|
0- amaliy ish guruh: 212-21 Tekshirdi: Chunayev Norquvvat Bajardi: Ma’rufov Jahongir Toshkent 2024 – laboratoriya ishi marshrutizatorlarda nat, pat texnologiyasini
|
bet | 1/4 | Sana | 27.07.2024 | Hajmi | 2,13 Mb. | | #268820 |
Bog'liq tarmoqamaliy3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Tarmoq xavfsizligi fanidan
10- AMALIY ISH
Guruh: 212-21
Tekshirdi: Chunayev Norquvvat
Bajardi: Ma’rufov Jahongir
Toshkent 2024
8 – LABORATORIYA ISHI
MARSHRUTIZATORLARDA NAT, PAT TEXNOLOGIYASINI
SOZLASH
Ishdan maqsad: Manzillarni translatsiya qilish (NAT) tamoyillari va vazifalarini tadqiq qilish va amaliy ko`nikmaga ega bo’lish. Topshiriq
Cisco packet tracer muhiti asosida tarmoqni tuzilishini yarating
Tamoqdag har bir R1, R2 marshrutizatorlarining interfeyslarini sozlang va tekshiring
Statik NAT bo`yicha tarmoq konfiguratsiyalarini sozlang va tekshiring
Dinamik NAT bo`yicha tarmoq konfiguratsiyalarini sozlang va tekshiring – PAT bo`yicha tarmoq konfiguratsiyalarini sozlang va tekshiring
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
NAT (Network Address Translation) - bu TCP / IP tarmoqlarida tranzit paketlarning IP-manzillarini translatsiya qilish (o’zgartirish, almashtirish) imkonini beradigan mexanizm. NAT bu TCP/IP tarmoqlarida, paketlarning IP addressini bir tarmoq segmentidan boshqa tarmoq segmentiga o'tish paytida o'zgartirish texnologiyasidir. NAT da xususiy (Private) IP manzilni ro'yxatdan o'tkazilgan ommaviy (Public) IP manzilga translatsiya qilishdan iborat. Umuman olganda, tarmoqda 2 xil ip adreslar ishlatiladi:
1.Public - ommaviy adreslar(Белый ip-аdres)
2.Private – xususiy adreslar(Серый ip-аdres)
Xususiy ip adreslar – bu lokal tarmoqda ishlatiladigan ip adreslar hisoblanadi. Deyarli barcha ishxonalarda quyidagi 3 xil diapozondagi xususiy ip adreslar ishlatiladi:
10.0.0.0/8 (10 dan boshlanadigan ip adreslar)
172.16.0.0/12 (172.16.0.0 dan 172.31.255.255 gacha)
192.168.0.0/16 (192.168.0.0 dan 192.168.255.255 gacha)
Public (ommaviy) adreslarga misol qilib quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
Nimaga bunday bo’lingan? Lokal tarmoqdagi ip adreslar marshrutizatsiyalanmaydi. Public ip adreslar marshrutizatsiyanadi. Bu degani yuqoridagi 3 ta diapozondagi ip adreslarga internet orqali boshqa joyidan turib ulanib bo’lmaydi. Public ip adreslarga ulanib bo’ladi. Shuning uchun vebserverlar, onlayn o’yin serverlari va boshqalar public ip adresga ega.
8.1-rasm. Manzillarni translatsiya qilish
NAT texnologiyasining 2 ta asosiy vazifasi mavjud:
Ichki tarmoq ip adreslarini tashqi tarmoqqa ko'rsatmaslik.
Ipv4 adreslarning yetmay qolish muammosini ma'lum darajada hal etish.
Bundan tashqari NATning bir necha nomlari bor: IP Masquerading, Network Masquerading va Native Address Translation. Translatsiya IP-manzil yoki port raqamlari bo`yicha amalga oshiriladi. Ushbu texnologiya bir tomondan, IPv4 manzillarining yetishmasligini oldini oladi hamda boshqa tomondan tarmoqning xavfsizligini oshirish imkoniyatini yaratadi.
NAT ko'pincha korporativ tarmoqdagi qurilmalar uchun, Internet tarmog’iga ulanish uchun yoki aksincha Internetdan LAN tarmoq ichidagi istalgan manbaga kirish uchun qo’llaniladi.
Manzillarni translatsiya qilishning uchta asosiy turi mavjud:
statik (Static Network Address Translation);
dinamik (Dynamic Address Translation); – PAT (NAPT, NAT Overload, PAT).
8.2-rasm. Manzillarni translatsiya qilish mexanizmi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
0- amaliy ish guruh: 212-21 Tekshirdi: Chunayev Norquvvat Bajardi: Ma’rufov Jahongir Toshkent 2024 – laboratoriya ishi marshrutizatorlarda nat, pat texnologiyasini
|