Yorug‘lik nurini to ‘lqin xususiyatlari
nuqtai nazaridan qarab
chiqamiz. Yorug‘lik nurining to lq in xususiyatlaridan biri uning to‘lqin
uzunligi - to‘lqinning bir marta tebranish uchun zarur bo‘lgan vaqtda
(tebranish davri) o‘tgan masofasidir. Spektri birgina to ‘lqin uzunligi mos
kelgan bitta chiziqdan iborat bo‘lgan
nurlanish
m onoxrom atik nur
deyiladi. Nyuton tomonidan olingan kamalak (shuningdek, yom g‘irdan
keyin kuzatiladigan kamalak ham) cheksiz ko‘p monoxromatik nur-
lanishdan tashkil topgandir. Lazer - monoxromatik
nurlanishning ancha
sifatli manbayidir. Xuddi shu sababli uning nurini fokusda yig‘ish oson
kecliadi. Monoxromatik nurlanishning rangi uning to‘lqin uzunligi
bilan
aniqlanadi. Ko‘zga ko‘rinadigan nurlar uchun to ‘lqin
uzunliklari sohasi
380-400 nm dan (binafsha) to 700-780 nm gacha (qizil) davom etadi.
Oraliqda inson ko‘zining sezgirligi bir xilda emas. Eng yuqori sezgirlik
yasliil rangga to‘g ‘ri keluvchi to‘lqin uzunliklari uchun kuzatiladi17.
Nyuton oq numi kamalakning barcha ranglari yig‘indisi
sifatida
tasaw ur etish mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda
oq nur spektri uzluksiz va teng taqsimlangandir - unda ko‘rish so-
hasidagi barcha to‘lqin uzunliklariga mos keluvchi nurlar ishtirok etadi.
Rangni tasvirlash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi:
- rangning tusini nur spektridagi eng asosiy to ‘lqin uzunligi bilan
aniqlash mumkin. Rangning toni bir rangning boshqasidan, masalan,
yashilni qizildan, sariqdan va boshqa ranglardan farqini ajratish imko
niyatini beradi.
- Yorug‘lik
- yoruglik nuri energiyasi, intensivligi bilan aniq
lanadi. Idrok etilayotgan yorug‘lik nurining miqdorini ifodalaydi.
- Tusning to ‘yinishi yoki tiniqligi. Oq rangning qatnashish ulushi
bilan ifoda etiladi. Ideal sof rangda oq rang aralashmasi bo‘lmaydi.
Agar, masalan, sof qizil rangga m a’lum nisbatda oq rang qo‘shilsa
(rassomlarda bu razbel deb ataladi), och-qizil rang hosil b o ‘ladi.
K o‘rsatilgan uch belgi barcha ranglar
va ulaming nozik turlarini
ifodalashga imkon beradi. Atributlaming uchta ekanligi rangning uch
o‘lchamlilik xususiyatining namoyon bo‘lishidir. Keyinroq ko‘ramizki,
numi ifodalashning boshqa uch o ‘lchamli tizimlari ham mavjuddir.
Biz rangni to ‘lqin uzunligi va spektr
yordamida tushuntirishga
harakat qildik. Ma’lum bo‘ldiki, bu rang haqida to‘liq bolm agan tasav-