65
5-bob. MARKETING DASTURI
5.1. Marketing dasturi haqida tushuncha
Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo‘lib, korxonaning
bozorda aniq faoliyat ko‘rsatish tamoyilini ifodalaydi.
Marketing dasturi
kengroq ma’noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga
moslashtirishga yo‘naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni
deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir yilgacha), o‘rta
muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan ko‘proq)
bo‘ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning
maxsus faoliyatlariga
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Marketing dasturi bu korxonani umumxo‘jalik faoliyatini direktiv
rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo‘g‘ini
uchun qaror qabul qilish asosidir. Marketing dasturining asosiy mazmuni, bu
korxonaning o‘tgan davrdagi faoliyat natijalari bo‘lib, unda maqsadli bozor
rivojlanishining qisqa tahlili va bashorati, firmaning
asosiy rivojlanish
maqsadi, bozordagi xulq-atvorining strategik yo‘li, tovar, narx, sotish va
rag‘batlantirish siyosatining chora-tadbirlari,
marketing tadqiqotlari
mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan
baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo‘yicha nazorat chora-
tadbirlari va harakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani o‘z
imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur
tavsiyali xarakterga ega
bo‘lsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida
ko‘riladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi
kompaniyani yuqori boshqaruv bo‘g‘ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar,
strategik
dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib boshqaruv
qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir.
Marketing dasturining strategik yo‘nalishi bozordagi mavqei va
korxonaning bog‘liqlik holatidan kelib chiqqan holda o‘z
ichiga turli
variantlarni oladi.
Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentatsiyalash,
hujum va himoya strategiyalari bo‘lishi mumkin.
Marketing dasturini ishlab chiqishda ko‘p variantlilik tamoyillari
ishlatiladi. Xizmatni tuzilishiga binoan marketing dasturi va rejasining bir
necha variantlari:
ikki yoki uch, ya’ni minimal, optimal va maksimal turlari
bo‘ladi. Masalan, Yaponiya firmalari marketing dasturi va rejasining minimal
variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda haqiqiy muvaffaqiyatga
iqtisodiy va ijtimoiy hamda psixologik samarani
olishni maqsad qilib
66
erishadi. Shuningdek dasturni o‘rtacha yoki optimal variantlari keng
tarqalgan.
Quyidagi rasmda marketing majmui dasturining jarayoni keltirilmoqda.