Darsning borishi va vaqt taqsimoti
Tashkiliy qism.Salomlashish, o’quvchilarni darsga jalb qilish,sinf xonasining tozaligi, davomatni aniqlash. O’quvchilarni dunyo bo’ylab informatika fani yangiliklaridan boxabar qilish.
O’tilgan mavzuni takrorlash:
1.Qanday funksiyalar standart funksiya deyiladi?
2.Standart funksiyalarning odatdagi va Paskalda yozilishining qanday farqi bor?
3.Algebraik ifodalar nimalardan tashkil topadi?
4.Biror ifodada bir xil amallar qatnashsa, ularning bajarilish tartibi qanday bo'ladi?
5.Amallarni bajarish tartibini o'zgartirish uchun nimalardan foydalaniladi?
6.Trunc(4.7)=Round(4.7) o'rinlimi? Javobingizni izohlang.
7.sin x-c ko'rinishidagiyozuv Paskalda nima uchun xato hisoblanadi?
8. sqr(abs(x +sin(x))-pi) ifodada amallar bajarilish tartibini izohlang.
|