|
Dasturlash – dastur tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat.
Algoritmni mashina tiliga o‘girish jarayoni translyatsiya
|
bet | 3/9 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 95,51 Kb. | | #120374 |
Bog'liq 1-mavzuDasturlash – dastur tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat.
Algoritmni mashina tiliga o‘girish jarayoni translyatsiya deb ataladi. Mashina tilini «odamiylashtirishning» birinchi qadami ramziy nomlarni mashina kodiga o‘tkazuvchi dasturlar tuzish bo‘ldi. So‘ng arifmetik ifodalarni o‘giruvchi dasturlar yaratildi va nihoyat, 1958 yilda dasturlash tilida keng foydalaniladigan Fortran translyatori kirib keldi. Shundan so‘ng ko‘plab dasturlash tillari yaratildi.
Kompyuter mashinaviy dastur buyruqlarini boshqargan holda informatsiyaga ishlov beradi, buning uchun ish jarayonida turli berilganlardan foydalanadi.
Foydalanilgan berilganlar quyidagilarga bo‘linadi:
Kiruvchi – kompyuterga kiradi va masalani yechish uchun shart sifatida foydalaniladi.
Joriy yoki ichki – dastur ichida informatsiyani saqlash va ishlov berish uchun ishlatiladi.
Chiquvchi – informatsiyaga ishlov berish natijasida dasturda hosil bo‘lgan berilganlar. Matn, grafik, videotasvir va h. k. ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Hodisa tadqiqoti, masala yechimi uchun hisoblash texnikasi yordamida qabul qilish kerak bo‘lgan amallarning umumiy tartibini quyidagicha sxema sifatida tasvirlash mumkin:
Hodisa, jarayon, masala и modelиalgoritmиdasturиkompyuterиnatija.
Algoritmlarning murakkabligi. Hisoblash muammolari cheklangan xotira resurslaridan foydalangan holda oqilona vaqt ichida yechilishi kerak. Bu algoritmning vaqt va fazoviy murakkabligi tushunchasiga olib keladi. Qoida tariqasida, algoritm turli vaqtlarni bajarishi mumkin boʻlgan turli xil amallarni oʻz ichiga oladi.
Algoritmlarni baholash uchun koʻpgina mezonlar mavjud. Odatda kirituvchi berilganlarni koʻpayishida masalani yechish uchun kerak boʻladigan vaqt va xotira hajmlarini oʻsish tartibini aniqlash muammosi qoʻyiladi. Har bir aniq masala bilan kiritiladigan berilganlarni miqdorini aniqlovchi qandaydir sonni bogʻlash zarur. Bunday son masalaning kattaligi deb qabul qilinadi. Masalan, ikkita matritsani koʻpaytirish masalasining oʻlchami boʻlib, matritsalar kattaligiga xizmat qilishi mumkin. Graflar haqidagi masalada oʻlcham sifatida graf uchlarining soni boʻlishi mumkin.
Algoritm sarflanayotgan vaqt masalaning oʻlchami funksiyasi sifatida algoritmni vaqt boʻyicha qiyinligi deb nomlanadi. Bunday funksiyaga masalaning kattaligi oshganda limit ostidagi oʻzgarish asimptotik qiyinlik deb aytiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Dasturlash – dastur tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat.
Algoritmni mashina tiliga o‘girish jarayoni translyatsiya
|