Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‘rtasida ishlashda shifrlanmagan
xavfsiz ma’lumot ko‘rinishiga o‘xshaganday
identifikatsiya axborotlari
(foydalanuvchi nomi va paroli) ham ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar
bilan bog‘lanishda himoyani ta’minlaydi. Qurilmalarni
autentifikatsiya
(foydalanuvchi nomi va paroli) ma’lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek
qurilmalar o‘rtasidagi uzatilayotgan ma’lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP-
port 22 ni, Telnet TCP-port 23 ni ishlatadi.
AUX
-Buyruqlar satri interfeysi (CLI) seansini o‘rnatish uchun eskirgan usul
xisoblanadi, u telefondagi dial-up bog‘lanishi yordamida routerning yordamchi
portiga (AUX) ulanadi. Shu tarzda, konsol aloqasi yordamida, yordamchi usul ham
tarmoqdan tashqari ulanishni ta’minlaydi va
konfiguratsiya yoki tarmoq
xizmatlarini talab qilmaydi. Agar tarmoq xizmatlarining ishlashi buzilgan bo‘lsa,
masofadan boshqaruvchi kalit yoki routerga telefon liniyasidan kira oladi.
Kerakli resurslar:
– 1 ta kommutator (Cisco 2960 operatsion tizimi Cisco IOS 15.0(2), obraz
lanbasek9);
– 1 ta kompyuter (operatsion tizimi Windows 7, Vista yoki XP da
emulyator
terminal dasturi, Masalan: Tera Term, Patty);
– cisco IOS qurilmasini konsol porti orqali sozlash uchun console kabeli;
– ethernet kabeli.
1. Kommutatorni sozlashni tekshirish
1.1. Topologiyaga mos ravishda kabellarni ulang
a.
Topologiyaga mos ravishda konsolli ulanishni o‘rnating. Bunda
Ethernet kabelini PC-A ga ulamang (bu real qurilmaga ulanishda).
b.
Tarmoq qurilmasini sozlashda konsolli port yoki Telnet / SSH ulanish
uchun terminal (m: komp’yuter)da emulyatsiya dasturlari mavjud bo‘lishi kerak.
Ushbu dasturlardan ba’zilari quyidagilardir:
PuTTY;
Tera Term;
SecureCRT;
HyperTerminal;
Terminal OS X.
Laboratoriya ishini bajarishda topologiyani qurish va Cisco kommutatoriga
konsol kabeli bilan bog‘lanish yoki uzoqdan kirish usuli (telnet yoki SSH) orqali
kirishga ruxsat olish kerak. Kommutatorning asosiy ko‘rsatkichlarini sozlashdan
oldin kommutatorning dastlabki xolatini tekshirish kerak.
Kommutatorning bu
ko‘rsatkichlariga qurilmaning nomi,
interfeysning nomi, lokal parollar, MOTD
(qurilmaga kirishda kiruvchini ogohlantiruvchi xabar) banneri, IP manzil, statik
MAC manzilni qo‘yilganligi kiradi.