• 1.1. Algoritmlarni ishlab chiqish va tahlil qilish.
  • ALGORITM – so‘nggi natijani hosil qilish uchun kerakli bo‘lgan, biror harakatni amalga oshiruvchi qatiy o‘rnatilgan tartib.
  • Algoritm – bu masala yechimini hosil qilish uchun boshlang‘ich informatsiyada amalga oshirish kerak bo‘lgan aniq belgilangan amallar ketma-ketligi.
  • 1-§. Ma’lumotlar turlari va algoritmlari. Ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari




    Download 95,51 Kb.
    bet1/9
    Sana16.12.2023
    Hajmi95,51 Kb.
    #120374
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-mavzu


    1-§. Ma’lumotlar turlari va algoritmlari. Ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari.
    Reja:
    1. Algoritmlarni ishlab chiqish va tahlil qilish.
    2. Ma’lumotlar va ularni ifodalash bosqichlari.
    3. Ma’lumotlar tuzilmasini klassifikatsiya qilish.
    4. Ma’lumotlarni asosiy abstrakt turlari.
    1.1. Algoritmlarni ishlab chiqish va tahlil qilish. Kompyuter o‘z hisoblash kuchliligi bilan birga tezkor, ozoda, aniq va shu bilan birga “butunlay befahm bajaruvchi” hisoblanadi. Turli masalalarni yechishda undan foydalanganimizda kompyuter biror nimani o‘zi o‘ylab topadi degan fikrimiz xato, kompyuter ishlashi uchun aniq va to‘liq instruksiya kerak bo‘ladi. Bu yerda biz algoritmni aniqlash to‘plamidan biriga kelyapmiz. ALGORITM – so‘nggi natijani hosil qilish uchun kerakli bo‘lgan, biror harakatni amalga oshiruvchi qatiy o‘rnatilgan tartib. Bu g‘alati tuyulishi mumkin, lekin biz real hayotda algoritmga har doim duch kelamiz. Omadli telefon qo‘ng‘irog‘i uchun kerakli bo‘lgan amallar tartibini o‘z ichiga oluvchi telefon-avtomatdan foydalanish instruksiyasi. Maishiy texnikadan foydalanish qoidalari va boshqalar qisqa, tushunarli shaklda bizga u yoki bu holda nima qilishimiz kerakligini xabar qilib, harakatlarimiz algoritmini belgilab beradi. Tarixchi matematiklarning ta’kidlashicha, «algoritm» so‘zi buyuk ajdodimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy ismidan kelib chiqqan, uning mashhur “Kitob al-jabr va al-muqobola” traktasi esa yana bir mashhur “algebra” atamasining vujudga kelishiga asos bo‘ldi. Kompyuter ishi jarayonida boshqariladigan instruksiyalarni ishlab chiqarishning asosi algoritm hisoblanadi. Biroq, biz algoritmdan o‘z yozuvlarimizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga o‘tkaza olmaymiz, chunki ular kompyuter tushunmaydigan, faqatgina insonlar tushunadigan tilda yozilgan. Kompyuter algoritmni tushunishi uchun u mashina tiliga o‘giriladi, aynan shunday mashina tilida yozilgan algoritmlar dastur yoki kompyuter dasturi deb ataladi. Quyida biz bu tushunchani joriy mavzu asosida yotuvchi algoritm tushunchasi yordamida aniqlashtirishga harakat qilamiz. Shuni ta’kidlash kerakki, adabiyotda umume’tirof etilgan algoritmni aniqlash tushunchasi yo‘q. Kompyuter texnologiyalari tushunchasiga adekvat bo‘lgan algoritm ifodasini beramiz:

    • Algoritm – bu masala yechimini hosil qilish uchun boshlang‘ich informatsiyada amalga oshirish kerak bo‘lgan aniq belgilangan amallar ketma-ketligi.

    Algoritm tushunchasi aniq shaklda XX-asr boshlarida D. Gilbert, K. Gyodel, S. Klin, A. Chyorch, E. Post, A. Tyuring, N. Viner, A. A. Markov singari olimlarning asarlari tufayli shakllandi. Algoritmning jahon olimlari tomonidan turli ta’riflar berilgan. Ulardan ayrimlarini keltirib oʻtamiz:
    – Algoritm - bu belgilaydigan cheklangan qoidalar toʻplami, muayyan vazifalar toʻplamini hal qilish boʻyicha amallar ketma-ketligi va beshta muhim xossaga ega: aniqlik, tushunarlilik, kiritish, chiqarish, samaradorlik‖. (D. E. Knut).
    – Algoritm - bu qat‘iy belgilangan qoidalar asosida bajariladigan har qanday hisoblash tizimidir, bu ma‘lum bir qator bosqichlardan soʻng, aniq qoʻyilgan masalani hal qilishga olib keladi" (A. Kolmogorov).
    – Algoritm - bu har xil boshlangʻich ma‘lumotlardan kerakli natijaga oʻtadigan hisoblash jarayonini belgilaydigan aniq ketma-ketlik" (A. Markov).
    Ushbu ta’riflardan xulosa qilib, quyidagi ta’rifni keltirib o’tish mumkin.
    – Algoritm – kiruvchi ma’lumotlar asosida chiquvchi ma’lumotlarni hosil qilish jarayonidir.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 95,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-§. Ma’lumotlar turlari va algoritmlari. Ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari

    Download 95,51 Kb.