• 1. Iqlim o ‘ zgarishi bo ‘ yicha moliyalashtirish.
  • Milliy axborotnoma




    Download 0.99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/10
    Sana22.03.2024
    Hajmi0.99 Mb.
    #175316
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    MILLIY AXBOROTNOMA
    Hisob varaqasi, 119f9efc-c127-4188-8f10-9e62fe0d1118, 100505, Malumot


    Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha moliyalashtirish, salohiyatni oshirish va 
    xalqaro hamjamiyatning texnologiyalarni uzatish to‘g‘risidagi
    MILLIY AXBOROTNOMA 
    Toshkent 2023 


    1. Iqlim o

    zgarishi bo

    yicha moliyalashtirish. 
    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) o‘zining 
    "O‘zbekiston Respublikasida barqaror rivojlanishni moliyalashtirish" loyihasi orqali 
    O‘zbekiston Hukumatiga milliy rivojlanish rejalari/strategiyalari va barqaror 
    rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirish uchun Integratsiyalashgan milliy 
    moliyalashtirish tuzilmaviy asosini yaratishda ko‘mak bermoqda. BMTTD loyihasi 
    rivojlanishni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan davlat va xususiy resurslarni 
    safarbar qilishga yordam berishga qaratilgan bo‘lib, u strategiyalar/islohotlarning
    2030-yilgacha bo‘lgan kun tartibining iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy o‘lchovlariga 
    ta’sirini maksimal darajada oshirishga yordam berish uchun talab qilinayotgan strategik 
    tadqiqotlar va salohiyatni oshirishni ta’minlaydi. 
    Loyihaning asosiy tadbirlaridan biri davlat budjetini shakllantirish jarayonining 
    BRMlarni samarali tarzda amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashini ta’minlashdan 
    iboratdir. Ushbu faoliyat, resurslar mos ravishda yo‘naltirilmagan taqdirda milliy 
    strategiyalar, siyosat va dasturlarda BRMlarni aks ettirish o‘z-o‘zidan natija 
    bermasligini tan oladi. Shu tufayli Hukumatga milliy BRMlarni budjet jarayoniga 
    samarali kiritishda yordam berish muhimdir. 
    BMTTD ko‘magida O‘zbekiston iqlim budjetini markirovkalash (IBM) modelini 
    ishlab chiqish va joriy qilish jarayonidan o‘tmoqda (13-BRM bilan bog‘liq). IBM 
    rejalashtirilgan yoki ijro qilingan budjetning alohida moddalarini iqlim uchun 
    dolzarbligiga qarab "belgilashni" va keyin natijalarni nashr qilishni o‘z ichiga oladi. 
    IBMdan strategiya ishlab chiquvchilarni o‘zlarining budjetlashtirish qarorlarida iqlim 
    o‘zgarishi masalalarini ko‘proq hisobga olishga undashi; iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 
    strategiyalarni amalga oshirishdagi o‘sishni kuzatishga yordam berishi; Hukumatning 
    iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq faoliyati bo‘yicha manfaatdor tomonlar bilan aloqalarni 
    yaxshilashi kutilmoqda. Vaqt o‘tishi bilan bu afzalliklar mamlakatga iqlim sohasidagi 
    moliyalashtirish uchun qo‘shimcha resurslardan foydalanish va samarali dasturlash 
    imkonini beradi. 
    IBM modelining dastlabki natijalari 2023 yil uchun bo‘lgan Fuqarolar uchun 
    budjetda yaqin orada chop qilinadi. Bu natijalar O‘zbekistonda yaqinda o‘tkazilgan 
    Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq davlat xarajatlari va institutsional tahlil (CPEIR) 
    natijalariga mos keladi. 1-jadvalda CPEIR tahlili natijalari ko‘rsatilgan bo‘lib, 
    O‘zbekiston Davlat budjetining qariyb 11 foizi iqlim o‘zgarishi natijalarini qo‘llab-
    quvvatlashga mo‘ljallanganligini, ularning katta qismi iqlim o‘zgarishiga moslashish 
    bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, tahlil natijasida Davlat budjetining 0,5 
    foizidan kam bo‘lgan, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq faoliyat natijalariga zarar 


    yetkazuvchi ("salbiy" xarajatlar) xarajatlari ham aniqlangan. 

    Download 0.99 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.99 Mb.
    Pdf ko'rish