• O‘rov (upakovka)
  • Prognozlash (bashorat qilish) usuli
  • Narx hosil bo‘lishi usullari




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/105
    Sana24.11.2023
    Hajmi1,15 Mb.
    #104756
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-MARKETING

    Narx hosil bo‘lishi usullari - mahsulot va xizmatlar narxini 
    shakllantirishda qo‘llanuvchi usullar. Xarajatlarga asoslangan, xaridorlar 
    liniyasiga asoslangan va raqobatchilar narxiga asoslangan turlari mavjud. 
    Narx siyosati - narxni va narx hosil bo‘lishini boshqarish tadbir va 
    strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va bozor 
    konyunkturasiga mos keluvchi, xaridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan 
    foydani keltiruvchi narx belgilash san’ati. 


    170 
    O‘rov (upakovka) - 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish, 
    material. Tovar ishlab chiqarilgandan so‘ng uning xususiyatlarini saqlash 
    hamda yukni tashishda qulaylik yaratish uchun mo‘ljallanadi; 2) muhim 
    reklama manbai. 
    Press-reliz - gazeta va jurnallar, tele va radio redakцiyalari ularni 
    qiziqtirayotgan ma’lumotlarni olishi mumkin bo‘lgan byullenten, pablik 
    rileyshnz vositasi. 
    Prognozlash (bashorat qilish) usuli - o‘rganilayotgan obyektning 
    utmishdagi va hozirgi ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan ilmiy 
    asoslangan oldindan ko‘ra bilish. Turli xil tarkibiy qismlarni prognozlashga 
    asoslangan qisqa muddatli (1,5) yilgacha, o‘rta muddatli (5 yil) va uzoq 
    muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud. Taqdim etish shakliga ko‘ra, 
    miqdoriy va sifat prognozlariga, tadqiqot obyektlarini qamrab olish bo‘yicha 
    umumiy va qisman prognozlashga taqsimlanadi. 
    Raqobat - 1) alohida shaxslar o‘rtasida har biri o‘zi uchun shaxsan 
    erishishni maqsad qilgan bitta yo‘nalishdagi, xususan tadbirkorlar o‘rtasida 
    kattaroq foyda olish, savdo bozori, xomashyo manbalari uchun kurash; 2) 
    moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, sotish va iste’mol qilish jarayonida 
    bozor tizimi subyektlarining kommunikatsiyasi, kurashi, o‘zaro aloqalari 
    iqtisodiy jarayoni; 3) bozor munosabatlarining tartibga soluvchisi, FTT va 
    jamoatchilik ishlab chiqarishining samaradorligini kuchaytirish stimulyatori. 

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish