|
• Основные стратегические варианты Pdf ko'rish
|
bet | 100/105 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #104756 |
Bog'liq portal.guldu.uz-MARKETINGTovar variatsiyasi - ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo‘lgan
tovarni uning ayrim xususiyatlari yoki ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish yo‘li
bilan modifikaцiyalash. Tovarning tabiiy (materiali, sifati), estetik (dizayni,
rangi, shakli), simvolik (tovar markasining nomi) xususiyatlari va firmaning
bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlari o‘zgartirilishi
mumkin. Tovar sifatini yaxshilash, uning foydaliligini oshirish, shakli va
stilini yaxshilash strategiyasi tovar modifikaцiyasining muhim strategiyasi
bo‘lishi mumkin.
Tovar innovatsiyasi - 1) mahsulotni takomillashtirishning original,
sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulot ishlab chiqarish bilan
bog‘liq bo‘lgan uzluksiz jarayoni. Tovarning hayotiylik davri uzunligini va
korxonaning rentabelligini ta’minlovchi chora-tadbirlar ichida alohida
o‘ringa ega. O‘z ichiga mahsulotni differensiyalash va diversifikatsiyalashni
kiritadi; 2) bozorga yangi mahsulotni yoki mahsulotlar guruhini olib kirish.
Tovar siyosati - tadbirkorlik maqsadlarini belgilash va ularga
erishishga yo‘naltirilgan tadbir va strategiyalar majmui, yangi tovar yoki
tovarlar guruhini bozorga olib kirish (innovatsiya), bozorda mavjud bo‘lgan
tovarlarni zamonaviylashtirish (variatsiya) yoki ishlab chiqarish dasturidan
tovar ishlab chiqarishni chiqarib tashlash (eliminatsiya), shuningdek,
assortiment siyosatidan iborat.
Tovar strategiyalari - 1) tovar siyosatining korxonaga tovar hayotiylik
davrining istalgan bosqichida foyda olish va savdo hajmining barqaror
bo‘lishini ta’minlashi mumkin bo‘lgan asosiy prinsipial yo‘nalishlari. Tovar
strategiyasining asosiy turlari: tovar yoki xizmatlar innovatsiyasi, variatsiyasi,
eliminatsiyasi; 2) tovar nomenklaturasini optimallashtirish yo‘nalishlarini
ishlab chiqish hamda firmaning samarali faoliyat ko‘rsatishi va
raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sharoitlar yaratuvchi tovarlar
assortimentini aniqlash.
|
| |