• 1. Nazariy qism
  • 1 – Amaliy mashg`ulot




    Download 55 Kb.
    bet1/2
    Sana25.04.2023
    Hajmi55 Kb.
    #53602
      1   2
    Bog'liq
    1.HTML – hujjatning strukturasi
    1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666

    1 – Amaliy mashg`ulot


    Mavzu: HTML – hujjatning strukturasi


    Ishdan maqsad: Talabalarga HTML hujjatlar bilan ishlash jarayoni haqida tushuncha berish, o`z sahifalarini yaratishni tushuntirish.


    1. Nazariy qism:

    Internetning WWW xizmati kundan-kunga rivojlanib, mukammal ma`lumotlar manbasiga aylanib bormoqda. Uning yordamida istalgan soxada, istalgan mavzuda va istalgan vaqtda ma`lumotlarni qidirib topish, ulardan foydalanish, zarur bo`lsa ulardan nusxa olish mumkin. Internetning ushbu xizmat turidan foydalanish uchun avvalo mijoz kompyuterida huddi shunday imkoniyatlarni yaratib beruvchi maxsus dastur ta`minoti bo`lishi zarur. Bunday dastur ta`minoti brauzer (Browsers) deb ataladi.


    Eng birinchi brauzer CERN (Evropa Fizika Tadqiqotlari Markazi) hodimi Tim Berner tomonidan kashf qilingan. AQSHning NSCA (Milliy Super Hisoblash Markazi) hodimi Mark Andrisson va bir nechta talabalar tomonidan ishlab chiqilgan Mosaic brauzeri esa grafik ma`lumotlarni ekranda aks ettira oluvchi birinchi brauzer bo`lgan.
    Brauzer inglizcha so`z bo`lib, ko`rinishni ta`minlash, ko`rsatish ma`nosini anglatadi.
    Dunyoda eng ko`p foydalaniladigan brauzerlar Netscape Communication Navigator va Internet Explorer lar hisoblanadi.
    Bugungi kunda Netscape hamda Internet Explorer dan tashqari yana ko`plab Opera, FMSD Friada, MSICE, Web celerator, AtGuard, AdWiper kabi brauzerlar mavjuddir. Brauzerlarga qo`yiladigan asosiiy talablardan biri, bu internetning WWW xizmatidagi ma`lumotlar joylashgan web sahifalarini qaysi texnologiya yordamida ishlashidan, hamda qaysi dasturlash tilida yozilganidan qat`iy nazar, undan to`liq foydalanish imkoniyatlarini yaratib berishdir. Bu talabga hamma baruzerlar ham javob bera olmaydi. Bunga misol qilib Netscape Communicator ning Microsoft kompaniyasining VisualBasic Script tili qo`llanilgan web sahifalarni ekranda aks ettira olmasligini keltirish mumkin.
    Internet Explorer brauzeri esa ixtiyoriy web sahifani hech qanday muammolarsiz ko`rish va undan to`liq foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. Opera brauzerining muhlislari esa uni juda ixcham hajmda ekanligi uchun yaxshi ko`rishadi. Chunki bu brauzer kompyuter tashqi hotirasidan atigi 2 Mb gina joyni egallaydi holos. Uning juda ham tezkor ishlashi va ko`plab Netscape ishlaydigan PlugIn lar Macromedia Flash, Acrobat Reader, Cosmo Player larni o`zida aks ettira olishi unga bo`lgan qiziqishga sabab bo`lmoqda.
    Shaxsiy elektron hisoblash mashinalarida formatlashtirilgan elektron hujjat WYSIWYG (What You See Is What You Get) «Nimani ko`rayotgan bo`lsang, o`shani olasan» printsipida ishlaydigan matn tahrirlagichlar yordamida yaratiladi. Masalan MS Word, Lexicon, AmiPro kabilar yordamida.
    Bunday dasturlar yordamida biz elektron hujjatni xohlagan shriftda, o`lchamda, chap yoki o`ng tomondan tekislagan holda yaratishimiz mumkin. Ammo biz ushbu elektron hujjatni internet yordamida e`lon qila olmaymiz. Sababi, uni o`qimoqchi bo`lgan boshqa bir internet mijozining shaxsiy kom`yuterida biz foydalangan matn tahrirlagich dasturi yoki shriftlar o`rnatilmagan bo`lishi mumkin. Buni oldindan aytib bo`lmaydi. Undan tashqari ushbu matnni ochishga mo`ljallangan «oyna»ning o`lchamlari xaqida hech qanday ma`lumotlarga ega emasmiz. SHuning uchun ham SHEXMlarda foydalaniladigan matn tahrirlagichlar va ularning «format»lash usullaridan internetda foydalanib bo`lmaydi.
    Bunday noqulayliklarning oldini olish maqsadida yangi HTML (Hyper Text Markup Language) «gipermatnlarni belgilash tili» protokoli, standarti yaratildi. Bu standart bir qancha maxsus operatorlar majmuasidan iborat bo`lgan HTML dasturlashtirish tili bo`lib, uning yordamida elektron hujjatlarni internetda bevosita e`lon qilish mumkin.
