58
Eksport marketingi yangi xorijiy sotish bozorlarini quyidagicha tadqiq
qilish, firma mahsulotlarini sotish uchun xorijiy sotish xizmatlarini tashkil
qilishni ko‘zda tutadi. Import marketingi yuqori samarali xaridorlarni
ta’minlash uchun bozor tadqiqotlarining alohida shakllarini ko‘zda tutadi.
Ilmiy-texnik marketing xaridning ilmiy-texnik faoliyat natijalari:
patentlar va litsenziyalarni sotish va xarid qilish qismidagi marketing
tadqiqotlari, fan-texnika taraqqiyoti yo‘nalishlarini o‘rganish, tegishli
tomonlar patent huquqlari masalalari va boshqalar bilan bog‘liq.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing kiritish marketingi o‘z ichiga xorijiy
faoliyatni tadqiq qilish, yangi korxona ishining imkoniyatlari (biznes-reja
turlari), uning sotish faoliyatini chuqur va har taraflama tahlil qilishni, hamda
kompaniya manfaatlari va korxona qurilgan mamlakat qonunini hisobga
olgan holda tashqi bozorda sotish tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi.
Xalqaro marketing, tashqi iqtisodiyot, tashqi savdo marketingi deb ham
ataydilar, mahsulotni xorijda qurilgan milliy korxonalarda sotishni ko‘zda
tutadi. U ishlab chiqarish, sotish vazifalarining juda kattaligi bilan farqlanadi,
asosan ko‘p sonli mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi transmilliy
kompaniyalarga javob beradi.
Notijorat faoliyati sohasidagi marketing asosan alohida tashkilot yoki
alohida shaxsga nisbatan jamoaning ijobiy fikrini yaratish masalalari bilan
bog‘liq.
Ijtimoiy marketingni qo‘llashning eng muhim sohasi rivojlanadigan
mamlakatlarda oilani rejalashtirish, qariyalar va kasallarga e’tiborni jalb
qilish ayrim ijtimoiy zaruratlarga xayriya qilishga tayyorlikni rivojlantirishdan
iborat.