|
Marketing-miks (marketing majmuasi)Bog'liq portal.guldu.uz-MARKETINGMarketing-miks (marketing majmuasi) - 1) marketing tuzilishi;
marketing tizimining tarkibiy qismlari, elementlari; marketing tarkib topuvchi
jarayonlar; 2) marketing xarajatlari tuzilishi; 3) marketing resepti; tovar yoki
xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish chora-
tadbirlarining majmuaviy dasturi.
Marketingni rejalashtirish - marketing rejasini tuzish, tovarlarni sotish
hajmining o‘sishi va firma foydasini maksimallashtirishga qaratilgan
marketing strategiyasi tanlash bilan bog‘liq jarayon.
Marketingning tashkiliy tuzilmalari - menejmentning asosiy
tamoyillari - markazlashtirish, deцentralizaцiya va moslashuvchanlikni
modifikaцiya qilishga asoslangan marketing xizmati asosiy bo‘linmalarining
o‘zaro harakatlari sxemasi turlari. Funksional, mahsulot, bozor va matriцa
strukturalari va ularning modifikaцiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Mikromuhit - firma marketing muhitining tarkibiy qismi, bevosita
firmaning o‘ziga va uning mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga
munosabatlariga taalluqli kuchlar, ya’ni ta’minotchilar, marketing
vositachilari, mijozlar, raqobatchilar bilan ifodalanadi.
Motivaцiya - 1) ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha qaror qabul qilishda
individuumlar harakatini faolashtirish maqsadida ularning motivlarini
kuchaytirish jarayoni; 2) xaridorning xarid qilish qarorini qabul qilish
jarayonida uning faolliga ta’sir ko‘rsatuvchi majburlovchi harakatlar.
Multimedia-texnologiyalar - 1)reklama faoliyatini rejalashtirish,
tashkil tatbiq boshqarish jarayonida foydalaniluvchi zamonaviy audio-, tele-,
vizual va virtual kommunikatsiya vositalari majmui; 2) marketingni
boshqarish tizimini tashkil etish tizimiga kiritiluvchi tovar va xizmatlarni
harakatlantirish usul va vositalari.
Narx - 1) qiymatning pul ko‘rinishida aks ettirilishi, iste’molchilar
tovarga ega bo‘lish uchun to‘lashlari lozim bo‘lgan pul miqdori. Firma
belgilagan narx qabul qilinuvchi taklifning qiymatiga mos kelishi lozim; 2)
marketing-majmuasi, marketing-miksning samarali vositasi.
|
| |