    Protokol – bu kompyuterlar orasidagi aloqa o`rnatilishida, ma`lumotlarni qabul qilishi va uzatishda foydalaniladigan signallar standartidir. Ya`ni, kompyuterlar protokol yordamida bir-biri bilan bog`lanadi. Protokol to`g`ri bo`lsagina, kompyuterlar o`rtasida aloqa o`rnatiladi. Bu kompyuterlarning bog`lanish tartibi yoki standartidir.
    HTTP (Hyper Text Transfer Protocol) esa gipermatnlarni uzatish protokoli bo`lib, u tarmoq protokollari ichida eng sodda va qulay protokollardan hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi «giperbog`lanish»dan hosil bo`lgan URL manzilli elektron hujjatlarni o`qishga oid so`rov (zapros)ni serverga jo`natish (huddi shu vaqtda so`ralayottgan hujjat joylashgan server bilan aloqa o`rnatiladi) va so`ralayotgan hujjat olib bo`lingandan so`ng server bilan aloqani uzishdan iborat.
    HTML formatida tayyorlangan elektron hujjat HTML hujjat, web hujjat yoki web sahifa deb ataladi. Agar elektron hujjatni tayyorlash xaqida gap borsa, u holda hujjat HTML hujjat deb ataladi, ushbu elektron hujjatni internetda e`lon qilish yoki tarqatish xaqida gap borsa, u holda bunday elektron hujjat web sahifa deyiladi.
    HTML hujjatlari ASCII formatida yozilganligi uchun ularni har qanday matn muharririda yaratish va tahrirlash mumkin. HTML tili <...> ochiluvchi va <...> yopiluvchi harakatga mos keluvchi buyruq teglar to`plamidan iborat. Bu hujjatning biror bir elementini yaratish buyruqlari bo`lishi mumkin. Masalan, jadval tashkil etish yoki tasvir hosil qilish.
    Teglar orasiga olingan matn brauzer yordamida ekranda hosil qilinayotgan vaqtda joriy teg uchun xos bo`lgan qoidaga bo`ysunadi (masalan o`lchov yoki rang). Ba`zi bir teglardan berkitish talab qilinmaydi va o`z harakatini analog ochiluvchi buyruq hosil bo`lishi bilan yakunlaydi (masalan, ro`yxatdagi satr, ro`yxatning keyingi satrini yaratuvchi buyruq berilgan joyda uziladi).
    Ortiqcha yopuvchi teglar sizni mehnatingizni buzmaydi.
    Umuman olganda brauzerlar o`ziga notanish bo`lgan buyruqlarni bajarmay o`tadi. Shuning uchun barcha ochiq teglarni yopib qo`yish tavsiya etiladi. Bu sizning hujjatingizni o`qishni engillashtiradi.
    HTML formatda biror bir hujjat yaratish uchun ushbu til haqida tushuncha bo`lishi lozim. Ushbu tilda teglar (tag)bilan ish ko`riladi. Ushbu teglar o`ziga xos operatorlar bo`lib, ular orqali biror bir element yoki operatsiya bajariladi. Teglarni ba`zilarini ko`rib o`tsak. HTML hujjat yaratilayotganda unda yozilishi zarur bo`lgan dastlabki yozuv bu uning qaysi tilda yozilganini aniqlovchi operator hisoblanadi. Bizga HTML tilida yozilgani bilinib turishi uchun dastlabki tegni yozamiz:
    jumla
    Bu erda operator bo`lib, u shu tilda yozilgan hujjat ekanini beradi. Bu kabi teglar ochilgandan so`ng uni albatta yopish zarur bo`ladi. / belgi bilan teglar yopilgan hisoblanadi.
    Teglar qanday dasturlarda yoziladi? Teglarni matn tahrirlovchi istalgan dasturda yozish mumkin. Jumladan: Bloknot(Notepad), Far Manager, Total Commander, Microsoft Word, maxsus professional turdagi dasturlarga esa quyidagilarni sanab o`tish mumkin: Macromtdia Dreamweaver, CoffeeCup HTML Editor, Microsoft FrontPage, PHP Master, va zamonaviy vizual dasturlash tillari kirishi mumkin. Zamonaviy vizual dasturlash tillariga misol qilib esa Microsoft Visual Studio, Microsoft Visual Studio.NET, Borland Delphim Borland C++ Builder kabilar. Bu dasturlash tillarida ham web hujjatlar yaratish imkoniyati yaratilgan.
    Biz faqat oddiy Bloknotda yaratishni ko`rib o`tamiz. Buning uchun bloknotga yangi varaq ochamiz. Unga yuqoridagi dastlabki tegni yozamiz. Jumlani o`rniga istalgan matnni yozgan holda uni saqlaymiz. Saqlashda uni formatini, ya`ni kengaytmasini matnli fayl ko`rinishida emas, ya`ni *.txt *.html.
    Demak dastlabki web-sahifamiz tayyor bo`ldi. Uni ko`rish uchun faylni biror bir brauzer yordamida ochamiz. Natija oq sahifada biz jumlani o`rniga yozgan matnlarimiz paydo bo`lishi bilan tasvirlanadi. Demak, oddiy ko`rinishdagi dastlabki sahifa paydo bo`libdi. Uni mukammallashtirish uchun keyingi tegni ko`rib o`tamiz.

    Download 55 Kb.
      1   2




    Download 55 Kb.