1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Darsning texnologik xaritasi




Download 1,92 Mb.
bet154/208
Sana23.07.2021
Hajmi1,92 Mb.
#15865
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   208
III. Yangi mavzu bayoni.

Ko'pincha ma'lum amallar majmuini dasturning turli qismida takrorlashga to'g'ri keladi. Paskalda ko'p takrorlanadigan amallar majmuini asosiy dasturdan ajratib olib, ulardan alohida bloklar — protsedura va funksiyalar tashkil qilish mumkin. Har bir shunday tashkil etilgan protsedura va funksiyaga albatta nom beriladi. Kerakli protsedura yoki funksiyaga uning nomi orqali murojaat etiladi. Protsedura va funksiyalardan oqilona foydalanib tuzilgan dastur, odatda, sodda va tushunarli bo'ladi.

Protseduralar ham, funksiyalar ham ma'lum amallar majmuidan iborat bo'lsa, ular bir biridan nimasi bilan farq qiladi?

Funksiyalar, umuman olganda, biror bir qiymatni hisoblashga mo'ljallab tuziladi. Pirovard natijada hisoblangan qiymat funksiya nomiga o'zlashtiriladi.

Protseduralar esa ma'lum bir amallar ketma-ketligini bajarish maqsadida tuziladi. Bunda biror natijaviy qiymat hisoblanishi emas, balki berilgan amallar ketma-ketligi bajarilishining o'zi ahamiyatga ega.

Masalan, dasturda tomonlari berilgan uchburchak yuzini bir necha marta hisoblash kerak bo'lsa, funksiyadan foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki bunda har safar birgina qiymatni — uchburchakning yuzi hisoblanadi. Agar uchlarining berilgan tomonlari bo'yicha ekranda bir nechta uchburchak chizish talab etilgan bo'lsa, tabiiyki, birgina qiymatni hisoblashga mo'ljallangan funksiya emas, balki, ekranda uchburchak chizish jarayonini tashkil etuvchi protsedura tuzish lozim.

Protsedura va funksiyalarni ularga murojaat etishda beriladigan ma'lum bir qiymatlarga bog'liq qilib tashkil etish ham mumkin. Bu qiymatlar parametrlar, shu tarzda tashkil etilgan protsedura va funksiyalar esa parametrli protsedura va funksiyalar deyiladi.

Protsedura va funksiyalar sarlavha bilan boshlanadi. Protsedura sarlavhasi quyidagi umumiy ko'rishga ega:

Procedure
(parametrlar);

Funksiya sarlavhasi quyidagi umumiy ko'rinishga ega:

Function (parametrlar) : ;

Parametrli protsedura va funksiyalarda parametrlarning turlari ham tavsiflanadi. Masalan,

Function daraja (a, n : Integer):Integer; yoki Procedure shifr(satr: String);

Protseduraning umumiy tuzilisbi:

Procedure
(parametrlar);

Label


; Const

; Var

Co'zgaruvchilar tavsifi>; «Ichki» protsedura va funksiyalar; begin


{dastur} end;

Funksiyaning umumiy tuzilishi:

Function

(parametrlar) :turi; Label

; Const

; Var

Co'zgaruvchilar tavsifi>; «Ichki» protsedura va funksiyalar; begin



{dastur} end;
Ko'rib turganingizdek, protsedura va funksiyalar o'xshash tuzilishga ega. Ularning tuzilishi dasturning tuzilishidan deyarli farq qilmaydi. Shuni aytish lozimki, asosiy dasturda tavsiflangan o'zgarmas va o'zgaruvchilar umumiy (global) o'zgarmas hamda o'zgaruvchilar deyiladi. Ulardan dasturning istalgan qismida, jumladan, protsedura va funksiyalarning ichida ham foydalansa bo'ladi. Biror protsedura yoki funksiyaning ichida tavsiflangan o'zgarmas va o'zgaruvchilar mahalliy (lokal) o'zgarmas va o'zgaruvchilar deyiladi. Ulardan faqat o'zi tavsiflangan protsedura yoki funksiyaning ichida foydalanish mumkin. Paskalda umumiy va mahalliy o'zgaruvchi bir xil nomga ega bo'lishi ham mumkin. Bu holda mahalliy o'zgaruvchi tavsiflangan protsedura yoki funksiya ichida mahalliy o'zgaruvchining qiymati, boshqa protsedura va funksiyalarda hamda asosiy dasturda umumiy o'zgaruvchining qiymati hisobga olinadi.


Download 1,92 Mb.
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   208




Download 1,92 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Darsning texnologik xaritasi

Download 1,92 Mb.