Yangi mavzu bayoni:
Paskal dasturlashtili, odatda, tavsiflangan o'zgaruvchilar uchun xotiradan joy ajratib, ularning turiga mos boshlang'ich qiymatlarni yozib qo'yadi:
O'zgaruvchi turi
|
Boshlang'ich
qiymat
|
O'zgaruvchi turi
|
Boshlang'ich
qiymat
|
barcha butun sonli
|
0
|
barcha haqiqiy sonli
|
0.0000000000e+00
|
char
|
'' (probel)
|
boolean
|
FALSE
|
string
|
" (bo'sh satr)
|
string[7]
|
" (bo'sh satr)
|
O'zlashtirish operatori.O'zlashtirish operatori o'zgaruvchilarga qiymat berish uchun qo'llaniladi.U := belgi orqali ifodalanadi. O'zlashtirish operatorning umumiy ko'rinishi quyidagicha:
o'zgaruvchi := ifoda;
Bu operator bajarilganda quyidagicha ishlar bajariladi:
1) ifoda qiymati hisoblanadi;
2) ifodaning qiymati o'zgaruvchiga o'zlashtiriladi, ya'ni xotiraning o'zgaruvchi uchun ajratilgan qismiga (o'zgaruvchining «eski» qiymati o'chib ketadi) ifodaning qiymati yoziladi.
1- misol. Quyidagi dastur 2- misol. Quyidagi dastur
bajarilishi natijasida a nomli bajarilishi natijasida meva nomli
o'zgaruvchining qiymati 22 satrli o'zgaruvchining qiymati
soniga teng bo'ladi. «olma» so'ziga teng bo'ladi.
Var a:integer; var meva : string;
begin begin
a:=22; meva := 'olma';
end. end.
3- misol. Bu misolda a va b o'zgaruvchilarning qiymati qanday o'zgarishi yaqqol ko'rinadi.
var a,b,m: integer; begin
a := 8; {a ning qiymati 8 ga teng bo'ldi}
b := a*5; {b ning qiymati a*5=8*5= 40 ga teng bo'ldi}
b := b+10; {endi b ning qiymati b+10= 40+10= 50 ga teng bo'ladi}
m:=m*b; {m ning boshlang'ich qiymati berilmagani uchun 0 deb olinadi, demak, m ning
qiymati 0*50=0 ga teng bo'ladi}
end.
Yuqoridagi misollarda o'zgaruvchilar turli qiymatlarni o'zlashtirdi.Ammo biz ularning natijasini ko'rmadik.Chunki ular kompyuter xotirasida qolib, ekranga chiqarilmaydi.Ma'lumotlarni kompyuter ekraniga chiqarish uchun chiqarish operatoridan foydalaniladi. Paskalda chiqarish operator! (protsedu- rasi) quyidagi ikki xil ko'rinishga ega:
|