ishlarini yuqori aniqlikda bajarish imkoniyatini beradi.
Ma’lumki, an’anaviy usulda (qo‘lda) obyektlarni yaqqol tasvir-
larini qurish, ulami ikki o‘lchamli cliizmalarini tuzishga nisbatan bir
necha marta ko‘p mehnat talab qiladi. Lekin ulami kompyuterda zamo-
naviy grafik dasturlar yordamida bajarish oson va qulaydir. Shuningdek,
kompyuter texnologiyalari yordamida uch o‘lchamli loyihalash jara-
yonida quyidagi grafik amallami avtomatik bajarish afzalliklarga ega:
1. Obyekt sirtlarining o‘zaro kesishuvini avtomatik bajarish;
2. Obyektlarda turli qirqimlar va kesimlar bajarish;
3. Obyektlarni asosiy va qo£shimcha ko‘rinishlarga o‘tkazib,
o‘zaro vaziyatlarini o‘zgartirish;
4. Obyektlarning yuzalarini tabiiy ranglarga bo‘yash;
5. Bajarilgan uch o‘lchamli rederlangan-bo‘yalgan obyektlarni
ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan aslidagidek holatda bajarish;
6. Yasalgan uch o‘lchamli modelni-buyumni fazoning istalgan
nuqtasidan ko‘nsh va kuzatish hamda uzluksiz namoyish etish;
7. Obyektlarni tarkibiy qismlarga ajratish yoki aksincha bir butun
jismga keltmsh;
8. Kesuvchi va kesiluvchi obyektlar uchun umumiy bo‘lgan qis-
mini yasash.
AutoCAD dasturida ikki o‘lchamlidan uch o‘lchamli loyihalash