63
Marketingni qo‘llash sohalari va obyektlariga muvofiq quyidagi
holatlarga ko‘ra guruhlanadi: ichki; tovarlar bo‘yicha; eksport; import; ilmiy-
texnik; to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ (investitsiya) kiritish marketingi; xalqaro
marketing; notijorat faoliyati sohasidagi marketing; ijtimoiy g‘oyalar
marketingi.
Marketingni boshqarish jarayoni bosqichlari quyidigilardan tuzilgan:
1. Bozor imkoniyalari tahlili;
2. Maqsadli bozorni tanlash;
3. Marketing kompleksini ishlab chiqish;
4. Marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etish.
Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yo‘nalishda amalga
oshiririlishi mumkin:
1. Funksional - bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va tovar
harakatini tashkil qilish doiralariga tushadi.
2.
Tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional
tamoyillarga, yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo‘shiladi.
3.
Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillariga,
yana bir hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo‘yicha boshqaruvchilar
qo‘shiladi.