2. O’rta darajadagi dasturlash tillari;
3. Yuqori darajadagi dasturlash tillari;
Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog'liq bo'lib, buyruqlar maxsus raqam (kod)lar yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dasturlar katta hajmli bo'lib, ularni tahrir qilish ancha mushkul ish hisoblanadi. Dastlabki elektron hisoblash mashinalarida («ENIАС», «МЭСМ» va boshqalar) masalalarni yechish uchun ana shunday buyruqlar yordamida dasturlar tuzilgan.
Quyidagi jadvalda dasturlash tili rivojlanishi tarixidan ma'lumot berilgan
Dasturlash tili
|
Ishlab
chiqilgan yil
|
Plankalkyul
|
1946
|
Qisqa kod
|
1949
|
Assembler «Edsak», AO
|
1950
|
Avtokod «Madlen»
|
1953
|
Tezkor kodlash
|
1955
|
A-2, Flou-metik
|
1956
|
IPL-1, Mat-metik
|
1957
|
Fortran
|
1958
|
Algol 58
|
1959
|
APT, LISP, Kobol, Algol-60
|
1960
|
PL/1, Basic
|
1964
|
Algol W
|
1965
|
Bugungacha ishlab chiqarilgan dasturlash tillaridan keng tarqalgani Paskal (Pascal) dasturlash tilidir. Paskal dasturlash tili 1969-yil Nikalas Virt tomonidan ishlab chiqildi. Paskal tili dasturlashni o'rgatish maqsadida ishlab chiqilgan bo'lsa-da yuqori malakali dasturchilar orasida keng tarqaldi. Albatta samarali dasturlash tiUari o'zgarishsiz qolmaydi. Shu sababli ham turli rusumdagi kompyuterlar uchun Paskal tilining ularga moslashtirilgan naqUari ishlab chiqilgan bo'lib, ular Paskal tilining boshlang'ich naqlidan farq qilishi mumkin.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Dastur deb nimaga aytiladi?
2.Dasturlash tili deganda nimani tushunasiz?
3.Dasturlash tillari nechaga bo’linadi?
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganish. Boshqotirma tuzish
Sana:_______________
Sinaf:_________________
13-dars Mavzu: Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti
|