28
tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni o‘rgangandan so‘ng tashkil
etish kerak;
marketing konsepsiyasi vositalarini qo‘llash asosida marketing
dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun
kompleks yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;
tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo‘g‘inlarini marketing bilan
qamrab olish maqsadida bir vaqtni o‘zida maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir
asosida bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va
taktikasini qo‘llash;
korxona faoliyati va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini
bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali
kommunikatsiyani uzoq istiqboliga mo‘ljallash;
tovarni yashash davrining barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va
tovar taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish;
tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini
eslash;
talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo
muvofiqlashtirish va o‘zaro ta’sirini ushlab turish;
tovar bozori yoki firma imiji (obro ‘yi) va raqobatli ustunligini
qidirish
va
shakllantirish
jarayonida
aniq
holatda
agressivlikka,
hujumkorlikka, faollikka intilish, umumiy holda marketingning asosiy
tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish va bozorga ta’sir
o‘tkazishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan
quyidagicha asosiy tamoyillari kelib chiqadi:
iste’molchilarga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir;
pirovard ko‘rsatkichga erishishga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni
bozor ulushini, foydani ortishi va hokazolar.