|
1- laboratoriya ishi texnik voltmetrlarni qiyoslash ishdan maqsad
|
bet | 1/5 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 431,73 Kb. | | #109846 |
Bog'liq 1-lab metrologiya
1- LABORATORIYA ISHI
TEXNIK VOLTMETRLARNI QIYOSLASH
Ishdan maqsad: texnik voltmetrlarni namunaviy voltmetr bilan solishtirish usuli yordamida qiyoslashni o‘rganish.
Vazifa: Laboratoriya qurilmasi maketi bilan tanishish.
Asboblar va qurilmalar
1. Tok manbai (laboratoriyaga oid).
2. Qiyoslanayotgan voltmetr (ixtiyoriy tanlash).
3. Namunaviy voltmetr (ixtiyoriy tanlash).
Nazariy qism
Elektr o‘lchashlar - elektrik kattaliklarni masalan, tok kuchi, kuchlanish, quvvatlar hamda noelektrik bo‘lgan kattaliklar, masalan harorat, bosim, suyuqliklar va gaz, rN va shunga o‘xshash boshqa kattaliklarni sarf-xarajatlarini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Elektr o‘lchashlar quyidagilarni: bitta asbobda o‘lchanadigan o‘lchashni yuqori aniqligini; yuqori sezuvchanlikni; qiymatlarni katta diapazonini; o‘lchash natijalarini katta masofalarga uzatish imkoniyatini; tezda bo‘lib o‘tuvchi jarayonlarning parametrlarini o‘lchash imkoniyatlarini; o‘lchash natijalarini elektron hisoblash mashinalari (EHM)ga kiritish qulayligini ta’minlaydi.
Elektr o‘lchash vositalari na faqat o‘lchash ma’lumotlarini olish uchun qo‘llaniladi, balki maxsus moslamalardan (ko‘rsatgichlar) foydalangan holda, texnologik jarayonlarning asosiy parametrlarini boshqarib turish uchun ham ishlatiladi.
Elektr o‘lchash asboblarining tasnifi
Elektr o‘lchash asboblari deganda, ularning yordamida ma’lum bir elektrik kattaliklarni kuzatish, qabul qilish asosida ma’lumotlar signali ishlab chiqiladigan o‘lchash vositalari nazarda tutiladi. Ma’lumotlarni olish va qayd qilish uslublariga ko‘ra elektr o‘lchash asboblari ikki guruhga ajratiladi: shkalali va elektron (raqamli) o‘lchash asboblariga bo‘linadi.
Shkalali o‘lchash asboblari — ko‘rsatish miliga ega bo‘lib, o‘lchangan elektrik kattaliklarning qiymati asbobning shkalasi bo‘yicha aniqlanadi.
Elektron (raqamli) o‘lchash asboblarida o‘lchanadigan kattalik, raqamli tabloda son ko‘rinishida chiqarib beriladi va shu asosda aniqlanadi. Elektr o‘lchash asboblari o‘zining tuzilishi va ishlash prinsiplariga ko‘ra quyidagi asosiy turlarga bo‘linadilar:
1. Magnitoelektrik tizimdagi o‘lchash asboblari;
2. Elektromagnit tizimdagi o‘lchash asboblari;
3. Elektrodinamik tizimdagi o‘lchash asboblari;
4. Elektrostatik tizimdagi o‘lchash asboblari.
|
| |