3
1. Qo‘llanilish sohasi
Mazkur malaka talabi O‘zbekiston Respublikasida “Elektr
uskunalarini
ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektromontyor” kasbi bo‘yicha
kadrlar tayyorlashning zaruriy bilimlar mazmuni va kasbiy kompetensiyasiga
qo‘yiladigan talablarni
va pirovard maqsadlarini, shuningdek ta’lim oluvchilarning
o‘quv yuklamalari hajmi va standart talablarini bajarilishi nazoratini belgilaydi.
Malaka talabi ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi
sifati va kasbiy
kompetensiyasini baholashda hamda ta’lim muassasalarini attestatsiyadan
o‘tkazishda asosiy mezon hisoblanadi. Mazkur talablarning
bajarilishi professional
ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga professional ta’limning tegishli darajasini
olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat berilishi uchun asos hisoblanadi.
Malaka talabi ta’limni boshqarish davlat organlari va ta’lim faoliyati sub’ektlari
tomonidan, idoraviy bo‘ysunuvi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, tadbiq etilishi
majburiydir.
Ushbu malaka talabi Elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash
bo‘yicha elektromontyor
(Z.039.169.0881/B-20), Elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatish
va ta’mirlash bo‘yicha
elektromontyor (Z.039.102.1630/I-22), Apparaturalar, rele
himoyasi va avtomatikani ta’mirlash bo‘yicha elektromontyor
(D01.036.169.0869/B-