1 – Amaliy ish
Mavzu: Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini
o’rnatish
Ishdan maqsad :
Kommutator qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari,
masofadan kirishni ta’minlash usullari hamda xavfsizlik ko’rsatkichlarini sozlash
qoidalarini tadqiq qilishdan iborat.
Ushbu laboratoriya ishida 1.1 – rasmda keltirilgan tarmoq tuzilishi bo`yicha
konfiguratsiya ishlari amalga oshiriladi.
1.1 – rasm. Tadqiq qilinayotgan
tarmoq tuzilishi
1.1-jadval
Manzillash jadvali
Qurilma Interfeys
IP-manzil
Tarmoq
maska
Asosiy
shlyuz
S1
VLAN 1
192.168.1.100 255.255.255.0 192.168.1.1
PC-A
Tarmoq
adapteri
192.168.1.2
255.255.255.0 192.168.1.1
Topshiriq
1. Tarmoq qurilmasini asosiy ko‘rsatkichlarini sozlash
– Console porti orqali kommutatorning asosiy ko‘rsatkichlarini sozlang
– kompyuter uchun IP- manzilni o‘rnating.
– Telnet protokoli yordamida
masofadan kirishni sozlang
– SSH protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang
2. Tarmoq bog‘lanishni tekshiring
– qurilmaning konfiguratsiyasini ko‘rsating
– telnet yordamida uzoqdan boshqarishni testlang
– kommutatorning hozirgi konfiguratsiyasini saqlang.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Cisco IOS
qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI-
Command Line
Interface) ga kirishning bir necha yo‘llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan
usullar keltirilgan:
– Console
– Telnet yoki SSH
– Port AUX
Console port
— Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan
kirishni ta’minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol
portidan foydalanishning
afzalligi shundan iboratki, qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan
ham kirish mumkin, masalan, tarmoq qurilmasining
dastlabki konfiguratsiyasi
holatida. Boshlang‘ich konfiguratsiya bajarilganda, kompyuterning maxsus kabeli
(RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash ishlari amalga
oshiriladi.
TELNET
(terminal network) — tarmoq bo‘ylab qurilmalarga murojat qilish
uchun mo‘ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854
da yozilgan.
TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‘rtasida o‘zaro
ishlashni ta’minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‘rinishdagi
aloqada ishlatiladi.