• Kattalikning birligi deb - ta’rif bo‘yicha soniy qiymati 1ga teng qilib olingan kattalik tushuniladi
  • Kattalikning birligi ham, kattalikning o‘ziga o‘xshash asosiy va hosilaviy birliklarga bo‘linadi
  • Hosilaviy birlik deb, berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan, ta’riflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy kattalikning birligiga aytiladi.
  • Kattalikning o‘lchami - Ayrim olingan moddiy obekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdori bo‘lib hisoblanadi




    Download 124,9 Kb.
    bet16/87
    Sana19.01.2024
    Hajmi124,9 Kb.
    #140840
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87
    Bog'liq
    1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi

    Kattalikning o‘lchami - Ayrim olingan moddiy obekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdori bo‘lib hisoblanadi.
    Kattalikning qiymati - qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning miqdor tavsifini aniqlash.
    Qiymatning sonlar bilan ifodalangan tarkibiy qismini kattalikning sonli qiymati deyiladi. Sonli qiymat kattalikning o‘lchami noldan qancha birlikka farqlanadi, yoki o‘lchash birligi sifatida olingan o‘lchamdan qancha birlik katta (kichik) ekanligini bildiradi yoki boshqacha aytganda Q kattaligining qiymati uni o‘lchash birligining o‘lchami [Q] va sonli qiymati q bilan ifodalanadi degan ma’noni anglashimiz lozim:
    Q = q[Q].
    Endi yana kattalikning birligiga qaytamiz. Ikki xil metall quvur berilgan bo‘lib, birining diametri 1 m, ikkinchisiniki 0,5 m. Ularning ikkovini diametr bo‘yicha solishtirish uchun, muayyan bir asos sifatida olingan birlik qiymati bilan solishtirishimiz lozim bo‘ladi
    Kattalikning birligi deb - ta’rif bo‘yicha soniy qiymati 1ga teng qilib olingan kattalik tushuniladi
    Ushbu atama kattalikning qiymatiga kiradigan birlik uchun ko‘paytiruvchi sifatida ishlatiladi. Muayyan kattalikning birliklari o‘zaro o‘lchamlari bilan farqlanishi mumkin. Masalan, metr, fut va dyum uzunlikning birliklari bo‘lib, quyidagi har xil o‘lchamlarga ega - 1 fut = 0,3048 m, 1 dyum = 25,4 mm ga tengdir.
    Kattalikning birligi ham, kattalikning o‘ziga o‘xshash asosiy va hosilaviy birliklarga bo‘linadi:
    Kattalikning asosiy birligi deb birliklar tizimidagi ihtiyoriy ravishda tanlangan asosiy kattalikning birligiga aytiladi.
    Bunga misol qilib, LMT - kattaliklar tizimiga to‘g‘ri kelgan MKS birliklar tizimida metr, kilogramm, sekund kabi asosiy birliklarni olishimiz mumkin.
    Hosilaviy birlik deb, berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan, ta’riflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy kattalikning birligiga aytiladi.

    Download 124,9 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87




    Download 124,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kattalikning o‘lchami - Ayrim olingan moddiy obekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdori bo‘lib hisoblanadi

    Download 124,9 Kb.