|
1-§. Ma’lumotlar turlari va algoritmlari. Ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari
|
bet | 6/9 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 95,51 Kb. | | #120374 |
Bog'liq 1-mavzuEng og’ir holat.
Bunda kirish ma’lumotlari algoritm bajarilishi uchum eng yomon holatda bo’ladi va juda sekin bajariladi. Eng og’ir holat tahlilda muhim hisoblanadi, chunki bu algoritm bajarilishi uchun ketishi mumkin bo’lgan maksimal vaqtni tasavvur qilishimizga sabab bo‘ladi. Misol uchun, qidirilayotgan element tuzilmaning oxirgi elementi bo’lsa, uni topish uchun barcha solishtirishlar amalga oshiriladi.
Bunda algoritmning o’rtacha ishlash imkoniyatini beruvchi kirish ma’lumotlari to’plami olib qaraladi.
1.2. Ma’lumotlar va ularni ifodalash bosqichlari.
Ma’lumot – bironta qiymat yoki qiymatlar to’plami hisoblanadi. Misol uchun bu bironta eksperiment natijalari yoki talabalarning imtihon ballari bo’lishi mumkin.
Ma’lumotlar tuzilmasi bu xotirada tashkil etiladigan elementlar yig’indisi bo’lib, ular ustida dastur yordamida amallar bajariladi.
Ma’lumotlar tuzilmasi – bu bironta toifaga tegishli bo’lgan va o’zaro ma’lum munosabatga ega bo’lgan elementlar to’plamiga aytiladi.
Ma’lumotlar tuzilmasi elementi – bu qiymatlar to’plamining bir bo’lagi hisoblanadi. Tuzilma elementi – qiymatlar jamlanmasi bo’lib, misol uchun talabalarning ismi, sharifi, yoshi har bir fandan olgan bahosi va h.k. larni keltirish mumkin. Elementlar 2 taga bo’linishi mumkin.
Element sifatida ma’lumotlar guruhi olib qaraladi. Bunda elementlar yana qism bo’laklarga bo’linishi mumkin. Masalan, ota-onalar maydoni talabalarning ota va onalari haqida ma’lumot saqlaydigan alohida maydonlardan tashkil topadi.
Elementar, ya’ni bo’linmas, bunda element qism bo’laklarga ajratilmaydi.
Ob’ekt – bu xususiyatlar va attributlariga ega bo’lgan va bu xususiyatlarga qiymat qabul qilishi mumkin bo’lgan tuzilma hisoblanadi. Masalan, talaba bu ob’ekt deb qaralishi mumkin tuzilma.
Maydon – bu ob’ektlarning attributlari yoki xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha bo’lib, sonli yoki son bo’lmagan qiymatlarni o’zlashtirishi mumkin.
|
| |