2.4. O‘qishga qabul shartlari. O‘qishga qabul shartlari amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladi.
3. Bitiruvchilarning kasbiy faoliyati tavsifi 3.1. Bitiruvchining kasbiy faoliyat sohasi: Elektrostansiya elektr jihozlariga, podstansiyalarga, avtomatikasi va o‘lchov
uskunalariga xizmat ko‘rsatish, taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish, sozlash va
ishlatish, elektr hisoblagichlardan foydalanish va ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish,
murakkab qurilmalarni sozlash va nuqsonlarni bartaraf qilish, har xil quvvatdagi
transformator, elektrodvigatel va apparatlarini ta’mirlash, sozlash va to‘g‘rilash,
elektr tarmoqlarida elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning
avtomatlashtirilgan tizimlari orqali boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish.
3.2. Bitiruvchining kasbiy faoliyat obyektlari: 3.2.1 Elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha elektromontyor kvalifikatsiyasi bo‘yicha:
korxonalar sexlari va maxsus majmualar;
elektrotexnika va elektronika qurilmalari;
avtomatikasi va o‘lchov uskunalari;
elektrostansiya elektr jihozlari;
texnologik obyektlar avtomatikasi va o‘lchov uskunalari;
boshqaruv panellari;
nazorat o‘lchov asboblarlari va uskunalari;
3.2.2 Elektr jihozlarni ta’mirlovchi elektromontyor kvalifikatsiyasi bo‘yicha:2 korxonalar sexlari va maxsus majmualar;
elektrotexnika va elektronika qurilmalari;
elektrostansiya elektr jihozlari;
texnologik obyektlar taqsimlash qurilmalari;
rele himoyasi va avtomatikasi;
nazorat o‘lchov asboblarlari va uskunalari;
3.2.3 Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi elektromontyor kvalifikatsiyasi bo‘yicha: korxonalar sexlari va maxsus majmualar;
5
elektrotexnika va elektronika qurilmalari;
avtomatikasi va o‘lchov uskunalari;
nazorat o‘lchov asboblarlari va uskunalari;
podstansiyalar hamda taqsimlash punktlari.