Marketingni boshqarish jarayoni, tashqi va ichki sohasi va




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/105
Sana24.11.2023
Hajmi1,15 Mb.
#104756
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

4.3. Marketingni boshqarish jarayoni, tashqi va ichki sohasi va
o‘zaro bog‘liqligi. Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish 
Marketingni boshqarish – marketing faoliyatini amalga oshirish uchun 
zarur bo‘lgan barcha moddiy, moliyaviy, me’yoriy va boshqa resurslarning 
majmui bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir 
maqsadga yo‘naltirish, uyushtirish va muvofiqlashtirishdan iborat. Bunda 
iqtisodiy, texnikaviy va boshqa qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu 
faoliyat marketologlardan nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat 
talab qiluvchi murakkab tizimdir. 
Marketingni 
boshqarish tizimining tarkibiy qismlari: maqsad 
tamoyillari, vazifalari, tashkiliy tuzilishi, usullari, boshqarishning texnika va 
texnologiyasi, kadrlar va boshqalardan iborat. Marketingni boshqarishning 
maqsadi tizimning to‘g‘ri va murakkabligi darajasiga qarab o‘zgaradi. Uning 
tashkiliy tuzilishi mezoni va maqsadi deganda marketingning tarkibiy 


59 
tuzilishining dinamik barqarorligi, evolyutsiya o‘zgarishlari va tashqi muhit 
bilan o‘zaro ta’siri tushuniladi. Bu maqsad marketing faoliyat ko‘rsatayotgan 
sohalarda belgilangan darajadagi foyda olishga yo‘naltirilgan barcha 
faoliyatni boshqarishdir. 
Marketingni boshqarish jarayoni bosqichlari to‘rt bosqichdan iborat: 
 
bozor imkoniyalari tahlili; 
 
maqsadli bozorni tanlash; 
 
marketing kompleksini ishlab chiqish; 
 
marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etish. 
Bozor imkoniyatlari tahlilida marketing tadqiqotlari marketing 
axboroti, marketing muhiti, bozorning tuzilishi, ulgurji va chakana savdo 
holati tahlili olib boriladi.
Maqsadli bozorni tanlashda esa: 
- talab hajmi o‘lchovi, 
- bozorni segmentlash jarayonlari ko‘rib chiqiladi. 
Marketing kompleksini ishlab chiqishda esa tovar ishlab chiqarish, 
ishlab chiqarilgan tovarga narx o‘rnatish, tovarlarni tarqatish usullari va 
sotishni rag‘batlantirish, ishlab chiqarishning kommunikativ siyosati ustida 
ishlar olib boriladi. 
Keyingi bosqichda esa rejalashtirish tizimi, shuningdek, strategik va 
taktik rejalashtirish jarayoni va marketing faoliyatinngi nazorat turlari, 
korxonaning tashkiliy tizimi kabilar to‘liq yoritib beriladi. 
Marketing muhiti deganda firma korxona yoki uning yuqori tashkilotlar 
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy va huquqiy omillar 
majmui tushuniladi, marketing ichki va tashqi muhitlar farqlanadi. 
Ichki muhitni shakllantiruvchi omillar, firma rahbariyati tomonidan 
nazorat qilinadigan - texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilishi, 
bozorni tanlash va boshqalar bilan bog‘liqdir. Nazorat qilinadigan omillarni 
tashkilot va uning marketing xizmati boshqaradi. Ana shu omillardan 
marketing xizmati tomonidan nazorat qilinmaydiganlaridan ayrimlarini oliy 
rahbariyat boshqaradi. 
Quyidagi rasmda marketing tomonidan nazorat qilinadigan ichki omillar 
keltirilmoqda (4.5- rasm).
Nazorat: 
kundalik; 
vaqti-vaqti bilan 
Maqsadli bozorni
tanlash (segmentni): 
hajmi bo‘yicha; 
tavsifnomalari bo‘yicha 
Firma


60 

Download 1,15 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Marketingni boshqarish jarayoni, tashqi va ichki sohasi va

Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish