• Reklama auditoriyasi
  • Servis (xizmat ko ‘rsatish)
  • Raqobatchilik muhiti diagnostikasi




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/105
    Sana24.11.2023
    Hajmi1,15 Mb.
    #104756
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   105
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-MARKETING

    Raqobatchilik muhiti diagnostikasi - marketing tadqiqotining 
    raqobatchilar xatti-harakatlarining ichki motivlari haqida to‘liq va aniq 
    tasavvurni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan o‘ziga xos mustaqil bosqichi. 
    Regional marketing - 1) regionda marketing faoliyatini tashkil etish; 
    2) regionning mahalliy, milliy va xalqaro investorlarga ko‘rsatiluvchi xizmat 
    va tovarlar marketingi; 3) regionning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni 
    boshqarish tizimidagi marketing. 
    Reklama -1) g‘oya, tovar va xizmatlarni ma’lum xomiy nomidan 
    taqdim tatbiq taklif qilishning shaxsiy bo‘lmagan pulli shakli; 2) tovar va 
    xizmatlar sifatini xaridorlarning talab va ehtiyojlari tiliga o‘girishga 
    intiluvchi kommunikatsiya shakli. 
    Reklama auditoriyasi - muayyan axborot manbalari orqali e’lon 
    qilingan reklama xabarlarini eshitishi, qurishi va o‘qishi mumkin bo‘lgan 
    barcha shaxslar. 
    Reklama samaradorligi - reklama vositalarining ishlab chiqaruvchi 
    yoki vositachilari manfaatlari yo‘lida iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatish 
    darajasi. Reklama murojaatidan oldin va keyin aniqlanadi. Reklamaning 
    savdo natijalariga ko‘rsatuvchi ta’sirini aniqlash (iqtisodiy samaradorlik) 
    reklama xarajatlarini avvalgi faoliyat natijalari bo‘yicha tovar sotish hajmiga 


    171 
    nisbati yordamida aniqlanadi. Bu usulning aniqligi yuqori emas, chunki savdo 
    natijalariga reklamadan tashqari boshqa ko‘plab omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. 
    Servis (xizmat ko ‘rsatish) - korxona marketing faoliyatining 
    mashinalar, asbob-uskunalar va transport vositalarini sotish va ekspluataцiya 
    qilishni ta’minlovchi bo‘limi, quyi tizimi. 
    Sifat - tovarning muayyan iste’molchilar ehtiyojini qondirish 
    qobiliyatini belgilab beruvchi, qo‘yilgan talablarga mos keluvchi 
    xususiyatlari 
    majmui. 
    Oldi-sotdi 
    shartnomalarida 
    tomonlar 
    sifat 
    ko‘rsatkichlari, uni tekshirish tartibi, tovar sifatining belgilangan talablarga 
    mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish tartibi kelishib olinadi
    zarur hollarda tovarni sifati bo ‘yicha qabul qilish va topshirish shartlari, 
    shuningdek tovar sifati yoki uni saqlash muddati bo‘yicha kafolatlar belgilab 
    qo‘yiladi.

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   105




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish