|
“ Talqin va tadqiqotlar ” ilmiy-uslubiy jurnaliBog'liq multimediali-web-ilova-ishlab-chiqish-texnologiyasi“
Talqin va tadqiqotlar
”
ilmiy-uslubiy jurnali
№15
12
Multimediali mahsulot yaratish uchun ko‘plab texnik instrumentlar mavjud.
Yaratuvchi gipermatn sahifalarini yaratishda ishlatiladigan dasturni tanlab olishi
kerak. To‘liq funksional multimedia dasturlarini yaratishga imkon beruvchi bir qator
kuchli multimedia yaratish vositalari mavjud. Macromedia Director, Macromedia
Flash yoki Authoware Professional kabi paketlar yuqori darajadagi professonal va
qimmat vositalar hisoblanadi, shu bilan birga FrontPage, mPower 4. 0, HyperStudio
4. 0 va Web Workshop Pro ularning oddiyroq va arzonroq analoglari hisoblanadi.
PowerPoint va matn muharrirlari (masalan, Word) kabilardan ham chiziqli va
chiziqsiz multimediali resurslar yaratishda foydalanish mumkin. Borland Delphi ham
multimediali ilovalar ishlab chiqish vositasi hisoblanadi. Sanab o‘tilgan vositalar
oson o‘qish va tushunish mumkin bo‘lgan to‘liq hujjatlar bilan ta'minlangan. Albatta,
yana ko‘plab boshqa ishlab chiqish vositalari borki, sanalganlar o‘rniga ulardan
foydalanib ham bir xil natijaga erishish mumkin.
Hozirgi kunda multimedia ilovalari yaratish texnologiyalarini o‘rgatuvchi
avtomatlashtirilgan tizimlar juda kam, ularni topishning iloji ham yo‘q. Ushbu
mavzuda darslar, kitoblar va maqolalar to‘plamiga ega bo‘lgan Internet tarmog‘i
sahifalari ham shunday tizimlarga o‘xshaydi. Bunday saytlarning asosiy qismi
“Multimedia elementlari yaratish uchun flash darslari” yoki Macromedia Directorda
multimedia yaratish” mavzulariga yo‘naltirilgan.
Multimedia taqdimoti turlari interfaol multimedia taqdimoti –iyerarxik tamoyil
asosida tizimlangan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan
shartmultimedia komponentlari majmui hisoblanadi.
Foydalanish maqsadidan kelib chiqib, interfaol taqdimotlar shartli ravishda
quyidagi turlarga bo‘linadi:
korparativ multimediali taqdimot;
multimediali katalog;
mahsulot taqdimoti;
o‘rgatuvchi yoki test dasturi;
erkin foydalanishga ruxsat berilgan kompyuterlar uchun multimedia qobig‘i;
elektron nashr yoki multimediali kitob.
Chiziqli multimedia taqdimoti –murakkab grafika, videoqo‘yilma, ovoz jo‘rligi
taminlangan va navigatsiya tizimiga ega bo‘lmagan harakatli rolik.
Chiziqli taqdimotlar mo‘jallanishiga ko‘ra shartli ravishda quyidagi shakllarga
bo‘linadi:
Stend shaklidagi multimedia taqdimoti;
Elektron doklad yoki jo‘rlikdagi taqdimoti;
Sales-taqdimot;
Promo rolik;
Intro rolik;
|
| |