“
Talqin va tadqiqotlar
”
ilmiy-uslubiy jurnali
№15
10
MULTIMEDIALI WEB ILOVA ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYASI
Bayramova Shohida Dilshodbek qizi
TATU Urganch filali 4-bosqich talabasi
shohidaubtuit@gmail. com
+998905582876
https://doi.org/10.5281/zenodo.7487312
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy maqolada multimedia web ilovalarini yaratish,
texnologiyasini o‘rganish ularni qanday yaratilishini ifodalovchi ssenariy ishlab
chiqish haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Bundan kelib chiqib, har bir multimedia web ilovasi turli tarkibiy qismlar tashkil
topgan. Multimediali web ilova interaktiv elementlarga
ega sayt hisoblanadi, ular
foydalanuvchilarga o‘zaro muloqot qilishiga imkon beradi. Maqolada multimediali
web ilova tarkibi haqida qisqacha tariflar va sayt yaratish haqida ma’lumot berilgan.
Saytda html, css, javascript, phpMyadmin dasturlash tillaridan
foydalanib elektron
darslik yaratamiz, bu sayt o‘quvchilarni masofadan turib ham dars mashg‘ulotlarini
o‘zlashtirib olishlariga yordam beradi. Saytda audio, video, rasmlar, o‘quv
qo‘llanmalardan foydalanamiz.
Kalit so‘zlar:
Multimedia, animatsiya, taqdimot, ilova yaratish, o‘yinlar, tasvir,
matn bloki,
multimediali dastur, web sayt, dasturiy ta’minot, chiziqli multimedia,
promrolik intro rolik.
Multimedia ilovalari tarkibini quyidagi qismlarga bo‘lish mumkin.
Yaratilayotgan multimedia
ilovasi uchun mavzu tanlash, ish maydonini
belgilash(masshtab va fon) kadrlar, qatlamlardan foydalanish,
turli shakllar
simvollarni yaratish, dasturlash tilida o‘zgaruvchilar kiritish va skriptlar yozish,
tovushli
fayllar bilan ishlash, matn qo‘shish, effektlar yaratish, rasmlardan
foydalanish
va import qilish, kutubxonadagi tayyor komponentlardan foydalanish,
navigatsiyani yaratish, matn razmetkasi tillari va skriptlash tillaridan foydalanish.
O‘z navbatida multimedia ilovalarini quyidagi turosti turlarga bo‘lish mumkin.
Multimedia ilovalarining turosti turlarining asosiy tushunchalari. Taqdimot:
Chiziqli taqdimot-murakkab grafika, videoqo‘yilma, ovoz jo‘rligidagi va
navigatsiya tizimiga ega bo‘lmagan dinamik ro‘lik.
Interfaol taqdimot-iyerarxik tamoyillar bo‘yicha to‘zilmaga
keltirilgan va
maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlar
to‘plami.
Animatsiya:
Kadrlar animatsiyasi-tasvirlar harakati tassurotini beradigan suratlarning
kadrlar bo‘yicha almashishi.