|
“ Talqin va tadqiqotlar ” ilmiy-uslubiy jurnaliBog'liq multimediali-web-ilova-ishlab-chiqish-texnologiyasi“
Talqin va tadqiqotlar
”
ilmiy-uslubiy jurnali
№15
13
Ekran himoya lavhalari (screen savers).
Shakillantirilgan ssenariylar bilan multimedia taqdimotlarida ularni boshqarish
bo‘yicha foydalanuvchi imkoniyatlari sezilarli darajada kengaymoqda. ”ScenePro2”
tizimi yordamida taqdimotga uyidagi funksional imkoniyatlar joriy etilmoqda:
1.
multimedia taqdimotining daraxt shaklidagi tuzilmasini shakllantirish;
2.
ssenariylarni
shakllantirish-daraxtning
har
bir
bosqichi
uchun
taqdimotning mazmuniy qismlarni ko‘rsatish ketma ketligini tanlash;
3.
namoyish etish uchun tayyor ssenariylardan foydalanish;
4.
ovoz jo‘rliklarini alohida boshqarish.
Shakllantiriladigan ssenariylar bilan multimedia taqdimotlari o‘z ichiga interfaol
va chiziqli multimedia ilovalari imkoniyatlarini birlashtirishi mumkin.
Multimedia ilovalarini ishlab chiqish bir necha bosqichda amalga oshiriladi
ulardan asosiylari quyidagilar: rejalashtirish, elementlarni ishlab chiqish, dasturiy
ta’minot, tekshirish, e’lon qilish, reklama, kuzatuv.
Ushbu bosqichlarda bajariladigan ishlarni ko‘rib chiqamiz.
Rejalashtirish.
Rejalashtirish bosqichida quyidagi savollarga javob topilishi kerak:
1. Multimedia ilovasi nimaga mo‘jallangan?
2. Multimedia ilovasi qaysi auditoriyaga yo‘naltirilgan?
3. Multimedia ilovasiga qanday ma’lumot joylashtiriladi?
Elementlarni ishlab chiqish.
Ushbu bosqichda multimedia ilovasini dasturiy mahsulot sifatida amalga
oshirish ishlari bajariladi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: navigatsiya tizimini
ishlab chiqish, taqdimot uchun WEB sayt yoki slaydlarning dizaynini ishlab chiqish,
sahifalarni to‘ldirish uchun matn va ko‘rgazmali materiallarni tayyorlash (jadvallar,
grafiklar, rasmlar va boshqalar).
Dasturiy ta’minot.
Ushbu bosqich multimedia ilovasi sahifalarini yaratishni o‘z ichiga oladi.
Tekshirish.
Multimedia ilovasini yaratishning asosiy bosqichlaridan biri uni tekshirish
hisoblanadi. Tekshirish jarayonida multimedia ilovasining to‘g‘ri ishlashi tekshiriladi,
jumladan:gipermurojaatlarning to‘g‘ri ishlashi, matn va ko‘rgazmali materiallarda
xatolarning mavjud emasligi, multimedia ilovasi sahifalari bo‘ylab navigatsiyaning
qulayligi, pochta va boshqa shakllarning to‘g‘ri ishlashi(WEB-sayt uchun), grafik
fayllarni yuklashning to‘g‘riligi (WEB-sayt uchun), saytning turli brauzerlarda to‘g‘ri
ishlashi (WEB sayt uchun).
Multimediali pedagogik master shablon nashr qilish tekshirish bosqichi
tamomlagandan keyin WEB-sayt provayder serverga joylashtirilib, internetda nashr
qilinadi va yana qaytadan tekshiruvdan o‘tkaziladi.
|
| |