• Milliy standartlashtirish - bu muayyan bir mamlakat doirasida o‘tkaziladigan standartlashtirish faoliyatidir.
  • Meyoriy hujjat” atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek, umumiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va qoidalar tushunchasini ham o‘z ichiga qamrab oladi.
  • Standartlashtirishda mahsulotning vazifasiga muvofiqligi deganda belgilangan sharoitlarda muayyan vazifalarini buyum, jarayon yoki xizmatlar tomonidan bajarish qobiliyati tushuniladi.
  • O‘zaroalmashuvchanlik - bir xil talablarni bajarish maqsadida bir buyum, jarayon, xizmatdan foydalanish o‘rniga boshqa bir buyum, jarayon, xizmatning yaroqliligidir.
  • Odatda xalqaro, mintaqaviy, milliy standartlashtirish idoralari mavjud




    Download 124,9 Kb.
    bet42/87
    Sana19.01.2024
    Hajmi124,9 Kb.
    #140840
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87
    Bog'liq
    1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi

    Odatda xalqaro, mintaqaviy, milliy standartlashtirish idoralari mavjud.
    Xalqaro standartlashtirish faoliyatida barcha mamlakatlarning tegishli idoralari erkin holda ishtirok etishi mumkin.
    Mintaqaviy standartlashtirish deganda dunyo miqyosida birgina jug‘rofiy yoki iqtisodiy mintaqasiga qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda ishtirok etishlari mumkin bo‘lgan standartlashtirish tushuniladi.
    Milliy standartlashtirish - bu muayyan bir mamlakat doirasida o‘tkaziladigan standartlashtirish faoliyatidir.
    Standartlashtirish har xil faoliyat turlari va uning natijalariga dahldor qoidalar, umumiy qonun-qoidalar yoki tavsiflarni o‘zida qamrab olgan meyoriy hujjat hisoblanadi.
    Meyoriy hujjat” atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek, umumiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va qoidalar tushunchasini ham o‘z ichiga qamrab oladi.
    Standartlashtirish maqsadlari ko‘p qirrali bo‘lib, ular asosan quyidagilardan iborat: birxillashtirish (har xillikni boshqarish), bir turga keltirish, moslashuvchanlik, o‘zaroalmashuvchanlik, sog‘liqni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, tashqi-muhitni asrash, mahsulotni himoyalash, savdodagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar. To‘g‘ri yondoshilgan standartlashtirish borasida bir maqsadning amalga oshishida bir vaqtda boshqa maqsadlarning ham amalga oshishi mumkin.
    Standartlashtirishda mahsulotning vazifasiga muvofiqligi deganda belgilangan sharoitlarda muayyan vazifalarini buyum, jarayon yoki xizmatlar tomonidan bajarish qobiliyati tushuniladi.
    Moslashuvchanlik esa, ma’lum sharoitlarda belgilangan talablarni bajarish uchun nomaqbul ta’sir ko‘rsatmasdan mahsulot, jarayon yoki xizmatlarni birgalikda qo‘llanishiga yaroqliligi deb tushuniladi.
    O‘zaroalmashuvchanlik - bir xil talablarni bajarish maqsadida bir buyum, jarayon, xizmatdan foydalanish o‘rniga boshqa bir buyum, jarayon, xizmatning yaroqliligidir.
    Harxillikni boshqarish (unifikatsiyalash yoki birxillashtirish) deb, muayyan ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan eng maqbul o‘lchamlarni yoki mahsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlashga aytiladi.



    Download 124,9 Kb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87




    Download 124,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Odatda xalqaro, mintaqaviy, milliy standartlashtirish idoralari mavjud

    Download 124,9 Kb.