• Bajardi: S. G’ulomov Qabulqildi: H. Davlatov Qarshi 2022 yil KARTOGRAFIK DIZAYN FANINING TARIXIY RIVOJLANISHI
  • " tiqxmmi" milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti




    Download 431.5 Kb.
    bet1/3
    Sana03.05.2023
    Hajmi431.5 Kb.
    #56129
      1   2   3
    Bog'liq
    Kartografik dizayn fanining tarixiy rivojlanishi
    2-amaliy mashg\'ulot, Tekis harakat - Vikipediya, Narxlashning maqsadlari va usullari, Sport and Games, transfer 23.9.2022 17 24, Mavzu osi modeli. Model darajalari. Reja osi modeli. Osi, Classroom Observation Checklist, Shirftning turlari va ularning kartalarda qo\'llanishi, Uskunaviy dasturlar, 2-laboratoriyaga topshiriq, Abdumalikov Abdurahmon, list-of-irregular-verbs-1, MADANIYAT SA`AT MUASSASALARIDA TEATRLARNING FAOLIYATI

    “ TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETINING QARSHI IRRIGATSIYA VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI


    Sirtqi bo’lim
    Yer kadastri va yerdan foydalanish fakulteti
    222-guruh talabasi G’ulomov Sarvarning
    Kartografik dizayn
    fanidan tayyorlagan



    Bajardi: S. G’ulomov
    Qabulqildi: H. Davlatov

    Qarshi 2022 yil
    KARTOGRAFIK DIZAYN FANINING TARIXIY RIVOJLANISHI

    Kartografik dizayn kartografiya fanining bir bo‘limi sifati- da ana’naviy va zamonaviy kompyuter vositalari yordamida kar- tografik asarlarni badiiy loyihalash va jihozlash nazariyasi hamda metodologiyasini ishlab chiqadi va o‘rganadi. Kartalarga dizayn berish jarayonida quyidagi bir-biriga bog‘liq vazifalar bajariladi:



    • kartografik belgilarning samarali tizimini loyihalashda, tasviriy vositalarni tanlash va baholash;

    • badiiy uslub va usullardan foydalanish (rang, tasvirning plasti- kasi va boshqalar);

    • kartografik asarlar tashqi ko‘rinishining dizaynini ishlab chi- qish;

    • kompyuter texnologiyalari grafikalaridan foydalanish.

    Ushbu vazifalarni amalga oshirish har bir kartografik asarning xususiyatidan kelib chiqish, bularga kartaning masshtabi, turi, vazifasi, xarakteri, tasvirlanayotgan hudud tasvirining o‘lchami hamda nashr texnologiyalari va poligrafiya ishlab chiqarishi ka- bilar kiradi. Karta va atlaslarni badiiy loyihalash dizaynning umumiy talablarini bajarishi zarur, ya’ni bularga kartaning maz- muni, shaklning qulayligi, iqtisodiy va yuqori darajadagi estetik sifat kiradi.
    Kartografik asarlarni jihozlash, ularning vazifalari va estetik bahosi turli xil davrlar davomida o‘zgarmagan. Ular umumiy qa- rashlarga, ya’ni kartaga fan va san’at sifatida qarashlariga mos holda o‘zgarib borgan. Jihozlash uslublari o‘zining konsepsiya- si, ilmiy va amaliy qiziqishlari bilan kartografiyaning rivojlanish davrlarida har doim o‘zining o‘rniga ega bo‘lib kelgan.
    XV—XVI asrlar kartografiyaning gullab-yashnagan davri bo‘lib, unda kartalarga fan va san’at sifatida qaralgan hamda buning natijasi o‘laroq kartalarda ko‘rkamli, hashamatli jihozlash ishlari olib borilgan. Gravirlash (o‘ymakorlik, naqsh solish) tex- nikalarining rivojlanishi evaziga kartalarning ramkalari va yozuv- lardagi nafisligi, rasmlardagi yuqori badiiyligi bilan farqlanib bor­di. O‘sha davrdagi kartalarni jihozlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan: Albrexta Dyurer, Gansa Golbeyn, Leonardo da Vinchilar kar- tografik asarlarda haqiqiy badiiy izlarini qoldirishdi. Rang-ba- rang yozuvlar, dekorativ ramkalar, badiiy rasmlar, reja asosida va perspektiv shartli belgilar tizimi kartalarning ko‘rkamligi, uning tashqi ko‘rinishining yanada jozibador bo‘lishiga asos bo‘ldi. Ba- diiy elementlar kartaning ichki qismiga, bo‘sh joylarga joylashti- rilib, uning ma’lumot berish darajasini oshirdi va umumiy kom- pozitsiyasini yaxshilashga erishildi.
    Yorqin dekorativ jihozlash ishlarida (badiiy ramkalar, sarlav- halarga beriladigan lavhalar, naqshlar) O‘rta Osiyo, hududi tas- virlangan kartalar ham mavjud. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbe- kiston egallagan hudud tarixiy kartalarda va turli mualliflarning asarlarida umumiy tarzda O‘zbek va O‘zbekiya nomlari bilan til- ga olingan. XVI—XVIII asrlarda G’arbiy Yevropa mamlakatlari va Rossiyada tayyorlangan tarixiy-siyosiy va etnik kartalar ham- da globuslarda mazkur uchta xonlik egallagan hudud O‘zbekis- ton deb e’tirof etilgan. Ana shunday kartalardan biri «Nova Maris Kaspii et Regionis Usbeck» («Kaspiy dengizi va O‘zbek mam- lakati kartasi») deb nomlanadi. Ushbu karta Pyotr I saroyida xiz- mat qilgan gollandiyalik kartograf Abraham Maas tomonidan yaratilgan hamda 1735-yilda Nyurnberg shahrida chop etilgan. Mazkur tarixiy kartada butun O‘rta Osiyo hududi, ya’ni Tur- kiston deb atalmish tabiiy-geografik mintaqaning hududi pushti rang bilan bo‘yalgan va USBEK nomi bilan qayd etilgan [Maas, 1735]. Hozirgi vaqtda 200 dan ortiq ana shunday karta va glo- buslar mavjud bo‘lib, ularda butun O‘rta Osiyo hududi Usbek (Usbec, Usbeck, Usbek), Usbekia (Usbechia, Uzbekia), O‘rta Osiyoning ayrim qismlari esa, Usbek Bucharia, Usbek Bochara; Usbek Chowaresmia, Usbek Mawaralnahra, Usbek Turkistan, Usbek Turan, Usbek Tartaria, Usbek Zagatay kabi nomlar bi­lan atalgan. Shuni ta’kidlash lozimki, barcha nomlar siyosiy bir- likning — davlat yoki mamlakatning nomlari sifatida keltirilgan.


    Download 431.5 Kb.
      1   2   3




    Download 431.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    " tiqxmmi" milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

    Download 431.5 Kb.