|
• Основные стратегические варианты Pdf ko'rish
|
bet | 101/105 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #104756 |
Bog'liq portal.guldu.uz-MARKETINGTovarni
bozorda
joylashtirish
-
tovarlarning
bozordagi
raqobatbardoshligini ta’minlash va mos keluvchi marketing majmuasini
ishlab chiqish uchun amalga oshiriluvchi harakatlar.
Tovarning hayotiylik davri - tovar rivojlanishining uni ishlab
chiqishdan to bozorga olib kirishgacha bo‘lgan asosiy bosqichlarini aks
ettiruvchi ma’lum bir vaqt davri (sikli); sotuvchining har bir bosqichda
oluvchi foyda miqdori unga bog‘liq bo‘ladi. Tovarni sotish va foyda olish
jarayonida besh bosqich ajratib ko‘rsatiladi: tovarni ishlab chiqish
(bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish) bosqichi, tovarni
sotish hajmining o‘sish bosqichi, yetuklik (to‘yinganlik) bosqichi, tovarning
susayish bosqichi yoki tovar eliminaцiyasi.
Tovarning raqobatbardoshligi - 1) aniq ehtiyojni qondirishda
bozordagi raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta’minlovchi tovarning
sifat va narx tavsifnomalari majmui; 2) tovarning raqobatchi tovarlar
bozorida birinchi bo‘lib xarid qilish qobiliyati; 3) tovarni iste’mol qilish
(foydalanish) samarasining uni sotib olish va ekspluatatsiya qilishga
sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi) nisbati; 4) korxonaning milliy va
jahon tovar bozorlariga chiqishi maqsadga muvofiqligining muhim
ko‘rsatkichi.
Firmaning marketing muhiti - firmadan tashqarida faoliyat
ko‘rsatuvchi hamda marketing xizmati rahbariyatining maqsadli mijozlar
(hamkorlar) bilan muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlari o‘rnatish
imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan kuchlar va faol subyektlar
majmui. Marketing tizimi makro va mikromuhitdan tarkib topadi.
Elektron tijorat - elektron aloqa vositalari yordamida tovar va
xizmatlarni sotish, reklama va marketing tizimi.
Eliminatsiya - mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish
dasturidan chiqarib tashlash; tovar ishlab chiqarishni to‘xtatish; tovarni
bozordan raqobatbardoshligi va talabni yo‘qotganligi sababli olib chiqish.
Mahsulotni eliminaцiya qilish zarurligini tekshirish uchun savdo hajmi,
bozordagi ulushi, hayotiylik davridagi o‘rni, firmaning jami aylanmasidagi
ulushi, rentabelligi, kapital aylanishi va boshqa ko‘rsatkichlar qo‘llanadi.
|
| |