165
Korporativ reklama - aniq bir tovar markasiga emas, balki to‘liq
tovarlar assortimentiga ehtiyoj yaratuvchi reklama.
Makromuhit - firmaning marketing muhiti tarkibiy qismi, ijtimoiy
jihatdan mikromuhitga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchlarga qaraganda keng
ifodalanuvchi omillar, masalan, demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnik, siyosiy
va madaniy omillar.
Maqsadli bozor - u yoki bu mahsulotni sotish bozorini tadqiq etish
natijasida
tanlangan,
marketing
xarajatlarining
minimalligi
bilan
tavsiflanuvchi va firma faoliyati natijalarining asosiy ulushini (qismini)
ta’minlovchi bozor.
Marketing axborot tizimi (MAT) - 1) marketing tadbirlarini
rejalashtirish, hayotga tatbiq tatbiq nazorat maqsadida aniq, dolzarb
ma’lumotlarni o‘z vaqtida to‘plash, tasniflash, tahlil qilish, baholash va
undan marketing sohasida foydalanish maqsadida tarqatish uchun
mo‘ljallangan metodik usullar, asbob-uskunalar va odamlarning muntazam
faoliyat ko‘rsatuvchi o‘zaro aloqalar tizimi; 2) marketing sohasida qarorlarni
ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida foydalaniluvchi ma’lumotlarni
to‘plash, tahlil qilish va yetkazish usullari, asbob-uskunalar va xodimlar
majmui.